TAJRIBA - 3. Navbahor ishqoriy-yer bentonitini aktivligi o’zgarishini kislotli ishlov berishga bog’liqligini o’rganish. (1kg bentonitga qo’shiladigan konstentrastiyasi 10 % bo’lgan sulfat kislota eritmasi tayyorlash uchun (250/0.1) 2500 ml kislota eritmasi zarur bo’ladi. Buning uchun kerak bo’ladigan 98% li sulfat kislotani og’irligi (2500 x 1.049 x 10/98) 268 grammni, hajmi esa (268/1.841) 146 ml ni, suv hajmi esa (2500 - 146) 2354 ml ni tashkil qiladi.) Navbahor ishqoriy-yer bentonitini kislota yordamida aktivlashtirish maqsadida
mazkur bentonit namunalari dastlab temir va chinni xovonchalarda kukun holiga
kelguncha maydaladik. So’ngra undan 100 gramdan namunalar o’lchab olinib, xlorid va
sulfat kislotalar yordamida ishlov berish uchun 500 ml hajmli tagi dumaloq kolbaga
solindi va laboratoriya suv hammomida (100
0
C) qizdirib 1, 2, 3, 4, 5 va 6 soat vaqt
davomida parrakli aralashtirgich bilan aralashtirib turilgan holatda ishlov berdik.
Kislota yordamida aktivlashtirilgan bentonit suspenziyasi Byuxner varonkasiga
qog’oz filtr ustiga quyilib, Byunzen kolbasiga o’rnatildi. So’ngra laboratoriya vakuum
nasosi yordamida siyraklanish hosil qilinib, toki filtratda kislotali muhit yo’qolguncha
(pH=7) bir necha marotaba suv bilan yuvildi. Bunda hosil bo’lgan qovushqoq loy dastlab
laboratoriyada ochiq sharoitda, so’ngra esa quritish shkafida maqbul 190-210
o
C da 2 soat
davomida quritildi. So’ngra tajriba adsorbent namunalarini disperlik darajasini sorbentlik
xususiyatiga ta’siri № 0056 (10000 tesh/sm
2
) elakdagi qoldiq 0,5-50% bo’lguncha elangan
namunalarda o’rganildi. Shundan keyin tayyor bo’lgan adsorbent namunalarini adsorbstiya
qobiliyati analitik tarozida o’lchab olib tekshirdik.
Quyidagi 5 – jadvalda Navbahor ishqoriy-yer bentonitini kislotali aktivlashtirish
yordamida olingan adsorbentni adsorbstion qobiliyati dastlabki rangliligi 9 q.b.ga teng
bo’lgan paxta yog’ida tekshirish natijalari keltirilgan.