O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya universiteti


I.1. 1. Ilk yosh davri bolalarining rivojlanishidagi o’ziga xosliklari



Yüklə 159,32 Kb.
səhifə3/8
tarix12.10.2023
ölçüsü159,32 Kb.
#154286
1   2   3   4   5   6   7   8
1CHI MAVZU

I.1. 1. Ilk yosh davri bolalarining rivojlanishidagi o’ziga xosliklari.
Insonning rivojlanish davri ona qomidan boshlanadi. Bola ona qornida to'qqiz oy mobaynida juda tez rivojlanish jarayonini va murakkab taraqqivot davrini o‘taydi. Bu davrda ham bola ma’lum darajada tashqi muhit ta’sirida bo‘ladi. Shuning uchun ham bu ta'siming ijobiy bo‘lishini ta’minlash lozim. Go'dakning vazni tug'ilgan paytda 3,5 kg, bo‘yi 50 sm bo'lgan bo'lsa, uch oylik davrida uning vazni taxminan 5 kg, bo‘yi 60 sm, 6 oylik bo'l- ganda esa taxminan 7 kg, bo'yi 64 sm bo'ladi. Bir yoshgacha bo'lgan davrda bolaning rivojlanishi asosan oila muhiti ta’sirida bo‘lib, u ona suti bilan oziqlanishi lozim. Bola bu davrda nutqqa ega bo‘lmasa ham nutqni tushunish. anglash. harakatlami idrok etish, oila a’zolarini tanish qobiliyatiga ega bo'ladi. Shuning uchun ham go'daklik davridan boshlab uch yoshgacha bo'lgan davrda bolaning nutqi va tafak- kuri jadal rivojlanadi. Bola bir yoshgacha bo'lgan davrda dastlabki so'z- larni ayta boshlavdi. Bu davrda kattalar, asosan, oila a’zolari go'dakni to'g'ri parvarish qilishni yo'lga qo’yishlari lozim. "Bola tushunmas ekan” deb, unga befarq bo'lmasliklari, atrof-muhitdagi buyumlaming nomini to'g'ri talaffuz qilib, ularning nutqini to'g'ri rivojlantirish uchun keng yo‘1 ochishlari kerak. Oilada bolani tarbiyalashda ota-ona bilan bola o'rtasida qalban yaqinlikka erishish lozim. Ota-onalar hech qachon tarbiyani o'z holiga tashlab qo'ymasligi, ya’ni bolaning ilk yoshligidan bu jarayonga kirishish talab etiladi.
Chunki, bola oilada birinchi hayotiy tajribani o'rganadi. kuzatadi va o'zini turli xil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini o'rganadi. Biz bolani nimaga o'rgatsak uni aniq, hayotiy misollar bilan mustahkamlashimiz zarur, ya’ni kattalar aytgan gaplariga amal qilishlari shaxsan tarbiyaning samaradorligini ta'minlaydi. Ilk yosh guruh (2-3 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bu davr o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo'lgan davr mobaynida bolaning nutqi va o‘zgalar tomonidan aytilgan so‘zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan bo‘lsa, 2-3 yoshga kelib, o‘z- galar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy so'z ta'siriga tez beriladi. Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she’rlar aytish hamda raqsga tushishni o‘rgatish lozim. Ularda kattalarga jo'r bo‘lib qo‘- shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his etish ko‘nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida о‘zaro muloqotga kirishish ko‘nikmalari shakllana boshlaydi. Ta'lim-tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu ko'nikmalarni rivojlantirishga va ularni malakalarga aylantirishga yo‘naltirilmog‘i lozim.
Ilk yosh tarbiyalanuvchilari (1-2 yoshli bola) jismoniy tarbiyasining asosiy maqsadi bolaning sog’ligini mustahkamlash, ularning tana a’zolarini chiniqtirish, ularda asosiy harakat turlarini rivojlantirish, bolalarni tetik tutuvchi, toliqishlarining oldini oluvchi harakatlarini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish hamda barmoqlarining mayda muskullarini, yurish va harakat qilishning ayrim ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Ilk yoshli bolalarning jismoniy rivojlanishida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratish zarur; 1) kerakli masofaga, o‘rindiq va halqaning tagiga emaklash, bir metr uzunlikdagi zinaga kattalarning yordamida chiqish va undan tushish; 2) tayanchs iz to ‘g‘ri у o ‘nalishda va yerda уotgan taxtacha ustidan, у о‘ lkachadan, qiya (o‘n-o‘n besh sm yuqoriga ko‘tarilgan) taxtachadan yurish, o‘n sm balandlikdagi sath ustiga chiqish va undan tushish; pol, yerdagi yoki besh-o‘n sm balandlikda joylashgan arqon, xoda yoki taxtacha ustidan o‘ta olish; 3) to‘g‘ri yo‘nalishda yugurish; 4) uncha katta bo‘ lmagan tepalikdan koptokni dumalatish, uni oldinga, yuqoriga irg‘itish. Qalamni yoki mo'yqalamni ushlab turish, ular bilan (aji-buji) chiziqlar chizish. 5) uch va undan ortiq qismlardan iborat minoralar qurish, qopcha va qutichaga mayda predmet va o‘yinchoqlami solish va ularning ichidan olish. 6) o‘z-o‘ziga xizmat qilish, qoilarini yuvish, cho‘milishga ijobiy mu- nosabatda bo‘lish, piyoladan choy ichish, mustaqil yuz-qoilarini yuvish va artish. Ilk yosh guruh (2—3 yoshli bolalar) tarbiyalanuvchilari bilan jismo- piy tarbiya bo‘yicha bajariladigan ishni to'g'ri rejalashtirish va o‘tkazish uni samarali hal etishda nihoyatda muhimdir. Kun davomida turli xilda- gi m ashg'ulotlarning jismoniy mashq va harakatli o'yinlar bilan qo'shib olib borilishi bolaning to‘g‘ri harakatini ta’minlashga yordam beradi. Mashg‘ ulotlar to’g‘ ri tashkil etilsa, qiziqarli, ibratli jihatlari oshirilsa, bolalar o'z vaqtida dam olishlariga e’tibor berilsagina, jismoniy mashqlaming samaradorligi ortadi. Mashg‘ulotda eng muhimi mashq va o‘yinlaming to'g'ri taqsimlanishidir. Bunda mashg'ulotning asosiy vazifasini ajrata olish lozim, uning mazmuni ko‘zda tutgan maqsadni hisobga olib, bola tanasining m a’lum qismlariga har tomonlama ta’sir o'tkazish zarur. Shu jumladan, mashg‘ulotlar unumdorligini oshirish maqsadida turli mashqlarni bir-biri bilan bog’ lash ham muhimdir. Bola organizmini chiniqtirishda ham maktabgacha yosh davrlarining o'ziga xosliklarini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan yondashuvni tatbiq etish lozim. Jumladan: ilk yosh guruhida:
- har kuni ertalab badantarbiya qilish, harakatlarni namunaga muvofiq bajarish;
- badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish;
- ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko‘magida);
- yozda ochiq havoda iloji boricha ko‘proq bo‘lish;
- kattalar nazorati ostida kichik ochiq suv havzasida (basseynda) cho‘milish (gigiena talablariga amal qilgan holda).
Bolalarning ovqatlanishi (nonushta, tushki ovqat, kech tushki ovqat va kechki ovqat) osoyishta vaziyatda o'tishi kerak. Bola stol atrofiga yaxshi ishtaha bilan o‘tirsa, uning organizmida ovqatning yaxshi hazm bo‘lishiga yordam beruvchi shart-sharoit hosil qiladi. Yaxshi ishtaha bolalarda mustaqillikni, madaniy-gigienik malakalarni, stol atrofida o‘zini to‘g‘ri tutib o‘tirish malakalarini tarbiyalashga yordam beradi. Eng muhimi - bolalarning yoshligidan boshlab ularda yaxshi ishtaha bo‘lishini ta’minlash muhim ahamiyatga egadir. Bolalami ilk yoshidanboshlab оvqatni mustaqil yeyishgao‘rgatish ularda ovqatni ishtaha bilan yeyishga, ovqatga ijobiy munosabatni uyg‘otishga yordam beradi. Ikkinchiyoshningboshidan qoshiqqa o‘rgatish, to‘rtinchi yoshdan sanchqidan, beshinchi yoshda pichoqdan foydalanish malakalarini tarbiyalab borish zarur. Bundan tashqari bolalarda ovqat yeyishdan oldin qo‘lini yuvish, tartibli yeb-ichish, chapillatmay, tovushsiz chaynash va ichish, salfetkadan foydalanish, to‘g‘ri o‘tirish, ovqat uchun tashakkur bildirish, ovqatdan keyin og'izni chayqash kabi maishiy-gigienik malakalar ham tarbiyalab boriladi. Mazkur jarayonda kattalaming namunasi, tushuntirish, o‘rgatish, nazorat kabi tarbiya uslublarining ahamiyati katta.
Ilk yosh guruh. Kattalar ko‘magida suvni sachratmasdan yuvinishga odatlantirib borish, og'zini chayqashgao'rgatish, shaxsiy dastro'molchani o'z vaqtida qo'llashga o‘rgatiladi. Bolalarda ovqatni taitibli yeyish malakalarini (nonni uvoq qilmaslik, ovqatni to‘kmaslik, og'izni yumib chaynash, qoshiqni o'ng qo‘lda ushlab foydalanishlikni) tarbiyalash. Shuningdek, kiyimlami mustaqil ravishda yechinib, kiyinish malakalarini tarbiyalash. Kattalar ko‘magida kiyimlami o'z javonlariga tartibli joylash tirishga o'rgatish. Xonada tartiblilik va ozodalikni saqlashga odatlantirish.Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni to‘g‘ri tashkil etish uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak. Maktabgacha ta’lim yoshida boshqa yosh davrlariga qaraganda aqliy rivoj lanishning yuqori sur’atda taraqqiy etishi kuzatiladi. Ayniqsa, ilk yosh guruhi bolalarining aqliy rivojlanishiga alohida e’tibor qaratish zarur. Zamonaviy tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, ikki yoshgacha bolalarda juda katta hajmdagi bilish faolligi kuzatiladi. Bolaning ongi tez rivojlanib, u uch yoshga kelganda katta kishilaming aql kuchining sakson foiziga tenglashadi. Mazkur holat maktabgacha yoshdagi bola ongini ortiqcha zo‘riqishlardan asrashni talab etadi.Ilk yoshda bolalar bir-biri bilan o'ynaganda xalaqit bermaslik, o'yinchoqni tortib olmaslik, kerak bo4sa so‘rab olish, o'rtog'i o‘ynab bo‘lguncha kutib turish kabi xususiyatlarni o‘zlariga singdirib borishadi. Natijada bolalarda ijobiy munosabatning dastlabki shakllari namoyon bo‘la boshlaydi, birga o‘ynash istagi paydo bo‘ladi. Tarbiyachi esa, o’z navbatida bunday ijobiy munosabatni, birgalikdagi faoliyatni rag‘batlantirib borishi maqsadga muvofiq. Ilk yosh guruhida:
1. Kattalar mehnatiga qiziqishni tarbiyalash. 2. Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining mehnat jarayonlari bilan tanishtirish. 3. Bolalarga kattalarning mehnatini hurmat qilish tuyg'usini shakllantirish.
Topshiriq - maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar mehnatini tashkil etishning boshlang'ich shakli hisoblanib, barcha yosh guruhlarida qo‘llash imkoniyatini beradi. Ilk va kichik yosh guruhlarida bolalarga uncha murakkab bo‘lmagan va qisqa muddatli topshiriqlar beriladi: “0 ‘yinchoqni, kitobni, stulni olib kel. joyiga olib borib qo‘y, tushki ovqat uchun stol ustiga qoshiqlarni qo‘yib chiq”.
Estetik tarbiya - shaxsda tabiat, mehnat, ijtimoiy munosabatlardagi go'zallikrti estetik ideal nuqtayi nazaridan idrok etish va baholash, shuningdek, voqelikni go'zallik qonunlariga ko'ra o‘zgartirish ehtiyojini his etish qobiliyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan muntazam ta’sir jarayonidir ¹. Maktabgacha ta’lim yoshining turli davrlari bilan bog'liqlikda estetik tarbiyani amalga oshirishning o'ziga xosliklari ham aniq namoyon bo‘ladi. Ilk yoshli bolalarda hali ularning estetik tarbiyasi to’g'risida emas, balki ularning hissiy va sensor rivojlanishi to‘g'risida o‘ylash kerak. Bola yaltiroq bo‘yoqdan xursand bo' ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan huzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida ularning sensor-hissiy qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bolalarda hissiy kechinmalaming shakllanishida kattalar muhim rol o'ynaydi. Kattalaming ochiq yuz bilan jo'shqin ohangda gapirishlari bolaga buyumlarning u yoki bu xususiyatlariga ijobiy munosabatda bo'lishiga yordam beradi. Va, aksincha, kattalarning ogohlantiruvchi ovozi, ular yuzidagi tundlik alo- mati yoki ho‘mrayib qarashlari, jerkib, siltab tashlashlari bolalarda shu buyumgayoki uning sifatiga salbiy munosabatni shakllantiradi. Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki asta-sekin takomillasha boradi. Bolalar endi faqat borliq xususiyatlarini emas, shu bilan birga san'at asarlaridagi ayrim estetik ifoda vositalarini ham idrok eta boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarda musiqaning quvnoq va g'amgin kuylariga, ulami Didaktik o'yinlar ta’limiy o‘yin sifatida bolalarning yosh xususi- yatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yinlaming muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. 0 ‘yinda o'yin niyati, o'yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. 0 ‘yin niyati o‘yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. 0 ‘yin qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o‘yindagi harakatlarni amalga oshirishga yordam beradi.
Didaktik o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar, tushunchalar berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi, bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari takomil- lashadi. 0 ‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin mazmunini boyitadi. Didaktik o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydalaniladi. Bolaning kun tartibida didaktik o'yin uchun vaqt va joy ajratilishi kerak. Bunday o'yinlar mashg'ulot jarayonida va o‘yindan tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi. Didaktik o‘yinlarda quyidagi qoidalarga amal qilinishi kerak: 1) navbatma-navbat ta'sir etish; 2) so'ralganda javob berish; 3) o’rtoqlari fikrini eshita olish; 4) o'yin jarayonida boshqalarga xalaqit ber- maslik; 5) o‘yin qoidasini bajarish; 6) o‘z xatosini tan olish. Didaktik o'yinlarda bolalaming yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish lozim. 0 ‘yinda o‘)dn sur’ati va ritmi katta rol o‘ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi, juda tez temp esa bolalami hayajonga soladi, turli bahs-munozaralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o’yin ishtirokchilarini to‘g‘ri baholash muhim ahamiyatga ega. Didaktik o’yinlarning quyidagi turlari mavjud: a) buyum va o‘yin- choqlar bilan o'ynaladigan; b) stol-bosma; d) og‘zaki so‘z o‘yinlari. Buyum va о ‘yinchoqlar bilan о ‘ynaladigan о 'yinlar bolaning ilk yoshi- dan boshlab, to maktab yoshiga yetgunga qadar o‘ynaladigan o'yin turi hisoblanadi. Bunda bolalarning tasavvurlari, diqqatlari o'yin asosini tashkil etadi. Ularda tevarak-atrofdagi narsa va buyumlar, ularning sifati, loydali tomonlari to‘g‘risida umumiy tushuncha hosil bo‘ladi. 0 ‘yinda o'ynaladigan har bir buyum yoki o‘yinchoq o‘zining tashqi ko‘rinishiga cga bo‘lishi, narsaning asosiy belgisini ajrata bilish imkonini berishi lozim.
Bunday o’yinlar bolalarning narsalarning shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini kengaytiradi. Stol-bosma o'yinlari bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish, umumlashtirish, tavsiflash) o‘stirish imkonini beruvchi o‘yin usulidir. Bu o'yin turiga lotto, juft rasmlar, domino va labirint kiradi. Og‘zaki so 'z о ‘yinlari katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladi. Ular bolani eshita olish, zudlik bilan javob topa olish, o'z fikrlarini tez va aniq ifoda eta olishga o‘rgatadi. Bunday o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘yin turlarida didaktik maqsad va o‘yin materiallarining mavjudligi muhim ahamiyat kasb etadi.
MTMda kichkintoylarni tevarak-atrofdagi hayot, tabiat bilan tanishtirish, ularning nutqini, eng oddiy matematik tasavvurlarini o'stirish mashg'ulotlari, musiqa mashg'ulotlari, qurish-yasash, jismoniy tarbiya mashg'ulotlari olib boriladi. Ilk yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg'ulotlar katta yoshdagi kishilarning har bir bola bilan rejali suratda muomalada bo'lishidan iborat bo'lib, bu mashg'ulotlarning maqsadi bolalarning nutqi va harakatini rivojlantirib borishdir; bu esa bolalarni mashg'ulotlarga tayyorlash bos qichidir; go'daklar ixtiyoriy diqqat o'sib borgani sari, bunday mashg'ulotlar bir necha bola bilan, keyinchalik esa butun guruh bolalari bilan bir yo'la olib boriladi. Mashg'ulotlarda ta'lim berish bolalardan aqliy va jismoniy zo'r berishni talab etadi, ya'ni u bolani aktiv faoliyati bilan bog'liq bo'lib bola ma’lum natijaga erishish uchun intiladi, bu esa boladan uzoq davomli ixtiyoriy diqqatni talab etadi. Shuning uchun mashg'ulotga tayyorlanishda bolalar yoshini, imkoniyatini e'tiborga olish zarur: mashg'ulotning vaqtini, kun tartibidagi o'rnini dasturning har xil bog’imlarini to'g'ri almashtirib turishni oldindan o'ylab, aniq belgilab olish zarur. Mashg'ulotlarni kuning birinchi yarmida o'tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki birinchidan, bola ertalabki soatlarda aqliy vazifani yaxshi bajara oladi, xona tabiiy yorugTik bilan yaxshi ta'minlangan bo'ladi. Har bir yosh guruhida necha marta mashg'ulot o'tkazilishi, uning mazmuni va har bir mashg'ulot yosh guruhlari bo'yicha necha daqiqa davom etishi MTM tarbiya dasturida ularning yosh xususiyatlarini e'tiborga olgan holda belgilab berilga O'z-o'ziga xizmat qilish. Bu bolalar mehnatining bir turi bo'lib, unda bolalar ilk yoshidan boshlab mustaqil ovqat- lanishga, yuvinishga, kiyinish va yechinishga, o'yinchoqlarni yig'ishtirib qo'yishga o'rgatiladi. O'z-o'ziga xizmat qilish jarayonida bolalarda mustaqillik, ma'lum maqsad bilan harakat qilish kabi sifatlar shakllanadi, bolalar qo'llaridan kelgan ishni o'zlari bajarishga o'rganadilar. O'z-o'ziga xizmat bolalarda oddiy mehnat turlariga nisbatan qiziqish uyg'otadi, batartiblikka, intizomli bo'lishga, xulq-odobga o'rgatadi. Ilk yoshli bolalar o'yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o'yin bo'lib, u narsa-buyum-o'yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo'l ishidagi murakkab va nozik harakatlardir. Keyingi bosqich aks ettirish o'yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o'yini psixologik mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta'lim-tarbiyaviy ishlarini ma'lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o'z o'yinlarida qo'llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o'yini mazmun jihatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi.
Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o'yinida syujetni aks ettirish yuzaga keladi. Bola qo'lidagi buyum bilan undan qanday foydalanish kerakligini aks ettiradi.
Ilk yoshdagi bolalarga mo'ljallangan ko'p o'yinchoqlar (shaqqildoqlar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshq) bolada ko'rish va eshitish diqqatini rivojlantiradi, ushlash harakatlari va buyumli harakatlarni o'stirishga yordam beradi.
Ilk yoshdagi bolalar dastro'moldan yasalgan "Sichqon''ning harakatlanishidan qattiq zavqlanib, qiyqirib yayraydilar.
"Sichqon”ni harakatlantiruvchi katta odam uning juda chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu ovutmachoq go'dakka sichqon shakli va uning juda to'g'risida tasavvur hosil qilishga ko'maklashadi. Ermak o'yinlardan «Oymoma», «Bog'ga kirsam maylimi», «Alla», «Aji-aji», «Boylandi», «Chapakka-xo- chapakka» orqali bolalarni muloqotga o'rgatib boriladi. Bu jarayonda bolalarning eshitish, ko'rish, sezish, his qila olish kabi sensor qobiliyatlari faollashadi. Bolalarning nutq faolligini o'stirish maqsadida aytishma o'yinlaridan keng foydalaniladi. Bunday o'yinlarga «Boylandi», «Xolam keldi», «Mundi-mun- di», «Bulbulim-bulbulim», «Ko'z boylog'ich», «Oq sholi, ko'k sholi», «Ada hormang»lar kiradi. Yana xalqimizda azal-azaldan o'ynab kelinadigan so'z o'yinlaridan «Yarashtirgich»lar hali-ha- nuzgacha bolalar orasida «tinchlik - yarashuv» timsoli sifatida qo'llaniladi.
Bu o'yinlar bolalar tilidan ana shunday jaranglaydi:
Karimga berdim toychoq,
U olavermadi har choq.
Toychog'imni kim olsa, Men u bilan chin o'rtoq.
Yalinchoq-yalinmachoq, Pista po'choq. Qilichmi, to'qmoq, qirq yilgacha o'rtoq, To'qmoq, to'qson yilgacha o'rtoq.

Yüklə 159,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin