32
7-MAVZU.
MEHMONXONA XO„JALIGIDA BOSHQARUV USULLARI
Reja:
1.Mehmonxona xo„jaligida boshqaruv usullaridan foydalanish zarurati
2.Boshqaruv usullarining turlari va ularning ahamiyati
3.Boshqarishning tashkiliy-ma‟muriy, iqtisodiy va ijtimoiy-ruhiy usullar
1.Mehmonxona xo„jaligida boshqaruv usullaridan foydalanish zarurati
Boshqaruv uslubi – muayyan maqsadlarga erishish maqsadida boshqariluvchi
obyektga ta‘sir ko‗rsatish usullari va vositalari majmui. Menejer muayyan vazifani hal
qilayotganida turli uslublar uning ixtiyoriga maqsadlar qo‗yish va ularni amalga oshirish
uchun zarur vaqt va boshqa resurslar sarfini kamaytiruvchi qoidalar, usullar va
yondashuvlar tizimini beradi. Biz ko‗rib chiqayotgan boshqaruv uslublari mehnat
jamoalariga, shu jumladan, alohida xodimlarga nisbatan qo‗llaniladi. Mazkur yondashuv
boshqaruvning boshqariluvchi obyektlarga izchil ta‘sir ko‗rsatishni nazarda tutuvchi
umumiy konsepsiyasi bilan bog‗liq. Mehmonxonalar, birlashmalar va mehnatkashlarning
jamoalari boshqaruvning boshqariluvchi obyektlaridir.
Boshqaruv uslublarining ko‗pligi va ularni tasniflashga nisbatan yondashuvlarning
har xilligi muayyan boshqaruv vazifalarini hal qilishda ularning orasidan ko‗proq samara
beradigan uslublarni tanlab olish vazifasini og‗irlashtiradi. Boshqaruv uslublarining
rang-barangligi ma‘lum mezonlarga ko‗ra tasniflash yordamida ularning butun majmuini
tartibga solishni taqozo etadi. Boshqaruv uslublarini tavsiflashda ularning mo‗ljali,
mazmuni va tashkiliy shaklini ochib berish lozim. Boshqaruv uslublarining mo‗ljali ular
muayyan boshqaruv obyekti (firma, bo‗lim, bo‗linma, kompaniya va h.k.)ga
yo‗naltirilganligini anglatadi. Boshqaruv uslublarining mazmuni deganda obyektga ta‘sir
ko‗rsatish o‗ziga xos usullarining majmui tushuniladi. Boshqaruv uslublarining tashkiliy
shakli – yuzaga kelgan muayyan vaziyatga ta‘sir ko‗rsatish usullari. Ta‘sir to‗g‗ri
(bevosita) yoki egri (bilvosita, ya‘ni vazifani qo‗yish va uni hal qilishga
rag‗batlantiruvchi shart-sharoitlar yaratish) bo‗lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: