77
o‗rganish orqali biz sifatli xizmat ko‗rsatishni tashkil etishning potensial muammolarini
tushunib etishimiz mumkin.
Bu bizga ishlab chiqarish va xizmatlar ko‗rsatishning har bir bosqichida yuzaga
kelishi mumkin bo‗lgan har qanday muammolarni hal qilishga yordam beradi.
Sifatni boshqarish tizimi. Xizmatlar sifatini boshqarish tizimini 10.6-rasmda
ifodalangan sxemadan ko‗rish mumkin.
Sifatni boshqarish mehmonxona korxonasida xizmatlar tashkil etilishi va
ko‗rsatilishini nazorat qiluvchi boshqarish tizimlari bo‗lishini nazarda tutadi.
Birinchi tizim xodimlarni tanlab olish va ularni o‗qitib-o‗rgatish bilan
shug‗ullanadi. Mehmonxonalar xodimlarni o‗qitib-o‗rgatishga katta mablag‗lar sarflaydi.
Xodimlarning kasbiy layoqati xizmatlar sifatini boshqarishda juda muhim
ahamiyatga ega. Mehmonxona ma‘muriyati xodimlar yuqori sifatli xizmatlar ko‗rsatish
uchun zarur malaka va bilimga ega bo‗lishlari haqida muttasil qayg‗urishi kerak.
Ikkinchi tizim – xodimlarni qo‗llab-quvvatlash va rag‗batlantirish tizimi.
Dostları ilə paylaş: