O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya universiteti


II.3 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bayram ertaliklari orqali bolalarni maktabga tayyorlash mazmuni



Yüklə 159,32 Kb.
səhifə8/8
tarix12.10.2023
ölçüsü159,32 Kb.
#154286
1   2   3   4   5   6   7   8
1CHI MAVZU

II.3 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bayram ertaliklari orqali bolalarni maktabga tayyorlash mazmuni
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi. Yurtimizda maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama, intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun barcha shart–sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim tizimiga innovasiyalarni, ilg’or pedagogik va axborot-kommunikasiya tehnologiyalarni joriy etish, bu O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‟g‟risidagi PQ-4312 da belgilab berildi. Konsepsiyada maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo’nalishlarida, ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang’ich ta’limga tayyorligi, shuningdek, ularning ijtimoiy,shaxsiy,hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi ta’kidlandi. Bolalarni har tomonlama barkamol shaxs qilib rivojlantirish va ularni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kasblar bilan tanishtirib borish bolani o’z vaqtida mustaqil hayotga jasorat bilan kirishi o’z kasbiy faoliyat yo’lini tanlashi uchun tayyorlashni nazarda tutadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidsa musiqiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etib, muntazam ravishda olib boriladigan tarbiya jarayonining bir qismini tashkil etadi. Mazkur maqolada maktabgacha ta‘lim musassalarida musiqiy tarbiyani amalga oshirish dasturida belgilangan ertalik va bayramlarni nishonlashga qaratilgan tadbir va bayramlarni tashkil qilish jarayoniga qaratilgan. Musiqa, ayniqsa, milliy musiqa, bola tarbiyasiga benihoya katta ta‘sir ko‗rsatib, ularda yuqori darajadagi badiiy, estetik zavq va didni shakllantiradi, go’zallikni musiqa orqali idrok etishda yetakchi rol o’ynaydi. Bolalar bog’chasida musiqiy tarbiya quyidagi vazifalarni o’z oldiga qo’yadi: – musiqa tinglash; – vokal ijrochilik; – milliy musiqa asboblari bilan tanishtirish; – bastakor hayoti va ijodi bilan tanishtirish; – musiqa turlari bilan tanishtirish; – ritmik harakat va raqs asoslari bilan tanishtirish; – bolalarda ijobiy qobilyatlarni aniqlash va rivojlantirish; –musiqa vositalari orqali bolalar tarbiyasini tobora shakllantirish. Musiqa rahbarlari ushbu vazifalarni amalga oishirar ekanlar, o’z ish tajribalarida turli faoliyat shakllaridan keng foydalanadilar. – Musiqa mashg‗ulotlari (vazifa va maqsadiga qarab, turli mavzu va yo’nalishda bo’ladi): – bayram ertaliklari; – ko’ngil ochar musiqiy o’yinlar; – nafosat soatlari; – badiiy va adabiy musiqiy kompozitsiyalar; – musiqiy teatr dramatizatsiyalari; – yakka hol ish turlari; – to’garak ishlari. Bayram ertaliklariga tayyorgarlik ko’rilar ekan, avvalambor bu hammaning bayrami ekanligi, bolalar xotirasida unutilmas iz qoldirilishi, ularga zavq, xursandchilik olib kelishini nazarda tutish zarur. Bu jarayonda barcha teng qatnashishi lozim. Masalan, pedagogik jamoa, ota-onalar va mahalla ahli. Maktabgacha ta‘lim muassasasida tashkil qilingan bayram ertaliklari umumxalq bayramlarining bir parchasi bo’lmog’i zarur. Bolalar bog’chasida musiqa va o’yinlar bolaning aqliy, estetik va jismoniy rivojida raqs, musiqali o‗yin va musiqa bilan harakat katta ahamiyatga ega. Musiqa faoliyatining bu turlari bolaning har tomonlama o’sishiga katta yordam beradi. Bayram ertaliklari bolalarni rivojlantiribgina qolmay, ularni maktab ta’limida o’zlarini erkin tutishlarini, darslar jarayonida o’zlarining fikrlarini erkin bildira olish ko’nikmalarini shakllantirishga yotdam beradi. Xulosa qilib shuni aytish lozimki kichik, o’rta, katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari MTTda olib boriladigan barcha bayram ertaliklari vositasida oliyjanob fazilatlar yosh avlodga maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab shakillantiriladi. Tarbiyachilar boshlang`ich sinfda olib boriladigan ta`lim-tarbiyaviy ishning mazmuni, o`ziga xos tomonlari bilan tanishadilar, natijada MTTda bolani maktab talabi darajasida tayyorlash istiqbollari belgilab olinadi.
Maktabning boshlang`ich sinf o`quvchilari katta va tayyorlov guruhlari olib boriladigan ishlar mazmuni bilan tanishib boradilar va maktabda ta`lim berishda bolalar egallagan bilim, malaka va ko`nikmalarga asoslanadilar.
MTT bilan maktab pedagoglarining o`zaro aloqa o`rnatishlaridan ko`zlangan asosiy maqsad bolalarni zamon talabiga javob beradigan darajada maktab ta`limiga tayyorlash uchun o`quv tarbiyaviy ishlar bo`yicha maktab bilan maktabgacha ta`lim tashkiloti o`rtasida mustaxkam aloqa o`rnatish, bolalarning maktabda muvaffaqiyatli o`qib ketishlari uchun MTTi va maktabda olib borilayotgan ta`lim-tarbiyaviy ishlarni chuqur tahlil qilib, bu sohada yuqori natijalarga erishishdir.
Maktabgacha ta`lim tashkiloti bilan maktab o`rtasidagi aloqaning mazmuni va shakllari yuqoridagi vazifalarga qarab belgilanadi.
MTT bilan maktab pedagogik tashviqot, metodik va amaliy masalalar yuzasidan bir-biri bilan aloqa bog`laydi. Pedagogik tashviqot ishlari MTT maktabga tayyorlov guruhi tarbiyachisining va birinchi sinf o`qituvchisini MTTning maktabga tayyorlov guruhida va birinchi sinfda olib boriladigan ta`lim-tarbiyaviy ishlar vazifasi bilan tanishtirishni, maktabga tayyorlov guruhi va 1 sinf dasturi mazmunini, tayyorlov guruhi bolalari va maktabdagi 1 sinf o`quvchilarining o`ziga xos xususiyatlarini o`rganishni taqozo etadi. Mana shunday usulda ish olib borilganda o`qituvchi va tarbiyachilar maktabni 1 sinf va MTTni tayyorlov guruhidagi bolalarga xos bo`lgan yosh xususiyatlarini, ularning ruhiy tabiatini, aqliy va ijtimoiy rivojlantirshlarini tushunib, ularni maktabga tayyorlov masalalarini yaxshiroq anglab olishlarida yordam beradi.
Bu maqsadni amalga oshirishda maktabgacha ta`lim tashkiloti bilan maktab o`rtasida quyidagicha konkret aloqa shakllari o`rnatiladi: o`qituvchi va tarbiyachilar bolalarni maktabga tayyorlash va uzviylik masalalari bo`yicha, bolalarni maktabga tayyorlash bo`yicha birgalikda o`tkaziladigan tadbirlarning mosligini muhokama qilish uchun seminar, pedagogik kengashlarda qatnashish, shuningdek bolalarning yosh xususiyatlarini, ularning MTTdan maktabga o`tishlaridagi ruhiy qiyinchiliklar, maktab sharoitiga qiynalmay moslashishlariga yordam beruvchi omillar bo`yicha tarbiyachi va o`qituvchilar tomonidan tayyorlangan leksiyalar orqali tajriba almashuv va boshqalar kiradi.
Maktabgacha ta`lim tashkiloti bilan maktab o`rtasidagi uzviy aloqaning pedagogik vazifasi MTTning tayyorlov guruhida va maktabning 1 sinfida olib boriladigan ta`lim-tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradigan faoliyat shakllari va usullari bilan o`zaro tanishishni taqozo etadi.
Bu masalada MTTning tayyorlov guruhi tarbiyachilari maktabning 1 sinfida olib borilayotgan darslarni kuzatadilar va dars, mashg`ulotlardan keyin birgalikda yig`ilishib uni muhokama qiladilar, ayrim metodikalar bo`yicha seminar – praktikumlarda qatnashadilar: ilg`or tajribalar bilan o`rtoqlashish, bolalarni maktabga tayyorlash bo`yicha yoki 1 sinfda bolalarga bilim berish bo`yicha pedagogik kengashlarni o`tkazadilar. Yuqorida keltirilgan hamma ish shakllari va mazmumnini amalga oshirishdan asosiy maqsad ilgari surilayotgan masalani har tomonlama tahlil qilish, uni hal etishda uchraydigan kamchiliklarni aniqlash, bolalar bog`chasi va maktabda olib boriladigan ta`lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish bo`yicha aniq tavsiya va takliflarni ishlab chiqishdir.
Maktabgacha ta`lim tashkiloti bilan maktab o`rtasidagi aloqaning amaliy vazifasi, shundan iboratki, bir tomondan, o`qituvchi MTTning tayyorlov guruhiga borib o`zining bo`lajak o`qituvchilari bilan tanishib boradi, ikkinchi tomondan tayyorlov guruhi tarbiyachilari o`zlarining sobiq tarbiyalanuvchilari birinchi sinfda qanday o`qiyotganini o`rganib boradilar. Bolalarni maktabga kuzatishda har bir bolaga aniq tavsifnoma beriladi.
Bu tavsifnomada tarbiyachi har bir bolaning rivojlanishidagi o`ziga xos xususiyatlarni ochib beradi, bu o`qituvchiga bola bilan munosabatda bo`lganda pedagogik nuqtai nazardan to`g`ri yondashishda yordam beradi. Tarbiyachi ham o`z navbatida 1 sinfga borgan bolalari bilan izchil ravishda aloqa bog`lab boradi, darslarda bevosita qatnashib qanday o`qiyotganlari, xulqi, o`qishdagi muvaffaqiyatsizliklari sababini o`qituvchidan so`rash orqali ham aniqlab boradi. Bular hammasi tarbiyachini bolalar bilan olib borgan ta`lim tarbiyaviy ishidagi yutuq va kamchiliklarni bilib olishga imkon yaratadi.
Tarbiyachi va o`qituvchilar ilg`or tajribalarni tarqatish, tashviqot, targ`ibot qilish maqsadida shahar, rayon konferensiyalarida qatnashib fikr almashadilar.
Maktabgacha ta`lim tashkiloti bilan maktab o`rtasidagi uzviy aloqa samarali bo`lishi uchun quyidagi shartlarga rioya qilish lozim. MTT bilan maktab o`rtasidagi aloqa izchil amalga oshirib borilishi, u uzoq muddatga mo`ljallangan bo`lishi, amalga oshiriladigan ishlar, hal etiladigan masalalar rejali tusda bo`lishi zarur.
Hamkorlik asosini birgalikda ishlash bo`yicha tuzilgan istiqbol rejasi tashkil etib, unda o`zaro aloqaning bosh vazifasi, mazmuni, ish shakllari, vaqti, bajarish uchun javobgar shaxslar ko`rsatilishi lozim.
Maktab bilan MTT yil davomida mana shunday aloqa o`rnatib borishi natijasida ta`lim-tarbiyaviy ishlar yaxshi natija beradi.
Bolalarni maktab o`quvchilariga yaqinlashtirish shakllari ham xilma-xil: maktabga ekskursiya uyushtirish, maktab muzeyiga, sinf xonasiga, kutubxona, ustaxonaga borish, birgalikdagi mashg`ulotlar, bayram ertaliklari, musiqa-badiiy kechalar o`tkazish, rasmlar hamda loy plastilindan yasalgan o`yinchoqlar ko`rgazmasini tashkil etish va boshqalardir.
Rejalar aniq, mazmunli bo`lsa va og`ishmay amalga oshirib borilsa, birgalikdagi ishlar bo`yicha istalgan natijalarga, muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Bu esa bolalarni maktab ta`limiga tayyorlashda, ularning maktabda qiynalmay o`qib ketishlarida yaxshi samaralar beradi.

XULOSA

Ma`lumki, bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko`nikmasi, kattalar hamda sinfdosh o`rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish talab etiladi. Shuning uchun bolaning maktabga qadam qo`yayotganida nechog`li bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof olamga moslashish ko`nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi muhimroq hisoblanadi.


Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktab ta`limiga o`tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy o`zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta`lim tashkilotida maktab ta`limiga tayyorlash, uni murakkab bo`lmagan bilim, ko`nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo`ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo`lishga yordam beradi.
Shunga binoan, MTT bilan maktab o`rtasidagi bog`liqlik bir tomondan, bolalarni maktab ta`limi talablariga javob beradigan darajada umumiy rivojlantirib va odobli qilib tarbiyalagan holda maktabga o`tkazishni, ikkinchi tomondan, o`qituvchining katta maktabgacha yoshdagi bolalarning egallagan bilim, malaka sifatlariga va tajribalariga tayanib, ulardan o`quv-tarbiyaviy jarayonda samarali foydalanishni taqozo etadi.
MTT bilan maktab o`rtasidagi uzviy bog`liqlik katta maktabgacha yoshdagi bolalar va maktabning boshlang`ich sinf o`quvchilariga ta`lim-tarbiya berish sharoitini yaqinlashtirishga yordam beradi. Shunday ish tutilganda bolalarning maktab sharoitiga moslashishi ancha yengillik bilan o`tadi. Bolalar maktab sharoitiga tabiiy moslashib ketadilar, bu esa o`z navbatida maktabda o`qishning birinchi kunidan boshlab ta`lim-tarbiya ishining samarasini oshiradi.
Zero, maktabgacha ta`lim tashkiloti xodimlari birinchi sinfda bolalar oldiga qo`yiladigan talablarni yaxshi bilishlari, maktabga tayyorlov guruhidagi bolalarni shunga muvofiq ravishda ta`lim olishga tayyorlashlari kerak.
Maktab bilan MTT o`rtasidagi uzviy aloqa murakkab va ko`p tomonlama tuzilishga ega. Unda ta`lim-tarbiyaviy ishlarning mazmuni, metod va usullari, tashkiliy shakllari, shuningdek bolalarni tarbiyalash shart-sharoitlari va pedagogik talab kabi yetakchi tomonlarini ajratib ko`rsatish mumkin. Bunda quyidagilarga alohida e`tibor berish kerak:
1. Maktab talabi nuqtai nazaridan bolalar bilimlarni chuqurroq egallab olishlari lozim.
2. MTT nuqtai nazaridan bolalarni maktab talabi darajasidagi bilim, malaka, ko`nikmalar bilan qurollantirish.
3. Bolalarning maktabga ruhiy tayyorligi. Bu yerda vazifa bolalar mehnatning har qanday turiga tayyor turishlari, ularda aqliy mehnat - bilishga qiziqishni o`stirishning kelajakdagi mustaqil faoliyatga tayyorlashdan iborat.
4. MTTda beriladigan ta`lim rivojlantiruvchi tarzda bo`lishi kerak.
5. MTT bilan maktab o`rtasida izchil aloqa o`rnatish.
Uzviylik MTT va maktabda shaxsni har tomon­lama shakllantirish bo`yicha olib boriladigan ta`lim-tarbiya ishini izchillik bilan amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. MTT maktabgacha yoshdagi bolalarda boshlang`ich sinf ta`limi maqsad va vazifalariga mos keladigan sifat jihatdan yangi xususiyatlarni shakllantiradi.
Maktab bilan MTT o`rtasidagi uzviy aloqa asosini MTT va maktabda amalga oshiriladigan ta`lim-tarbiya ishlari mazmunini belgilovchi dasturlar o`rtasidagi bog`liqlik tashkil etadi.
Xulosa o`rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi boshlang`ich sinflar dasturi bilan MTT dasturini olib solishtiradigan bo`lsak, ular o`rtasida bir qancha o`zaro bog`liqlarni ko`ramiz. Bu eng avvalo dasturlarda asos qilib olingan prinsiplarning umumiyligi bilan belgilanadi. Ularning mazmuni bolalarni har tomonlama tarbiyalash maqsad va vazifalariga mos kelish prinsipi, hayot bilan borliq, ilmiylik prinsiplari, ta`limning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi xususiyatga egaligi va falsafiy, ruhiy nuqtai nazarlarning birligida namoyon bo`ladi.
Maktabgacha ta'limning ilk yosh davri bolalari ham tevarak-atrofdagi, musiqa, she’riyat, tasviriy san'at asarlari, tabiatdagi go‘zallikni idrok eta oladilar, shuningdek, o‘zlari rasm chizish, yasash. kuylash, raqs tushish, she’r yodlay olish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bolalarda kuzatiladigan bunday holatlar estetik tarbiyani maktabgacha ta’lim davridanoq boshlash haqida xulosa qilishga imkon beradi. Kuzatish - atrofolamdagi hodisalarni diqqat bilan ko'rish, ulardan muhim, asosiysini ajrata olish, yuzaga keladigan o'zgarishlarni belgilash, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlash, xulosalar qilish. Bolani ilk yoshdan boshlab kuzatishga o‘rgatish, unda kuzatuvchanlik, kuzatilayo tgan hodisaga diqqatni yo‘naltira olish, ko‘rganlari asosida fikr yuritish, fikrini so‘z bilan ifodalay olishni rivojlantirish zarur. O'yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismidir. O'yin texnologiyasi an'anaviy tarzdagi o'yin metodidan o'zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bo'lgan jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o'zaro bog'liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi. Xulosa qilib shuni ta'kidlash kerakki, yuqoridagi nazariy asoslardan foydalanish maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Xulosa qilib, maktabgacha ta'lim muassasasi va maktabda ta'lim-tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishdagi izchillik bola shaxsini rivojlantirishni amalga oshirishda muhim omil bo'lib hisoblanadi. MTMda kattalar rahbarligida bolalar tomonidan konsert- lar, bayramlar, kichkintoyiarning tug'ilgan kunlarini nishonlash bolalarda quvonchli hislarni uyg'otadigan, mazmunli va ularning xotiralarida uzoq vaqt saqlanib qoladigan qilib tashkil etilishi kerak. Xulosa qilib aytganda, estetik tarbiya bolalarni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashning muhim qismi bo'lib, aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan chambarchas bog'langan holda amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshiriladigon barcha metodik ishlar barkamol avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o'ringa ega bo'lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, ijtimoiy muhit ta’sirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin.
Tavsiyalar
Xulosalar asosida quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik:
1 Maktab talabi nuqtai nazaridan mutaxassis tarbiyachi bolalar bilimlarni chuqurroq egallab olishlari uchun harakat qilishi lozim
2.Bo‘lajak tarbiyachilar mutaxassislik fanlarini chuqur o‘rganishlari uchun turli tanlovlarni o‘tkazish;
3.Har bir tarbiyachi maktabgacha pedagogika fanining turli usul va vositalarini bilishiga doir krassvordlar tuzish;
5.Tarbiyachi hujjatlari mutaxassislik fanlarida amaliy mashg‘ulotlarda to‘liq
o‘rgatilishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.


1. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.:”O’zbekiston”, 2017 yil. -488b. 2. Mirziyoyev SH. M. “ Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda davom etamiz” T.O’zbekiston nashriyoti 2016 yil 3. TA’LIM TO‘G‘RISIDA. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh.,2020-yil 23-sentabr,O‘RQ-637-sonli qarori. 4. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida qo'yiladigan davlat talablari. - T./2018. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-maydagi PQ-4312-sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”. 6. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti. Vazirlar Mahkamasining 802-son qarori. 2020-yil 22 dekabr. 7. Maktabgacha pedagogika. F.R.Qodirova, SH.Q.Toshpo’latova, N.M.Kayumova,M.N.A’zamova . Toshkent-2019 8. Maktabgacha pedagogika. SH.Sodiqova. Toshkent- 2013 9. Valixo‘jayeva F.B. Talabalarni maktabgacha ta’lam muassasalarida bolalarga estetik ’narbiya berishga tayyorlash. Ped.fan.nom.... dis. avt. 2005. — 7-b.
10. “Maktabgacha ta’lim” jurnali. 2016 yil 1,3,5.
11. www.tdpu.uz 12. www.pedagog.uz 13. www.Zi


-----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------


Yüklə 159,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin