Kurs ishining vazifalari: Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi.
2-3 va 3-4 yoshli bolalarning o’ziga xosliklari.
Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanish va xususiyatlari .
Kurs ishining ob‘yektiMavzuni yoritishda ta’lim sohasiga oid respublika qarorlari hamda bolalar adabiyoti yuzasidan darsliklar, ilmiy qo’llanmalar, masalaga oid ilmiy-uslubiy maqolalar nazariy asos bo’lib xizmat qildi
Kurs ishining predmeti:> «Ta’lim haqidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Ilk qadam» davlat dasturi
Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi 2 ta bob, xulosa va tavsiyalar,adabiyotlar
ro‘yxatidan iborat.
I BOB. Maktabgacha pedagogika fanining nazariy asoslari 0‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g ‘risida»gi Qonunida (1997-y.) ta’lim davlatimiz ijtimoiy taraqqiyotida ustuvor soha deb e ’lon qilinishi pedagogika fani zimmasiga mas’uliyatli ulug‘vor vazifalarni yukladi. 0‘sib kelayotgan yosh avlodning bilimi va ularning kelajakda qanday kasb-hunar egallashlariga qarab, mamlakatiniz kelajagini tasavvur qilish mumkin. Yoshlar farovon hayotimiz mezonidir. Yoshlarga ta’lim-tarbiya berish har bir ota-onaning, o ‘qituvchU' tarbiyachining Vatan oldidagi muqaddas burchidir. Bu vazifani amalga oshirish uchun qanday yo‘l tutish va nimalarga e ’tibor bermoq lozim? Bu savollarga m a’lum darajada pedagogika fani javob beradi. Pedagogika fani nima va u qachon paydo bo‘lgan? Mazkur savolga javob berishdan oldin tarixiy manbalarga murojaat etaylik. Manbalarda yozilishicha kishilik jamiyati paydo bo‘lgach, ijtimoiy hayotda orttirilgan tajribalarni yoshlarga o ‘rgatish ehtiyoji tug‘ildi. Tajribalaming to ‘planishi natijasida ta’lim-tarbiyaning dastlabki omillari vujudga keldi. Tabiat, ijtimoiy hayot haqidagi tajribalar asosida bilimlar boyib bordi. Ta’lim-tarbiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi tarbiyachilar kasbhunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshladi. Ularning ta’limtarbiya borasidagi faoliyatlari va to‘plangan tajribalaridan o‘rinli foydalanishlari pedagogika fanining vujudga kelishiga olib keldi. Shu asnoda dastlabki maktab ko‘rinishidagi muassasalar vujudga keldi, va taraqqiy etib bordi. Shunday qilib, pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni, metodlari hamda tashkil etish shakllari haqida m a’lumot beruvchi fanga aylandi. Demak, pedagogika fani o‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta’lim-tarbiyaning mazmunini, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo‘llarini o ‘rgatuvchi fandir. Ba’zan, pedagogika fanining nima keragi bor? Pedagogikadan xabari y o ‘q bo‘la turib, lekin bolalarga yaxshi tarbiya bergan otaonalar ko‘pk-u? Yoki aksincha, pedagogika fanini bilgan holda hatto o‘z farzandlarini ham risoladagidek tarbiyalay olmaganlar ozmunchami? - degan savol tug‘iladi. Agar pedagogika fanidan xabarsiz boMgan kishilar pedagogika fanini o ‘z vaqtida o ‘rganib, yutuqlaridan samarali foydalanganlarida edi, yoshlarni yana ham yaxshiroq tarbiyalagan boMur edilar. Pedagogikadan yaxshi xabardor boMgan kishilar esa o‘z bilimlarini tajribada qoMlay olmaganliklari uchun ham tarbiya jarayonida muvaffaqiyatga erisha olmaganlar. Pedagogika fanini ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta o ‘rganish lozim. T a’lim tarbiyadan ko‘zlangan maqsadni anglash va ular tizimida yangi bilimlar berish bolalarni to‘g ‘ri tarbiyalashning shartidir. Bunda tarbiyachining beg‘araz mehnati, bolalarni sevishi tarbiya samaradorligini ta’minlaydi. Tarbiya tarixini o ‘rganar ekanmiz, u juda qadimiy jarayon ekanligini insoniyat butun hayoti davomida tarbiya bilan shug‘ullanganligiga ishonch hosil qilamiz. Tarbiya jarayonida ajdodlarimiz tarbiyaviy ta ’sirning samarali y o ‘l, metodlari va manbalarini qidirib hayotga tadbiq qila boshlaganlar, buning natijasida tarbiya haqidagi g ‘oyalar, nazariya va tavsiyalar paydo bo‘la boshlagan. Bular o ‘z navbatida pedagogika fanining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Jahon mutafakkirlari o ‘zlarining pedagogik g ‘oyalari bilan fanning rivojlanishiga hissa qo‘shdilar. Bu jarayonda o ‘zbek mutafakkirlarining xizmatlari beqiyosdir. Tarbiya haqidagi g ‘oyalar eramizdan avvalgi VI asrda shakllanganligi haqida m a’lumotlar mavjud. Keyingi davrlarda pedagogik g‘oyalarning shakllanishida zardushtiylik ta’limoti, uning muqaddas kitobi «Avesto»da qimmatli fikrlar talqin etilgan. Tarbiya haqidagi g ‘oyalarni shakllanishida islom ta ’limotining ahamiyatini alohida ta ’kidlash joiz. Q ur’oni Karim va hadisi-shariflarda musulmon ahlining dunyoqarashi, falsafasi, m a’naviyati, axloqi, e ’tiqodini har tomonlam a shakllantirish yoMlari bayon qilingan. Tarbiya haqidagi g ‘oyalarning rivojlanishida Imom Buxoriy, At-Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Naqshbandiy, Alisher Navoiy, Behbudiy, Abdulla Avloniy va boshqalarning xizmatlari beqiyosdir. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: «Fuqarolar endi ijtimoiyiqtisodiy jarayonlaming ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkori va tashkilotchisidir». Bunday yangicha yondashishlar pedagogika fanining obyekti va predmetini kengaytirdi. Endilikda pedagogika fanining obyekti faqat ta’lim-tarbiya jarayonining nazariy, metodologik amaliy ta’minlovchisigina emas, balki komil inson shakllanishi, rivojlanishini ta’minlaydigan keng sohalarni o ‘z ichiga oladi. Shuning uchun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturida»gi milliy modelida shaxsga kadrlar tayyorlash tizimining bosh obyekti va subyekti sifatida qaraladi. Bundan tashqari pedagogika fani oldiga yangicha fikrlaydigan, yangicha tafakkur, milliy mafkuraga ega komil insonni shakllantirish vazifalari qo‘yildi. ''Pedagogika fanining metodologiyasida, mazmunida, tarbiya nazariyasida, ta’limning tashkiliy shakllarida, komillik darajasi, sifatlarini aniqlashda katta islohiy o ‘zgarishlar amalga oshdi.
Bu o‘zgarishlar yangi pedagogik texnologiyalarda o‘z aksini topishi lozim. Pedagogika ta’lim-tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va 0‘quvchilarning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o ‘zgarib borishini o‘rgatadi, mukammal inson tarbiyasining tarkibiy qismlarini va ular o ‘rtasidagi aloqa hamda bogManishlarni ochib beradi. Shu asnoda ta’lim va tarbiya sohasidagi tajribalami umumlashtiradi, tarbiyaning kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo‘llarini ko‘rsatib beradi. Pedagogika maktab, kollej va akademik litseylar hamda maktabdan tashqari muassasa xodimlarini ham nazariy, ilg‘or tajribalar bilan qurollantiradi. Ota-onalarga yoshlarga to‘g‘ri tarbiya berish, o ‘qitishdagi mahoratini yanada takomillashtirish yo‘lida amaliy tavsiyalar beradi. Tarbiya - o‘sib kelayotgan avlodlarda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy kamolot va dunyoqarashni, insoniy e ’tiqod, burch va mas’uliyatni jamiyatimiz kishilariga xos bo’lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Tarbiya bola tug‘ilganidan boshlab umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir. Shu sababli, tarbiya so‘zi ko‘p vaqtlarda ta’lim, m a’lumot jarayonlariga kiradigan ishlarning mazmunini ham anglatadi. Tarbiya-ta’lim va ma’lumot natijalarini o ‘zida aks ettiradi. T a ’lim -m axsustayyorlangankishilarrahbarligidao‘tkaziladigan, o ‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan, bilish qobiliyatlarini o‘stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir. Agar tarbiya bola tug‘ilganidan boshlab, oilada, maktabda va jamoatchilik ta’sirida shakllansa, ta’lim chegaralangan (masalan, sinf xonasi, laboratoriya xonalari) joyda tashkil etiladi. 0 ‘qituvchitarbiyachi rahbarligida muayyan belgilangan vaqtda olib boriladi. M a’lumot ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuyidir. Ta’lim, tarbiya va m a’lumot uyg‘unlashgan yagona jarayon bo‘lib, o ‘qituvchi-tarbiyachi ularning shakllanishida yetakchilik qiladi. 0 ‘qituvchi maktabda dars berar ekan, o ‘quvchilarni fan olami yangiliklaridan xabardor qiladi, ayni paytda ularda insoniy sifatlarni shakllantiradi, tarbiyalaydi. Pedagog o ‘quvchilarning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarini tarbiyalash uchun, ularning kundalik xatti-harakat va fe’l-atvorlariga doimo ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy hayot tajribasining ko‘rsatishicha, agar inson o ‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlab o‘qisa, o‘rgansa, o‘z ustida tinmay qunt bilan shug‘ullansa, u oliy m a’lumot olishi mumkin. Lekin haqiqiy mukammal kamolot egasi boMishi uchun u ta’lim va
m a’lumotdan tashqari, yuksak insoniy fazilatlar asosida tarbiyalangan boMmogM lozim. Ana shunday fazilatlarga ega boMgan kishigina tarbiya ko‘rgan inson hisoblanadi. Inson tarbiyasi insonning о‘zi kabi qadimiy va keng qamrovlidir. Shu sababli insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bulib, ajdodlarimiz ma’rifat va madaniyatni yosh avlodga о‘rgatish, ularni komillikka yetaklash yullari, qonun - qoidalarini izlaganlar. Darhaqiqat, insonniig ma’rifatliligi va ma’naviy komilligiga erishishi ishlari pedagogika fani yetakchiligida amalga oshiriladi.
Demak, pedagogika fani kishiga har tomonlama tarbiya berish, har bir shaxsni hamma yosh davrlarida uygun rivojlantirish qonuniyatlari tо‘grisidagi fandir. Shu bois, podagogika fani insonni har tomonllma tarbiyalash haqidagi fan bulib, tarbiya sohasidagi jamiyat talablarini amalga oshirish yо‘lida xizmat qiladi.
Maktabgacha perdagogika esabola tugilganidan to yetti yoshigacha har tomonlama tarbiya berish qonuniyatlariii о‘rganadi va bog‘cha sharoitida talim - tarbiya ishini tashkil etishning mazmuni, metodi va shakllarini ishlab chiqadi.
Inson tarbiyasiga oid qonunlar dastlab xalk ogzaki ijodida: ertak, qissa pandnoma, maqol va matal kabilarda, keyinroq yozma yodgorliklarda, hadislarda asoslab berilgan.
Ta’lim - tarbiya ishlarining takomillashib borishida Sharq va G‘arbniig qomusiy olim va pedagoglarining о‘rni kattadir. Markaziy Osiyolik mashhur allomalar: Muhammad al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Ahmad Donish, Furqat, Abdulla Avloniy kabi jahon tan olgan mutafakkirlar о‘zlarining qator asarlarida ta’lim - tarbiyaga katta e’tibor bilan qaraganlar.
Faylasuf olim Forobiy о‘zining «Fozil shahar kishilarining qarashlari» asarida tarbiya orqali iisonga beriladigan 12 fazilatni sharhlab beradi.
Abdulla Avloniy esa, tarbiya haqida g‘oyat ibratli fikrlarii bildiradi. "Pedagogika, - Abdulla Avloniyning yozishicha, - bola tarbiyasining fani, demakdir". «Dars ila tarbiya, ikkisi jon ila tan kabidir», «Dars oluvchi - biluvchi, tarbiya oluvchi - amal kiluvchidir». Bu yerda pedagogika faniga qisqa va lо‘nda ta’rif berib, ta’lim bilan tarbiyani esa jon bilan tanga о‘xshatib, ularni bir - biridan ajratib tushunish mumkin emasligini yorqin ifodalab bergan. Avloniyning ta’kidlashicha. tarbiyani yoshlikdan berish nihoyatda zarur, Bolaga avvalo kichik yoshdan boshlab, ota-ona tarbiya beradi, keyin tarbiya bilan butun jamoatchilik shugullanadi, chunki bunda , inson taqdiri hal etiladi deydi.
Demak, pedagogikaning bosh masalasi tarbiya sanaladi. Tarbiya jarayonida esa bolaning ongi, his - tuygulari shakllanadi. Eng muhimi ijtimoiy hayot uchun zarur bо‘lgan va ijtimoiy munoabatlarga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil buladi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi bolalarning, yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ularniig har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Maktabgacha tarbiya muassasalari ham bolalarni har tomonlama tarbiyalaydi. Bola hayotidagi ilk yosh eng muhim davr bulib, xuddi mana shu davrda bolaning jismoniy, axloqiy, mehnat, estetik rivojlanishiga poydevor bо‘ladi.
"Maktabgacha ta’lim pedagogikasi" fani, "Podagogika" fanining bir qismi bо‘lib, о‘zining nazariy, ilmiy vaamaliy asoslariga ega.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining nazariy asoslari, yosh avlodni barkamol shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan, ta’lim - tarbiya borasida yaratilgan tajribalarga, nazariy va metodik manbalarga, Urta Osiyo va jahon tan olgan buyuk mutafakkir olimlarning asarlari va ta’lim - tarbiyaning umumiy qonuniyatlariga asoslanadi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining milliy
asoslari: ta’lim - tarbiya muammolarini, muayyan millatning
milliy qadriyatlarini umumbashariy va umuminsoniy qadriyatlar bilan boglagan hodda hal etish, har bir millatnint ma’naviy merosi va milliy qadriyatlariga tayangan holda milliy tarbiya masalalarini yosh avlod ongiga yetkazish mazmuni, usul, metod va tamoyillarini milliylashtirishdan iborat.