83
ma‘lumotlarni kiritish, saqlash va zarur holda tez qidirib topishga yordam beradi.
Muayyan sanada tashrif buyurgan mehmonlar ro‗yxatini kompyuter
xotirasidan topish
hech qanday muammo tug‗dirmaydi. Rezervlash stoli fayllari avtomatlashtirilgan
axborot tizimining muhim tarkibiy qismi bo‗lib, ular ushbu ish uchun mas‘ul bo‗lgan
ma‘mur (administrator) yordamchisiga bronlashtirilmagan nomerlar miqdori va ularning
tafsilotlari: xonalari soni, derazadan ochiladigan manzara, narxi haqida axborot olish
imkonini beradi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi mehmonxona
faoliyatiga joriy
etilgunga qadar rezervlash bilan shug‗ullanuvchi xodim bunday axborotni yig‗ishi va
undan foydalanishi ancha og‗ir ish bo‗lib, juda ko‗p vaqtni olar edi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi kompyuter dasturlari to‗plamidan iborat bo‗lib,
ular yordamida boshqarish ofislari va yordamchi bo‗limlar ishi uchun dolzarb
ahamiyatga ega bo‗lgan axborotni yig‗ish va undan foydalanish mumkin. Bu to‗plam
tarkibida to‗rt dastur ayniqsa muhimdir, chunki ular ma‘murlarni quyidagi yo‗nalishlar
bo‗yicha kerakli axborot bilan ta‘minlaydi:
rezervlash xizmatini boshqarish;
mehmonlarga xizmat ko‗rsatishni boshqarish;
mehmonlar bilan hisob-kitob qilishni boshqarish;
mehmonxonani boshqarishning umumiy masalalari.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimining rezervlash xizmati faoliyatini ta‘minlovchi
tarkibiy qismi mazkur xizmat xodimlariga rezervlashga so‗rovlarni tez olish,
rasmiylashtirilgan bronlarga tasdiqlar olish va mehmonxona nomerlari mijozlar bilan qay
darajada to‗liqligi haqida doim aniq tasavvurga ega bo‗lish imkonini beradi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimida bevosita ofisda va telefon orqali rezervlash
markazlashtirilgan tizimi orqali amalga oshirilgan bronlash
haqidagi barcha axborot
jamlanadi. Mehmonxona korporatsiyalarining aksariyati mazkur tizimda o‗z raqamlariga
ega bo‗lib, ularning yordamida mijozlar oldindan buyurtma qilish uchun mamlakatning
istalgan nuqtasidan, ba‘zan hatto chet eldan (bepul) sim qoqishlari mumkin. Transport
agentliklari ham ushbu markazlashtirilgan tizimga kompyuter tarmog‗i orqali to‗g‗ridan-
to‗g‗ri kirish imkoniyatiga ega. Avtomatlashtirilgan axborot tizimidan surunkali
foydalanuvchi mehmonxonaning yuzdan ortiq xizmatchilari
istalgan vaqtda quyidagi
yo‗nalishlar bo‗yicha axborot olishlari mumkin:
rezervlash;
bosh ma‘mur ofisi;
jamoaviy tashriflarni rasimylashtirish;
doimiy mijozlar haqida ma‘lumotlar;
hisobotlar matn muharriri;
transport agentliklarining xizmatlari uchun schyotlar;
turlarni rasmiylashtirish;
ma‘muriy-xo‗jalik masalalari;
foiz daromadlarini boshqarish;
kompleks dasturlar tuzish;
ulgurji savdo;
kompyuter bo‗yicha hisob-kitoblar uchun interfeys;
kinofilmlar namoyishini buyurtma qilish uchun interfeys;
84
savdo nuqtalari uchun interfeys;
ekologik nazorat;
markazlashtirilgan rezervlash;
shahar grossbuxi; kreditorlik qarzlari;
kondominium egalarining schyotlari; uyushmalarni boshqarish;
nomerlarni uzoq muddatga berganlik uchun ijara haqi; taymsherlar uchun ijara
haqi.
O‗rta va katta mehmonxonalarda ma‘murning ish joyi schyotlar va xaridlarni
nazorat qilish va rasmiylashtirish uchun mini-kompyuter bilan jihozlanadi.
Mehmonxonada odatda monitorlar bilan jihozlangan yana bir nechta xizmatlar: savdo
nuqtalari, ta‘minot xizmati, konferens zal va boshqa xizmatlar ham faoliyat ko‗rsatadi.
Kichiq mehmonxonalar so‗rovlarni rasmiylashtirish uchun
mini-kompyuterdan alohida
foydalanishi yoki uni mahalliy tarmoqqa ulashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: