O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya universiteti


II.1 Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida



Yüklə 118,74 Kb.
səhifə5/5
tarix12.10.2023
ölçüsü118,74 Kb.
#154726
1   2   3   4   5
14-CHI MAVZU

II.1 Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni umuminsoniy qadriyatlar asosida
tarbiyalashning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari
Umuminsoniy, mintaqaviy, milliy qadriyatlar bilan bir qatorda, diniy
qadriyatlar ham mavjuddir.
Diniy qadriyatlar ham jamiyatning ma’lum tarixiy davr va sharoitlardagi
talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi.
Diniy qadriyatlar umuminsoniy, mintaqaviy qadriyatlarning qandaydir
alohida, boshqalardan keskin ajralib turuvchi sohasi emas.
Ma’lumki, har qanday din ham hayot talablari, turmush sharoiti va
ehtiyojlaridan ajralgan holda paydo bo‘lmagan. Barcha dinlarning kelib chiqishiga
ma’lum tarixiy davrlardagi ijtimoiy, siyosiy, g‘oyaviy sharoitlar, ular bilan
bog‘langan ehtiyojlar sabab bo‘lgan.
Dinlarning kelib chiqishiga asos bo‘lgan sabablarni ijtimoiy hayotning
o‘zidan izlamoq kerak. Real hayot voqealari, ehtiyojlari ilohiylashtirilganida,
mohiyati, sodir bo‘lishi sabablari ilohiy kuchlarning irodasi bilan
bog‘langandagina diniy tus oladi.
Islom dini shakllanayotgan davrda Muhammad alayhissalom arab qabilalari
orasida keng tarqalgan ko‘plab urf-odatlar, marosimlar, axloqiy va huquqiy
normalarga ilohiy tus berib, ularni yangi dinning ajralmas qismiga aylantirdi.
Arablarning yurish-turishi, odobi va axloqi, oilaviy va qabilaviy munosabatlari
borasidagi ko‘plab qadriyatlari islom dinining tarkibiy qismi bo‘lib qoldi.
Sha’riy hukmlarga kirgan axloq va odob, halollik, insonparvarlik, mehr-
oqibat, do‘stlik, birodarlik haqidagi ko‘plab g‘oyalar islom dinidan oldin ham
qadriyatlar sifatida saqlanib kelgan edi. Bu qadriyatlar islom dinining tarkibiy
qismiga aylanib, ularga rioya qilmaslik jamiyat oldidagina emas, balki xudo
oldidagi gunoh sifatida talqin etila boshlangan. Natijada islom dini bilan bog‘liq
bo‘lgan bu qadriyatlarga ham rioya qilishlik mas’uliyati kuchayadi. Din muqaddas,
deb e’tirof qilgan qadriyatlarni tan olmaslik, yoki ularga rioya qilmaslik gunoh,
do‘zax singari tushunchachar bilan bog‘landi. Shunday qilib, diniy tus olgan
hayotiy qadriyatlarga rioya qilishning zaruriyati ham kuchaydi.
II.2 Ma'lumki har bir xalqning o'z afsonaviy qahramonlari, pahlavonlari bo'ladi. Shu ma'noda xalq og'zaki ijodining noyob durdonasi bo'lmish «Alpomish» dostoni millatimizning o'zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan qahramonlik qo'shig'idir. Bu mumtoz asarda tarix to'fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o'zligini saqlagan, el-yurtimizning bag'rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi axloqiy fazilatlari o'z ifodasini topgan. Shu bois «Alpomish» dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yoxud axloq» kitobining «Haqqoniyat» deb atalgan bobida rostlik va to'g'ri so'zlikni insonning eng insoniy sifatlaridan biri deb hisoblaydi. U bola tarbiyasida o'sayotgan shart-sharoit va tarbiyaning roliga alohida e'tibor beriladi. A.Navoiy ijodida ham axloq-odob masalalariga katta ahamiyat berilgan. «Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar uchun yoqimlirog'idir» - deydi mutafakkir A.Navoiy. A.Navoiyning «Mahbub-ul qulub» asarida odob, axloqqa oid g'oyalar ilgari surilgan. Insonparvarlik g'oyalari ulug'langan. Pedagogika fani yosh avlodni axloqiy rivojlanishida tarbiya va ta'limni muhim omil deb hisoblaydi. Pedagogika va ruhiyatga oid tadqiqotlar natijalarining ko'rsatishicha, Maktabgacha ta'lim davri bolaning ma'naviy shakllanishida eng muhim bosqichidir. Shu davrda ma'lum maqsadga qaratilgan ta'limtarbiya ta'sirida shaxsning axloqiy sifatlari shakllana boshlaydi. 6-7 yoshda ijobiy xulq normalarining ancha barqaror shakli yuzaga keladi. Bola atrofdagilar bilan bo'ladigan munosabatlarida egallab olgan axloq normalariga asoslangan holda ish tutadigan bo'lib qoladi. Shuning uchun bolalarga ilk yoshdan boshlab axloqiy tarbiya berib borish muhimdir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma'naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi. Bolalarda axloqiy his- щ tuyg’ular, tasawurlar va xatti-harakatlami tarbiyalash. Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi, inson hayoti va madaniyatining axloqiy qadriyatlari to'g'risida keng tasavvur, tushunchalar beradi. 1 Axloqiy tasavvurlar, qarash, mulohaza, baho berish kabi tushunchalarni shakllantirishga va shu asosda axloqiy e'tiqodni yuksaltirishga ta'sir ko'rsatadi, ya'ni: Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlami tarbiyalash. Bolalarni o'zlarining axloqiy tajribalarini mushohada qilishlari va boyitishlariga yordam beradi; Shaxsni o'zini axloqiy tarbiyalashga zamin yaratadi. Axloqiy bilim, asosan axloqiy suhbatlar, ma'ruzalar, kechalar, turli kasb egalari bilan uchrashuvlar va boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasalarida axloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg'ulotlarda va mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda ta'lim berish orqali amalga oshiriladi. Har xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabiyoti, musiqa, o'yin materiallari, ommaviy axborot vositalari - oynayi jahon, radio va boshqalar bolalarning axloqiy tarbiyasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Kichik yoshli bolalar axloqiy tasavvur va bilimlarni faqat o'yin mashg'ulotlarida yaxshi o'zlashtirib oladilar. Bolalar tomonidan o'zlashtirib olingan axloqiy tasavvurlarni ular ongli ravishda tushunib yetishlari dastlab mashg'ulotlarda, keyinchalik o'yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, mustaqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari, bolalarni sport oʼyinlariga (gorodki-shaxarcha, badminton, stol tennisi) va sport oʼyinlari elementlari (basketbol, xokkey, futbol, voleybol) ni bajarishga oʼrgatish zarur.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni oʼtirgan, turgan holatda va yurganda qaddi-qomatni toʼg’ri tutish koʼnikmalariga oʼrgatish muhim.
Bu yoshda shaxsiy va ijtimoiy gigienaning boshlang’ich koʼnikmalari (qoʼl yuvish, kiyim-kechak, poyabzalni yaxshi tutish, oʼyinchoqlar, xonalarni¼) ozoda tutish koʼnikmalarini singdirish muhimdir.
Bu yoshdagi bolalarga mashg’ulotlarning foydasi haqidagi jismoniy mashqlarning ahamiyati va texnikasi, ularni oʼtkazish metodikasi haqidagi, harakatli oʼyinlar haqidagi jismoniy tarbiyaga oid bilimlarni berish muhimdir.
Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yoʼnalishi (yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, oʼngga, chapga, toʼla aylanish¼), jismoniy jihozlarning nomi va qay maqsadda ishlatilishi, ularni saqlash va tutish, kiyim-kechak va poyabzalga qarash qoidasini bilishlari lozim.
Olingan bilimlar bolalarga jismoniy mashqlar bilan juda toʼg’ri shug’ullanish va jismoniy tarbiya vositalaridan mustašil foydalanish imkonini beradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarda kun tartibiga rioya qilish, jismoniy mashqlar bilan har kuni shug’ullanish ehtiyojini hosil qilish bu mashqlar bilan maktabgacha tarbiya muassasalarida va oilada mustaqil shug’ullanish malakalarini rivojlantirish, ularni oʼz tengdoshlari va kichik yoshdagi bolalar bilan oʼtkazish.
Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy, aqliy, estetik va mehnat tarbiyasini amalga oshirishning katta imkoniyatlari mavjud.
Jismoniy mashqlarni bajarishda xarakterning ijobiy xususiyatlari (uyushganlik, intizomlilik, kamtarlik, koʼngilchanlik¼) va axloqiy fazilat (qalollik, oʼrtoqlik qissi, oʼzaro yordam, topshiriqni maʼsuliyat bilan bajarish) larni tarbiyalash, irodaviy fazilatlar (botirlik, qatʼiylik, oʼz kuchiga ishonch, chidamlilik) ni namoyon qilish uchun sharoit yaratadi.
Jismoniy tarbiya bolalarning aqliy oʼsishiga yordam beradi, chunki nerv tizimi va boshqa organ hamda tizimlarning normal faoliyati uchun qulay sharoit yaratiladi, bu esa yaxshiroq idrok etish va eslab qolishga yordam beradi. Bolalarda barcha psixik jarayonlar (idrok, tafakkur, xotira, xayol¼) shuningdek tafakkur operatsiya-lari (kuzatish, taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish¼) rivojlanadi.
Bolalarda ijobiy emotsiyalar, tetik, xushchaqchaq kayfiyatni tarbiyalash juda muhimdir, chunki ijobiy emotsiyalar barcha organlar va organizm tizimlarini ishiga yaxshi taʼsir qiladi.
Jismoniy tarbiya estetik tarbiyani amalga oshirish uchun qulaylik yaratadi. Jismoniy mashqlarni bajarish jarayonida estetik zavqni xis qilish va idrok etish, goʼzallikni, haraklarning ifodaliligini, qaddi-qomatning nafisligini, kiyim-bosh, sport jihozlari, tevarak-atrofning goʼzalligini tushunish va toʼg’ri baholay olish qobiliyati rivojlantirish; estetik jihatdan maʼqul xulqqa intilishni, faoliyat, soʼz va xatti-xarakatda qoʼpollikka murosasiz boʼlishni tarbiyalash lozim.


XULOSA

Ma`lumki, bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko`nikmasi, kattalar hamda sinfdosh o`rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish talab etiladi. Shuning uchun bolaning maktabga qadam qo`yayotganida nechog`li bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof olamga moslashish ko`nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi muhimroq hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, shuni xulosa qilish mumkinki, bo’lajak maktabgacha ta’lim tashkilotlari mutaxassislarining pedagogik ehtiyojlari, qiziqishlari, alohida ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlarini tizimli tarzda o‘rganish lozim. Shuningdek, bo’lajak mutaxassislarning kreativ qiziqishlari va ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ta’lim shakllari, g‘oyalar, noan’anaviy metodlar hamda ilg‘or pedagogik tajribalar asosida o‘qitish jarayonini tashkil etish kreativlikni rivojlantirishga nisbatan mazmunli ijodiy yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi. Albatta, har bir xalq o‘z milliy qadriyatlari qobig‘idagina o‘ralib qolmasligi


kerak. Bunday yo‘ldan borilganida millatning taraqqiyoti sur’atlari pasayadi.
Milliy mahdudlik va milliy kalondimog‘lik hech vaqt ma’naviy, ijtimoiy
kamolot omili bo‘lgan emas. Boshqa millatlarning qadriyatlarini o‘rganish hamma
vaqt ham taraqqiyotning omillaridan biri bo‘lib kelgan.
Qadriyatlar qanchalik bir-biriga yaqinlashib, ta’sir ko‘rsatmasin, har bir millat
uchun ma’naviy kamolotning asosiy yo‘li va mezoni milliy qadriyatlar bo‘lib
qoladi. Biron millatning yaxshi urf odatlari, marosimlari qachonki boshqa millat
ruhiga, milliy ma’naviy ehtiyoji va talablariga mos kelgandagina shu millat
hayotida chuqur tomir otish imkoniga ega bo‘ladi.
Xalqlarga yangi ma’naviy qadriyatlarni singdirish uchun avval, ularga
nisbatan ehtiyoj tug‘dirmoq kerak. Ma’naviy ehtiyojsiz, tarixiy an’analarni
e’tiborga olmay singdirilmoqchi bo‘lgan qadriyatlar millatning hayotida ma’lum
o‘rin olsa ham, uning ruhiyatiga singmaydi, binobarin qalbidan o‘rin olmaydi.
Har bir xalq qadrlagan narsa yoki hodisa, birinchi navbatda, uning milliy
ma’naviyati bilan bog‘liq bo‘ladi.
Milliy qadriyatlar ham qandaydir o‘zgarmas hodisa emas. Millat taraqqiyoti
bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotning takomillashib borishi,
yashash va mehnat qilish sharoitlari o‘zgarishi bilan milliy qadriyatlar ham
rivojlanib borishiga imkon yaratiladi.
Umuminsoniy, mintaqaviy, milliy qadriyatlar bilan bir qatorda, diniy
qadriyatlar ham mavjuddir.
Diniy qadriyatlar ham jamiyatning ma’lum tarixiy davr va sharoitlardagi
talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi.
Diniy qadriyatlar umuminsoniy, mintaqaviy qadriyatlarning qandaydir
alohida, boshqalardan keskin ajralib turuvchi sohasi emas.
Ma’lumki, har qanday din ham hayot talablari, turmush sharoiti va
ehtiyojlaridan ajralgan holda paydo bo‘lmagan. Barcha dinlarning kelib chiqishiga
ma’lum tarixiy davrlardagi ijtimoiy, siyosiy, g‘oyaviy sharoitlar, ular bilan
bog‘langan ehtiyojlar sabab bo‘lgan.
Dinlarning kelib chiqishiga asos bo‘lgan sabablarni ijtimoiy hayotning
o‘zidan izlamoq kerak. Real hayot voqealari, ehtiyojlari ilohiylashtirilganida,
mohiyati, sodir bo‘lishi sabablari ilohiy kuchlarning irodasi bilan
bog‘langandagina diniy tus oladi.
Islom dini shakllanayotgan davrda Muhammad alayhissalom arab qabilalari
orasida keng tarqalgan ko‘plab urf-odatlar, marosimlar, axloqiy va huquqiy
normalarga ilohiy tus berib, ularni yangi dinning ajralmas qismiga aylantirdi.
Arablarning yurish-turishi, odobi va axloqi, oilaviy va qabilaviy munosabatlari
borasidagi ko‘plab qadriyatlari islom dinining tarkibiy qismi bo‘lib qoldi.
Sha’riy hukmlarga kirgan axloq va odob, halollik, insonparvarlik, mehr-
oqibat, do‘stlik, birodarlik haqidagi ko‘plab g‘oyalar islom dinidan oldin ham
qadriyatlar sifatida saqlanib kelgan edi. Bu qadriyatlar islom dinining tarkibiy
qismiga aylanib, ularga rioya qilmaslik jamiyat oldidagina emas, balki xudo
oldidagi gunoh sifatida talqin etila boshlangan. Natijada islom dini bilan bog‘liq
bo‘lgan bu qadriyatlarga ham rioya qilishlik mas’uliyati kuchayadi. Din muqaddas,
deb e’tirof qilgan qadriyatlarni tan olmaslik, yoki ularga rioya qilmaslik gunoh,
do‘zax singari tushunchachar bilan bog‘landi. Shunday qilib, diniy tus olgan
hayotiy qadriyatlarga rioya qilishning zaruriyati ham kuchaydi.
Xulosa qilib shuni alohida ta’kidlash kerak, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya bеrishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish va maktabga tayyorlash, ularning ruhiyati, shaxsiy qobiliyati, intilishi va ehtiyojlari milliy va umuminsoniy qadriyatlar hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda rivojlanishni ta'minlash, ularni maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish ushbu “Bolalarni rivojlantirish va maktabgacha tayyorlash” tayanch dasturi asosida amalga oshiriladi. O`yinlardan didaktik maqsadlarda foydalanishga oid yo`nalish XVIII asrda pеdagoglar faoliyatida kеng rivojlandi. O`yinda bolaning insoniy faoliyatining eng umumiy, eng asosli ma'nodagi xatti-harakati namoyon bo`ladi. Shaklan va mazmunan rang-barang bo`lgan o`yinlar bolani mavjud hayotiy hodisalar doirasiga olib kiradi, bunda kattalarning bilim, ko`nikma va malakalari, harakat usullari, ijtimoiy tajribalarini oldindan o`zlashtirish ta’minlanadi. O`yinda bolaning o`z tеngqurlari va kattalar bilan bo`ladigan munosabat, muomala usullari shakllanadi, hissiyot va didi tarbiyalanadi. Syujеtli-rolli o`yinlar mazmunining o`ziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan biridir. O`yin bolalar kattalar ijtimoiy hayotining namunasini oladigan faoliyat turidir. Syujеtli o`yin aqliy tarbiya vositalaridan biridir. Bola o`yinda atrof muhitdagi voqеa va hodisalarni aks ettirib ularni hayolan qayta tiklaydi. Bunda bu obrazlar va taassurotlardan foydalanadi. Bola tasvirlayotgan hodisalar haqidagi bilimlarni o`z mushohadalarida ifodalaydi, bu uning konkrеt buyumdan u haqida fikrlashga o`tganini bildiradi. Tarbiyachi kun bo`yi har bir bolaning o`yinida ko`p martalab ishtirok etadi, unga o`yinchoqlar va buyumlar bilan muomala qilishning turli yo`llarini ko`rsatadi, maqsadga qaratilgan harakat qilishga, buyumga uzoq vaqt diqqatni buzmay qarab turish va u bilan harakat qilishga o`rgatadi. Buyumli o`yin 56 buyumlar, ular bilan harakat qilish haqidagi tasavvurning tartib topishiga yordam bеradi, idrok va diqqatni rivojlantiradi. Syujеtli -rolli o`yinlar mohiyati e'tibori bilan bolaning uchinchi yoshi so`ngida vujudga kеladi. Ularning paydo bo`lishi qator shartlar bilan bog`liqdir, chunonchi atrof-muhitdan olingan rang-barang taassurotlarning mavjudligi buyumli-o`yin harakatlarining to`planishi o`yinchoqlarning mavjud bo`lishi kattalar bilan muomalaning ko`payishi bolalar mustaqilligini rivojlanishi bilan. Chunki davlat va jamiyatning kеlajagi yosh avlodning qanday voyaga yеtishga ko`p jixatdan bog`liqdir. O`z navbatida jamiyat va millatning hamda ma'naviy darajasi bilan bеlgilanadi. Didaktik o’yin bolalarning amaliy faoliyati hisoblanadi, chunki unda bolalar mashg’ulotlarda olgan bilimlaridan foydalanadilar. Shu nuqtai nazardan qaraganda, didaktik o’yin bolalarning aqliy faoliyatlarini kuchaytiradi, olgan bilimlaridan har xil usulda foydalanishlari uchun hayotiy sharoit yaratib beradi. Bunday o’yinlarga kichik bolalar uchun «Rangiga qarab top», «Shakliga qarab top» kabi o’yinlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasalarini zaruriy jihozlar bilan ta’minlash,shu asosida bolani rivojlantiruvchi muhitni ro’yobga chiqarish aksariyat muassasaga byudjet mablag’ini ajratish asosida bosqichma-bosqich hal etiladi. Biroq, masala yangitdan qurish, qayta jihozlash, o’zgartirish, qo’shimcha binolar yoki bloklar qurish ko’zda tutilsa, kapital ta’mirlash hisobiga oldindan adresli reja dasturiga kiritish orqali hal etiladi.

Tavsiyalar


Xulosalar asosida quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdik:

1.Bo‘lajak tarbiyachilar mutaxassislik fanlarini chuqur o‘rganishlari uchun turli tanlovlarni o‘tkazish;


2.Har bir tarbiyachi maktabgacha pedagogika fanining turli usul va vositalarini bilishiga doir krassvordlar tuzish;
3.Tarbiyachi hujjatlari mutaxassislik fanlarida amaliy mashg‘ulotlarda to‘liq
o‘rgatilishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.


1. Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.:”O’zbekiston”, 2017 yil. -488b. 2. Mirziyoyev SH. M. “ Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda davom etamiz” T.O’zbekiston nashriyoti 2016 yil 3. TA’LIM TO‘G‘RISIDA. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV Toshkent sh.,2020-yil 23-sentabr,O‘RQ-637-sonli qarori. 4. Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishida qo'yiladigan davlat talablari. - T./2018. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-maydagi PQ-4312-sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”. 6. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti. Vazirlar Mahkamasining 802-son qarori. 2020-yil 22 dekabr. 7. Maktabgacha pedagogika. F.R.Qodirova, SH.Q.Toshpo’latova, N.M.Kayumova,M.N.A’zamova . Toshkent-2019 8. Maktabgacha pedagogika. SH.Sodiqova. Toshkent- 2013 9. Valixo‘jayeva F.B. Talabalarni maktabgacha ta’lam muassasalarida bolalarga estetik ’narbiya berishga tayyorlash. Ped.fan.nom.... dis. avt. 2005. — 7-b.
10. “Maktabgacha ta’lim” jurnali. 2016 yil 1,3,5.
11. www.tdpu.uz 12. www.pedagog.uz 13. www.Zi


-----------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------


Yüklə 118,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin