O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti kimyo texnika fakulteti


 Tabiiy sorbentlarni aktivlashtirishning fizik-kimyoviy asoslari



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/32
tarix19.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132599
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
bmi8

1.3. Tabiiy sorbentlarni aktivlashtirishning fizik-kimyoviy asoslari 
Ko’plab maxalliy va horijiy olimlar tomonidan olib borilgan eksperimental ilmiy 
izlanishlar natijasida, bentonitli gillarni turli xil mineralogik tarkibga ega turlariga 
kislotalar yordamida yoki boshqa usullar bilan ishlov berishda har xil natijalar olingan. 
Bundan tashqari, hatto kimyoviy tarkibi va boshqa xususiyatlari yaqin bo’lgan, bir xil 
mineralogik tarkibga ega bentonitlar ham aktivlashtirish vaqtida o’zlarini har xil namoyon 
qiladi. Bu esa o’z navbatida har bir istiqbolli bentonit konlari uchun aktivlashtirishni 
maqbul rejimlarini alohida ravishda aniqlash lozimligini bildiradi [10].


Bentonitli gillarga kislotalar yordamida ishlov berishda, aktivlashtirishni maqbul 
sharoitlari - aktivlashtiruvchi kislota turiga, uning konstentrastiyasi va sarfiga, shuningdek 
ishlov berish vaqtiga bog’liq bo’ladi [10].
Shuningdek, kislotalar yordamida aktivlashtirilgan gil olishning bir qancha 
kamchiliklari mavjud. Bularga yuqori konstentrastiyali kislota eritmasi yordamida uzoq 
vaqt davomida ishlov berish, olingan adsorbentning yuqori moy shimuvchanligi, xom-
ashyo va boshqa yordamchi materiallarni ko’p miqdorda yo’qotilishini keltirish mumkin 
[8].
Mualliflar tomonidan [10] adsorbent va katalizatorlar olish maqsadida bentonitli 
gillarni kislota yordamida aktivlashtirishni maqbul rejimlarini asoslash o’rganilgan bo’lib, 
asosiy o’zgarishlar ishlov berishni daslabki bosqichlarida sodir bo’lishi (kam ishlov berish 
vaqtida yoki kislotalarning yuqori bo’lmagan konstentrastiyasi va sarfida) kuzatilgan. 
Keskin o’zgarishlar bir soatlik ishlov berish vaqtida sodir bo’lgan. Ishlov berish 
davomiyligi oshishi bilan olingan adsorbentni aktivligi nisbatan oshgan. Olti soatdan ortiq 
vaqt ishlov berish natijasida olingan adsorbentni aktivligi o’zgarmasdan qolgan. 
Shuningdek, xlorid kislota o’zining spestifik xususiyatiga ko’ra sulfat kislotaga nisbatan
bentonitli gil tuzilishini o’zgarishiga (kam konstentrastiya va sarfda) kuchli ta’sir 
ko’rsatishi kuzatilgan. 
Kislotalar bilan aktivlashtirish vaqtida [9] destrukturizastiya jarayoni montmorillonit 
zarrachalari maydalashishi bilan bentonitni dispersligini oshishiga olib keladi: 
a) Aktivlashtirishni birinchi bosqichida almashinuvchi kationlar Ca
2+
,
Mg
2+
, Na
+

K
+
larning yo’qotilishi va ularni almashinuvchi H
+
va Al
3+ 
ga almashishi sodir bo’ladi, 
qaysiki ular keyinchalik aktiv markazlar rolini o’ynaydi.
b) Ikkinchi bosqichda har bir zarrachani yanada yupqa ya’ni bitta elementar 
paketgacha ajralishi ro’y beradi.
v) Oxirgi uchinchi bosqichda esa silikat kristall paketini chetlaridagi tetraedrik 
pozistiyalardan kremniy va alyuminiyni, oktaedrik pozistiyadan esa temirni ajralib chiqishi 
natijasida kristall tuzilishni buzilishi sodir bo’ladi. Bu esa tartibsiz tuzilish xosil bo’lishiga 
va rentgen bazal piklarini kamayishiga olib keladi. Bunda xar bir zarracha alohida kristall 
paketni ichki tuzilishini saqlab qoladi. Shuni alohida takidlab o’tish kerakki, kislotalar 


yordamida ishlov berish kvarst, kaolinit va boshqa qo’shimchalarga unchalik ta’sir 
ko’rsatmaydi.
Maksimal kislotalilik darajasiga va shunga bog’liq ravishda yuqori katalitik 
xususiyatlarga ega bo’lgan mahsulotni, bentonitni aktivlashtirishni yumshoq rejimida 
olishga erishiladi. Yuqori adsorbstion xususiyatlar esa mineral tuzilishi deyarli 
buzilguncha o’zgarishga uchraydigan kuchli kislotali rejimda namoyon bo’ladi. Bentonitli 
gillarni oqlovchilik xossalarini yaxshilash uchun o’rtacha intensivlikda ishlov berish 
samarali ta’sir ko’rsatadi [9].
Yuza tabiati va g’ovaksimon tuzilish xarakteri - sorbentlarni adsorbentlik 
qobiliyatini belgilab beradi [12]. G’ovak tuzilishni mineralning adsorbentlik qobiliyatiga 
ta’siri, yuza tabiati ta’siriga nisbatan ancha yuqoridir [13-16]. A.V.Kiselev [17] 
adsorbentlarni g’ovak tuzilishga ko’ra 4 ta asosiy tuzilish turiga klassifikastiyalagan:
1) g’ovak bo’lmagan; 2) yirik va yakka g’ovakli; 3) kichik va yakka g’ovakli; 4) aralash 
g’ovakli. 
1-rasm. 

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin