O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti kimyo texnika fakulteti


v) kislota yordamida aktivlashtirish usuli



Yüklə 1,81 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/32
tarix19.06.2023
ölçüsü1,81 Mb.
#132599
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
bmi8

v) kislota yordamida aktivlashtirish usuli. Bu usulda aktivlashtirishda bentonitli gil 
tarkibidagi ishqoriy va ishqoriy-yer metallari, temir va alyuminiy ajralib chiqadi. Bunda 
Al
2
O
3
, CaO, MgO va boshqalar kislotali eritmaga o’tadi [24-26].
Bulardan tashqari bentonitli gillar asosida olingan adsorbentlarning disperslik 
darajasini ularni adsorbstion qobiliyatiga tasiri F.D.Ovcharenko [17] tomonidan 
o’rganilgan bo’lib, unga ko’ra 0,001 mm dan kichik frakstiya yuqori adsorbstion 
qobiliyatga ega bo’lishi aniqlangan. 


Yuqoridagi adabiyotlar sharhida bayon qilingan fikrlar mahalliy bentonitli gillarni 
tabiati, kolloid-kimyoviy hususiyatlarini e’tiborga olgan holda ulardan yuqori sifatli 
adsorbent olishni samarador texnologiyasini yaratish nihoyatda zarurligini ko’rsatadi. 

3.1.2. Xomashyolar va olingan namunalarni kimyoviy, fizik- kimyoviy analiz 
qilish uslublari 
Tanlangan xomashyo materiallar va mahsulotlarning kimyoviy tahlillarida 
analitik kimyoning sifat va miqdoriy analiz usullaridan keng foydalanildi. Moddalarning 
element analizlari adabiyotlarda keltirilgan uslublar bo’yicha aniqlandi
Moddalar differentsial-termik analizi Paulik-Erdey sistemasidagi derivatografda 10-
12 gra/min qizdirish tezligida, 150-200 mg modda olingan holda o’tkazildi. Galvanometr 
sezgirligi DTA-1/10, DTG-1/15, TP-200 bo’lib, 20-70 
o
C harorat intervalida o’rganildi. 
Bunda platina-rodiyli termopara ishlatildi. Analizlar platina tigellarda olib borildi, etalon 
sifatida kuydirilgan Al
2
O

ishlatildi
Solishtirma og’irlik piknometrik usulda topildi. Bunda 5 sm
3
hajmli kapillyar 
piknometr ishlatildi. Hajmni aniqlash uchun piknometr distillangan suv bilan termostatda 
25 
o
C haroratda to’ldirildi va o’lchandi. Quruq piknometr massasi va 25 
o
C haroratdagi 
suvning zichligini bilgan holda hamda to’ldirilgan suvning massasini tortib, uning hajmi 
aniqlandi. O’lchovlar  0,00005 aniqlikda olib borildi.
Uchmaydigan moddalar massa ulushini aniqlash GOST 17537-76 ga muvofiq olib 
borildi. Namunadan 1,52 g tortib olinib, kosachaga bir xil tekislikda yoyildi va quritish 
shkafiga qo’yildi. Doimiy og’irlikka etguncha 140-200
o
C haroratda ushlandi. Doimiy 
og’irlikka etganini aniqlash uchun har 30-minut oralig’ida namuna tortib borildi. 

Yüklə 1,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin