O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti kimyo texnika fakulteti



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/32
tarix19.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132599
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
bmi8

 
 
 
 
 
 


I. TANLANGAN MAVZU BO’YICHA JAXON ADABIYOTLARINING VA 
PATENTLARNING QISQACHA TAHLILI 
1.1. Bentonitli gillarni yog’-moy sanoatida ishlatilishi 
Kelib chiqishidan qat’iy nazar miqdori 60-70% dan kam bo’lmagan montmorillonit 
guruhi minerallaridan iborat, yuqori bog’lash qobiliyatiga, adsorbsion va katalitik
aktivlikka ega mayin dispersli gillarni bentonitli gillar deb atash qabul qilingan [3].
Bentonitli gillar asosini montmorillonit guruhi minerallari tashkil qiladi. Kimyoviy 
tarkibiga ko’ra ular ishqoriy (natriyli) bentonitli gil va ishqoriy-yer (kalsiyli) bentonitli gil 
turlariga bo’linadi [4-7].
Bentonitning texnik xarakteristikasi. 
1.Tashqi ko’rinishi ochiq-kulrang,och-sariq rangli xidsiz,mazasiz gilsimon qattiq modda. 
2.Tarkibida 90% dan kam bo’lmagan mineral saqlaydi 
3.Masasida 15%gacha namlik saqlaydi 
4.Suvli suspensiyasida pH ko’rsatgich 6 dan kam bo’lmaydi 
5.Suvda bo’kuvchanlik 70% 
6.10% suvli eritmasida 05% qismi cho’kadi. 
7.Tarkibidagi qum miqdori 5%gacha
Yog’-moy sanoati xalq xo’jaligining bentonitli gil ishlatilishi muhim ahamiyatga ega 
bo’lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Bunda bentonitli gillar tabiiy yoki aktivlashtirilgan 
holda, yog’ va o’simlik moylarini kolloid xarakterga ega bo’lgan zararli qo’shimchalardan 
tozalash, ya’ni oqlash maqsadida qo’llaniladi.
O’simlik moylarini tabiiy sorbent jumlasiga kiruvchi bentonitli gillar bilan oqlash 
ularni erkin yog’ kislotalari, kolloid eruvchan moddalar, bo’yovchi pigmentlar va boshqa 
zararli qo’shimchalardan tozalaydi [8].
Qora paxta yog’i, soya va raps yog’larini ishqor yordamida o’simlik moylariga 
qo’yiladigan GOST talablariga javob beradigan darajada chuqur rafinastiyalash natijasida 
yo’qotish, rafinastiyalanmagan qora yog’ tarkibidagi erkin yog’ kislotalari miqdorini besh 
barobarigacha etadi. Yog’-moy sanoatida har bir tonna aktivlashtirilgan bentonit 
ishlatilishi (o’simlik moyini o’rtacha kislotaligi – 3,9% ga teng bo’lganda), yog’ning 


yo’qotilishini – 941 kg ga kamaytiradi. Bundan tashqari margarin ishlab chiqarish uchun 
ishlatiladigan yog’ va salomasni oqlashda 60 % yuqori navli margarin ishlab chiqarishga 
erishish mumkin bo’ladi. Oqlash jarayoni qo’llanilmaganda esa 1- navdan boshqa navli 
margarin olishning iloji bo’lmaydi [9].
Ma’lumki, Sobiq ittifoq davridan to hozirgi vaqtgacha Respublikamiz yog’-moy 
korxonalarida o’simlik moylarini oqlash uchun chetdan tashib keltiriladigan adsorbentlar 
qo’llanilib kelinmoqda. Bunday qimmatbaho adsorbentlar asosan turli xildagi bentonitli 
gillarni aktivlashtirish natijasida olinadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, Respublikamizda o’simlik 
moylarini oqlashda yuqori samara beruvchi aktivlashtirilgan bentonit ishlab chiqarish 
masalasini yechish juda ham muhimdir.

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin