Shularni inobatga olgan holda men bitiruv malakaviy ishimni Maxalliy xom-ashyolar
asosida o’simlik yog’larini oqlovchi adsorbentlar olishning laborotoriya texnologik
reglamentini yaratishga qaratdim.
Ishimning asosiy maqsadi qilib yaratilgan texnologiya
asosida olingan adsorbent
chetdan import qilinayotgan analog adsorbentlar o’rnini bosa oladigan va iqtisodiy
samaradorligi yuqori va tannarxini arzon bo`lishiga erishishni oldim.
Ishimning asosiy vazifasi qilib Navbahor koni ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitli
gil turlarini fizik-kimyoviy xususiyatlarini qo’shimcha o’rganish,
ularni aktivlashtirishni
maqbul rejimlari o’rganildi va shular asosida yog’-moy mahsulotlarini oqlashda ishlatish
mumkin bo’lgan adsorbent olishga, olingan adsorbent yordamida laboratoriya va korxona
sharoitida oqlangan paxta yog’i ko’rsatkichlari GOST talablariga javob berishi aniqlashni,
ishqoriy va ishqoriy-yer bentonitli gillari asosida sanoat sharoitida
adsorbent olishni
texnologik reglamenti yaratishni oldim.
Mening ushbu bitiruv malakaviy ishim Respublikamizga juda zarur bo’lgan
adsorbent olishni texnologik reglamentini yaratishga qaratilgan. Bu bitiruv malakaviy ishi
ishlab chiqiarish amaliyotlari davrida olingan nazariy va amaliy bilimlarga asoslangan
xolda bajarildi. Ushbu bitiruv malakaviy ishimizni bayon
qilishda Urganch davlat
universiteti “Kimyoviy texnologiyalar” kafedrasi professor-o’qituvchilariga o’zlarining
foydali maslaxatlarini berganliklari uchun o’z minnatdorligimni keltirib o’taman.
Bitiruv malakaviy ishim 59 bet kompyuter sahifasidan iborat bo‘lib, unda 6 ta rasm,
7 ta jadval va 28 ta adabiyotlar ro‘yhati keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: