100
b) shaxsiy motivatsiya ya‘ni ishchilarda mehnatga ichki undash hissini paydo qilish.
Bu yerda asosiysi ishchi o‗z mehnatidan, faolligidan manfaatdor bo‗lishi unga qiziqishi
va qoniqishi zarur. Bu inson hatti harakati har doim uning motivatsiyasiga bog‗liqligiga
guvohlik beradi. Odam g‗ayrat va shijoat bilan qattiq mehnat qilishi mumkin yoki ishdan
chetlanishi ham mumkin.
Har doim inson xatti harakatining motivlarini izlash lozim. An‘anaviy yondashuv
bo‗yicha xodimlarga samarali ishlashi shart bo‗lgan bir resurs, aktiv sifatida qaralar edi.
Lekin, sanoat inqilobidan so‗ng bizning jamiyatimiz yanada murakkablashdi. Texnika
tarqqiyoti odamlarning mehnatga munosabatini keskin o‗zgartirib yubordi.
Natijada, menejer xodimlar faoliyatini qanday motivlashtirishga har kuni duch
keladi. Ya‘ni, ularning bor kuchini ma‘lum bir ishni bajarishga qanday qilib yo‗naltirish
muhim hisoblanadi. O‗z qilgan mehnatidan qoniqish va mehnati mahsulidan faxrlanish
hissi odamlarda shaxsiy maqsad hissini uyg‗otdi.
Motivatsiya nuqtai nazaridan qaraganda bu - puldan ko‗ra kam ahamiyatga ega
emas. Menejerlarni, odamlarni qanday sharoitlar boshqa birovning topshirig‗ini
bajarishga undashi har doim qiziqtirib kelgan. Bu qiziqish odamlarning shaxsiy erkinligi
oshib borgan sari o‗sib bordi. Odamlar erkin bo‗lgani sari ularni mehnatga nima
undayotganligi va bundan qanday foyda qilishini bilish qiziqtiradi.
Dostları ilə paylaş: