O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya universiteti


II.1 Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari



Yüklə 159,32 Kb.
səhifə6/8
tarix12.10.2023
ölçüsü159,32 Kb.
#154286
1   2   3   4   5   6   7   8
1CHI MAVZU

II.1 Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 802-son qaroriga muvofiq MAKTABGACHA TA’LIM VA TARBIYANING DAVLAT STANDARTI qabul qilindi. Bu hujjat 3-Ilovadan iborat:
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan DAVLAT TALABLARI.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining DAVLAT O‘QUV DASTURI.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘yinlar to‘plamlari, o‘yinchoqlar, mebel, jihozlar va boshqa texnik vositalar bilan jihozlash.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga
1-ILOVA.Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan TALABLAR.
2-ILOVA. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilayotgan TALABLAR.
Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan DAVLAT TALABLARI
1-bob. Umumiy qoidalar
Mazkur O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari (keyingi o‘rinlarda — davlat talablari) ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni (keyingi o‘rinlarda — bolalar) har tomonlama rivojlantirish, ta’lim-tarbiya berish, maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini belgilaydi.
Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi hududida tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, quyidagi ta’lim tashkilotlariga nisbatan qo‘llaniladi:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo‘lgan “Mehribonlik” uylari va “Bolalar shaharchalari”.
2. Maktabgacha ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari, maktabgacha ta’lim turlari bo‘yicha pedagogik kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashni amalga oshiradigan tashkilotlar, maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalar davlat talablariga rioya qilishlari lozim.
3. Davlat talablarida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
maktabgacha ta’lim — maktabgacha yoshdagi bolalar qiziqishi, iqtidori, individual ruhiy va jismoniy xususiyatlari, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda hamda bolada ma’naviy me’yorlarning shakllanishi, hayotiy va ijtimoiy tajriba egallanishini ko‘zda tutgan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan yaxlit jarayon;
rivojlanish — inson tanasi tuzilishi, ruhiyati va xulqida biologik jarayonlar hamda atrof muhit ta’sirida ro‘y beradigan o‘zgarishlar;
rivojlanish sohasi — bola rivojlanishidagi aniq bir yo‘nalishlar;
kichik soha — sohaning kichik guruhlari. Asosiy sohalarning kichik sohasi rivojlanishning ma’lum bir tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi va ularning aniq bir yo‘nalishini ko‘rsatib beradi;
kutilayotgan natija — bolalarda kutilayotgan bilim, ko‘nikma va malakalar ko‘rsatkichi; bola tarbiyasining majmui — ma’lum bir yosh davriga xos bo‘lgan vazifalarni maqsadli bajarish uchun yetarli bo‘lgan bolaning bilimi, ko‘nikmasi va malakasi hamda qadriyatlari; integratsiya — bola ta’limi va rivojlanishidagi mazmun tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bog‘liqlik; inklyuziv ta’lim — bolalarning alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ta’lim va tarbiya olinishini teng ta’minlovchi jarayon; refleksiv faoliyat — bolada o‘z tushunchalari va xatti-harakatlarini anglash va mustaqil tahlil qilishi asosida xulosalar shakllanishi jarayoni;
“Men” konsepsiyasi — bolaning o‘zi haqidagi anglangan tasavvurlari tizimi, uning refleksiv faoliyatining bir qismi.
2-bob. Davlat talablarining maqsadi va asosiy vazifalari.
4. Davlat talablarining maqsadi — mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, xorijiy mamlakatlar ilg‘or tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’naviy barkamol va intellektual jihatdan rivojlangan shaxsni tarbiyalash.
5. Davlat talablarining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi, ta’lim-tarbiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida bolalarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash.
3-bob. Davlat talablarining asosiy prinsiplari.
6. Davlat talablari quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi: bolaning noyobligi;
“Men” konsepsiyasi va shaxsiy ta’limini yaratishda bolaning faol roli; bolaning huquqlarini himoya qilish va ta’minlashning muhimligi; bola ta’limi va rivojlanishida kattalarning asosiy roli; bolalar rivojlanishida individual farqlanishlar mavjudligi sababli har bir bolaga moslashuvchan bo‘lib, individual variativlik asosida yondashish.
4-bob. Davlat talablarining tarkibi.
7. Davlat talablari rivojlanish sohalari integratsiyasini nazarda tutadi va bola rivojlanishiga ko‘maklashadi.Davlat talablari tug‘ilgandan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning beshta asosiy rivojlanish sohalariga bo‘lingan. Har bir rivojlanish sohasi o‘z o‘rnida kichik sohalarga bo‘lingan bo‘lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta talablardan (kutilayotgan rivojlanish ko‘rsatkichlaridan) iborat. 8. Davlat talablari bolaning quyidagi rivojlanish sohalari bo‘yicha belgilanadi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish. 9. “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi:
yirik motorika;
mayda motorika;
sensomotorika;
sog‘lom turmush tarzi va xavfsizlik.
10. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi: “Men” konsepsiyasi; hissiyotlar va ularni boshqarish; ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.
11. “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi: - nutq va til;
- o‘qish malakasi; - qo‘l barmoqlari mayda motorikasi.
12. “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi: intellektual-anglash malakalari; elementar matematik malakalar; tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat. 13. “Ijodiy rivojlanish” sohasi quyidagi kichik sohalarga bo‘linadi: dunyoni badiiy tasavvur etish; badiiy-ijodiy qobiliyatlar.
14. Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: go‘daklik (tug‘ilgandan 1 yoshgacha); erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha); kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha); o‘rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha); katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha); maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha).
15. Ilk yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar mazkur Davlat talablariga 1-ilovada belgilangan.
16. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan talablar
mazkur davlat talablariga 2-ilovada belgilangan.
5-bob. Yakunlovchi qoida.
17. Mazkur Davlat talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining DAVLAT O‘QUV DASTURI.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi (keyingi o‘rinlarda — davlat o‘quv dasturi) maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalarini belgilab beradi.
2. Davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim tashkilotlarida qo‘llash uchun majburiy hisoblanadi:
davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat tashkilotlar;
maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan “Mehribonlik” uylari va “Bolalar shaharchalari”;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi maktabgacha ta’lim boshqaruvi organlari.
3. Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.Ta’lim tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
4. Ta’lim tashkiloti davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
2-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining maqsadi va asosiy prinsiplari.
5. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining maqsadi — bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iborat. 6. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim jarayonining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: bola huquqlari, uning o‘ziga xos rivojlanish xususiyati va salohiyatini hisobga olish; ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi; bolaning salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish; bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish; bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash; maktabgacha ta’lim tashkilotining oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi; milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish.
3-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolaning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va uni amalga oshirish, qo‘shimcha ta’lim xizmatlari, ota-onalar bilan hamkorlik. 7. Bolaning maktabgacha ta’lim tashkilotidagi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va uning amalga oshirilishi uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi.
8. Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan imkoniyatlardan kelib chiqqan holda bolalar va aholi ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etiladi.Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari fakultativ hisoblanadi va ularni tashkil qilishda ko‘ngillilar (volontyorlar), ota-onalar va homiylar
ishtirok etishi mumkin.
9. Maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari javobgar bo‘ladi.
Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati, tor ixtisoslik mutaxassislarini jalb etgan holda bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
10. Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin: ota-onalarning maktabgacha ta’lim tashkiloti borasidagi fikrlarini hisobga olish; ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish; ota-onalarning tashkilot hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
4-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda alohida yondashuv
11. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda alohida yondashuv o‘sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan, axloqiy me’yor va qadriyatlarni o‘zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, “Men” obrazini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni nazarda tutadi. Boshlang‘ich muhim kompetensiyalar bolaning faoliyat va axloq subyekti sifatidagi yaxlit rivojlanishini talab etadi. Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir. Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
5-bob. Maktabgacha yoshdagi bolaning kompetensiyalari
1-§. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari 12. Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari quyidagilardan iborat:
kommunikativ kompetensiya — muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi; o‘yin kompetensiyasi — bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi; ijtimoiy kompetensiya — hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati; bilish kompetensiyasi — atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
2-§. Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari
13. Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi: jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari; bilish jarayonining rivojlanishi; ijodiy rivojlanish.
3-§. “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” sohasi kompetensiyalari. 14. “Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi” sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me’yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi; turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni biladi;
turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi;
o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;
shaxsiy gigiyena malakalarini qo‘llaydi;
sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;
xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.
4-§. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari.
15. “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
o‘z “Men”i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi;
o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;
o‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;
kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;
murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo‘llarini topadi.
5-§. “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasi kompetensiyalari 16. “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: nutqni eshitadi va tushunadi o‘z nutqida to‘g‘ri talaffuz, qulay grammatik shakllar va xilma-xil gap konstruksiyalaridan foydalanadi;
ikkinchi tilni o‘rganishga qiziqish namoyon qiladi; ikkinchi tilni egallash bo‘yicha dastlabki bilimlarini ko‘rsatadi; badiiy adabiyot asarlariga qiziqish namoyon qiladi; so‘zning lug‘aviy, bo‘g‘inli va fonetik tuzilishi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi; turli ma’no shakllarini mustaqil ravishda tuzish va so‘zlab berishni biladi; yozishning dastlabki malakalari va vositalaridan foydalanishni biladi.
6-§. “Bilish jarayonining rivojlanishi” sohasi kompetensiyalari.
17. Bilish jarayonining rivojlanishi sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: bilim olishga faol qiziqishni namoyon etadi; o‘quv va hayotiy faoliyat uchun axborotni mustaqil ravishda topadi va undan foydalanadi; predmetlar, voqealar va ko‘rinishlar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni tushunadi va ularni yaxlit bir butunlik sifatida idrok qiladi; raqamlar, hisob-kitobni biladi va ularni hayotda qo‘llaydi; makon, shakl va vaqtga mos ravishda ish tutadi; elementar matematik hisoblashlarni amalga oshiradi; atrof muhitdagi voqea-hodisalar va ko‘rinishlarni kuzatadi hamda tadqiq qiladi; atrof muhitga nisbatan ehtiyotkorona va g‘amxo‘r munosabatni namoyon etadi.
7-§. “Ijodiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalari.
18. “Ijodkorlik” sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
san’at va madaniyatga qiziqish namoyon qiladi;
milliy an’analarni qadrlaydi va ularni kundalik hayotning bir qismi sifatida idrok etadi;
san’atning muayyan turini afzal ko‘rishini mustaqil ravishda ifodalaydi;
olingan bilim va ko‘nikmalardan turli hayotiy vaziyatlarda o‘z ijodiy rejalarini tuzish va tatbiq qilish uchun foydalanadi;
insonning dunyoni o‘zgartirishdagi yaratuvchanlik rolini tushunadi.
6-bob. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat
7-bob. Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari.
Davlat o‘quv dasturi bola rivojiga individual yondashuv, uning shaxsini hurmat qilish, uning manfaatlari, ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, hissiy qulaylik borasida g‘amxo‘rlik qilish, erkin ijodiy o‘zini o‘zi ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratishga intilishni nazarda tutadi.
8-bob. Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida rivojlantiruvchi muhitni tashkil etishda bolalarning o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan yoshga doir xususiyatlari va ehtiyojlarini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi.



Yüklə 159,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin