14-MAVZU.
MEHMONXONA XO„JALIGINI BOSHQARISHDA MENEJER
VA RAHBARLIK USLUBLARI
Reja:
1.Menejer xususiyatlari va toifalari
2.Menejerning vazifalari. Menejer madaniyati
3.Rahbar fazilatlari va uslublari. Rahbar turlari
1.Menejer xususiyatlari va toifalari
―Menejer‖ atamasi juda keng tarqalgan bo‗lib, quyidagilarga nisbatan qo‗llanadi:
ayrim bo‗linmalar yoki dasturiy-maqsadli guruhlarda muayyan ishlar
mehmonxonachisi;
korxona rahbari yoki bo‗linmalar (boshqaruv, bo‗lim, bo‗linma) rahbarlari;
rahbariyatning qo‗l ostidagilarga munosabati bo‗yicha;
zamonaviy usullarga asosan ish faoliyatini tashkil etuvchi istalgan darajadagi
boshqaruv ma‘muri. Menejer bajaruvchi bir nechta rollarni ajratib ko‗rsatish mumkin:
Menejer-boshqaruvchi. U quyidagi xislatlarga ega bo‗lishi lozim:
korxonani boshqarish sohasida umumiy bilimlarga ega bo‗lish;
faoliyat yo‗nalishi bo‗yicha firma mansub bo‗lgan tarmoqdagi ishlab chiqarish
texnologiyalariga oid masalalardan xabardor bo‗lish;
nafaqat ma‘muriyat, balki tadbirkorlik mahoartiga ham ega bo‗lish; bozorda
vaziyatni boshqara olish, tashabbus ko‗rsatish va firma resurslarini eng oqilona tarzda
qayta taqsimlash;
87
quyi pog‗onadagi rahbar va xodimlar bilan kelishuvga kelish va ulardan har
birining ishtirokini taqsimlash asosida vakolatli va asosli qarorlar qabul qilish qobiliyati.
Menedjer-innovator.
Mehnat
mahsuldorligini
eski
asbob-uskunalarni
ta‘mirlayvergandan ko‗ra yangi texnika va texnologiyalarni qo‗llash asosida oshirish
oson. Menedjer-diplomat. Menejerning qobiliyat va mahoratlari oarsida muzokara olib
borish qobiliyati katta ahamiyatga ega. Hozir oliy boshqaruv darajasidagi menejerlar
ko‗p vaqtini muloqot o‗rnatishga sarflamoqda. Menejer har bir rolida etakchi bo‗lishi,
boshqalar uchun namuna bo‗lishi lozim. Uning asosiy vazifasi – vazifalarni jamoa
bo‗lib, ya‘ni qo‗rqitish asosda emas, balki hamkorlik yo‗li bilan hal qilishdir.
Yaxshi menejerni avvalo firmaning quyidagi manfaatlari bezovta qilib, ularni
muvozanatlashga intiladi: guruhlar manfaatlari, boss va boshqa menejerlar manfaatlari;
ishni malakali bajarish va kelgusida ixtisoslik bo‗yicha o‗qish; ishlab chiqarish
manfaatlari va qo‗l ostidagi xodimlarning shaxsiy ehtiyojlari. qanday qilib yetakchiga
aylanish mumkin? Buni biron-bir formula bilan ifodalab berish mumkin emas. Bu
haqiqiy san‘at, mahorat va iqtidordir.
Ba‘zilarga buni tabiat in‘om qilgan bo‗ladi, ba‘zilar esa bunga umuman erisha
olmaydi. Shu bilan bir paytda, hamma o‗ziga yarasha usulga ega bo‗ladi: kimdir – juda
jo‗shqin, o‗ziga tortuvchan, boshqalarni ilhomlantiruvchi bo‗lsa, boshqalar aksincha
o‗zini bosib olgan, kamgap, og‗ir-vazmin harakterli bo‗ladi. Biroq ularning ikkalasi ham
bir xil samaradorlik bilan harakat qilishi, o‗ziga ishonch uyg‗otishi hamda belgilangan
vazifaning o‗z vaqtida va sifatli bajarilishiga erishishi mumkin. Turli stilga ega
yetakchilarga xos bo‗lgan umumiy jihatlar mavjud. Yetakchi o‗z firmasiga sodiq bo‗ladi.
U o‗z firmasining obro‗sini xodimlar ko‗z o‗ngida pasaytirmaydi va xodimlarni firma
rahbariyati oldida yerga urmaydi.
Optimist-yetakchi. Optimist boshqalarni va ularning g‗oyalarini bajonidil eshitadi,
chunki u doimo yaxshi xabarlar kutib yuradi. Pessimist esa yomon xabarlarni kutishi
sababli odamlarni kamroq eshitishga harakat qiladi. Optimist odamlar ko‗p hollarda
yordam berishga tayyor, ijodiy yondashuvchan va yangilikka intiluvchan bo‗ladi deb
o‗ylaydi. Pessimist esa aksincha, odamlarni yalqov, birov bilan ishi yo‗q va ulardan hech
qanday foyda kelmaydi deb hisoblaydi. Ikkala yondashuvdan birinchisining
samaradorligi yuqori.
Yetakchi odamlarni yaxshi ko‗radi. Agar menejerning ishi odamlarni boshqarishdan
iborat bo‗lsa, u odamlarni yaxshi ko‗rmasdan turib bu ishni qanday qilib yaxshi bajarishi
mumkin? Yaxshi yetakchilar o‗z xodimlari haqida g‗amxo‗rlik qiladilar. Ularni boshqa
kishilarning nimalar qilayotganligi qiziqtiradi. Yaxshi yetakchi o‗z kabinetiga berkinib
olmaydi va doimo qo‗l ostidagi xodimlar bilan muloqotda bo‗lshiga tayyor turadi. Eng
yaxshi yetakchilarning odamiylik xislatlari yuqori bo‗lib, ular boshqalarning zaif
tomonlarini yaxshi biladilar va bunga to‗g‗ri munosabatda bo‗ladilar.
Yetakchi – jasur shaxs. U doimo vazifani bajarishning yangi usuli yaxshiroq
bo‗lishi uchun izlanishda bo‗ladi. Biroq u hech qachon buni asoslanmasdan qilmaydi.
Agar u biron kishiga tajriba qilb ko‗rishga ruxsat bersa-yu, muvaffaqiyatsizlikka
uchrasa, bu holda u aybni to‗laligicha xodimga yualkab qo‗ymaydi va uning ishonchini
yo‗qotmaydi. Yetakchining dunyoqarashi keng bo‗ladi. U hech qachon ―Bu mening
ishim emas‖ deb aytmaydi. Agar u kutilmagan holatlar yuz berganda xodimlar guruhi
88
g‗ayrat bilan ishga kirishib ketishini kutsa, ularga zarurat tug‗ilil qolsa har qanday yangi
ishni bajarishga tayyor ekanligini anglatib qo‗yadi. Yetakchi firma faoliyatining barcha
jabhalariga katta qiziqish bildiradi.
Yetakchi qat‘iy va dadil odam. U doim qaror qabul qilishga tayyor turadi. Kerakli
axborotlar bor bo‗lgan hollarda to‗g‗ri qaror qabul qilish uning uchun qiyinchilik
uyg‗otmaydi va ko‗p vaqt talab qilmaydi. Boshlang‗ich ma‘lumotlarning hammasi ham
ma‘lum bo‗lmay turib, qaror qabul qilish zarur bo‗lgan hollar biroz qiyinchilik
tug‗diradi. qarorni qabul qilish va bunda xatoga yo‗l qo‗ymaslikni anglash uchun dadil
va jasur bo‗lish talab qilinadi. Yetakchi xushmuomala va iltifotli kishi. Uning asosiy
tamoyili: ishni bajarayotgan kishini emas, balki ishning o‗zini tanqid qilish kerak. Bir
donishmand aytgan ekanki, har bir tanqidni ikkita maqtov orasiga joylashtirish lozim.
Yetakchi – adolatli shaxs. Adolat – etakchining muhim xislatlaridan biri. Masalan,
agarda xodim qo‗shimcha haq olsa-yu, buning uchun hech qanday ish bajarmasa, bundan
norozi bo‗luvchilar topilishi shubhasiz, adbatta qo‗l ostidagi xodim xatoga yo‗l
qo‗yganda unga buni ko‗rsatish, xato tan olingandan so‗ng, yoddan chiqarib yuborish
kerak.
Yetakchilik o‗zidan-o‗zi paydo bo‗lmaydi. U uzoq mashg‗ulotlar va menejerning
shaxsiy xislatlari o‗zgarishi natijasida vujudga keladi. Boshqaruvchilar orasida
menejerlarning uch guruhini ajratish odat tusiga kirgan, bunda ularning boshqaruv
pog‘onasidagi tutgan o‗rni hisobga olinadi.
Yuqori daraja (executivies) - bu kompaniyaning yuqori lavozimli kishilar guruhi,
bunga direktorlar guruhining raisi, prezident, vitse-prezidentlar, korporatsiyaning asosiy
bo‗linmalari yoki asosiy vazifalari uchun bevosita javobgar bo‗lgan boshqa shaxslar
kiradi. Ular boshqaruv apparatining unchalik katta bo‗lmagan imtiyozli kismini (5-7%)
tashkil etadi. Kadrlar siyosati masalalarida: ish kuchini yollash, tanlash, xaq to‗lash,
rag‘batlantirish, mehnat sharoitini tanlash va ish kuchidan foydalanishni tashkil etish,
shu jumladan, mutaxassislar va oddiy boshqaruvchilarni tanlashda menejmentning
yuqori tabakasi erkin harakat qiladi.
O‗rta daraja - bu zavodlar, bo‗limlar yoki ularga o‗xshash mustaqil bo‗linmalar
ishiga ayrim loyihalar va programmalarga javobgar bo‗lgan mansabdor kishilar guruhi
kiradi. Boshqaruvning o‗rta darajasidagi muntazam rahbarlar kompaniyaning yuqorida
ishlab chiqilgan kadrlar siyosatini hayotga tatbik etishni ta‘minlaydilar. Ular tashkiliy
pog‘onaning oraliq bosqichini egallab, AQSH sanoatidagi boshqaruv apparatining asosiy
qismini, Amerika boshqaruv assotsiatsiyasi (ABA)ning bahosiga ko‗ra, 65-70% ni
tashkil etadi.
Quyi daraja (Supervisors) - bular ko‗proq boshqaruv vazifalarini bajaradigan, lekin
qo‗l ostida boshqa boshqaruvchilar bo‗lmagan xodimlardir. Ularga idoralar va ishlab
chiqarish uchastkalaridagi masterlar, boshliqlar, ish boshqaruvchilar va hokazolar kiradi.
Amerika boshqaruv assotsiatsiyasining bahosiga ko‗ra, ular Amerika sanoatidagi barcha
boshqaruvchi xodimlarning uchdan bir qismini tashkil etadi. Aslida bugungi kunda quyi
bo‗in boshqaruvning boshqa eshelonlaridan yuqori maqom to‘siqlari bilan ajratib
qo‗yilgan. Quyi daraja boshqaruvchilarining ko‗pchiligi ishchilardan yoki maktab va
kollej bitiruvchilaridan tanlanadi, yuqori ma‘lumotga ega bo‗lmaydi, aholining kam
ta‘min etilgan qatlamlaridan chiqqan bo‗ladi. Lekin, boshqaruvning o‗rta bo‗inida
89
bo‗lgani kabi quyi bo‗g‘inda ham rahbarlarni to‗ldirish yuqori ma‘lumotlilar hisobiga,
odatda, ―o‗rta sinf‖ning yuqori tabaqalaridan yoki kapitalistlar oilalaridan chiqqanlar
hisobiga amalga oshirilmoqda. Yirik kompaniyalarda boshqaruvning quyi darajasi
rahbarlarining maoshi yuqori bo‗g‘in boshqaruvchilariga nisbatan 5-25 baravar kamdir.
Ierarxiyaning quyi qismida odamlar bevosita ish bilan band bo‗ladilar. Unga
mehmonxona ishlab chiqarish xodimlari kiradi. Ular individual qatnashuvchilar
hisoblanadi. Ulardan menejerlarning ko‗p qavatli piramidasi paydo bo‗ladi. Ular uch
darajadan iborat:
1. Menejerlar faqat alohida xizmatchilarni boshqaradilar, ular boshqa menejerlar
faoliyatini nazorat qilmaydilar.
2. Menejerlar boshqa menejerlar faoliyatini boshqaradilar – reja tuzish, o‗ta zarur
vazifalar yechim usullarini izlaydi.
3. Oliy zveno menejerlari, global vazifalarni hal qilish, mehmonxonalarning ichki
boyliklari va rivojlanish strategiyasini tashkil qilish masalalariga javobgardir.
Dostları ilə paylaş: |