O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/85
tarix02.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#171115
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   85
Mehmonxona xo\'jaligi-1

 
17-MAVZU.
MEHMONXONA BO„LIMLARI VA ULARNING 
FAOLIYATINI TASHKIL ETISH 
Reja: 
1.Mehmonxona bo„limlari tarkibi 
2.Mehmonxona bo„limlarining funksional vazifalari 
3.Mehmonxona bo„limlarida boshqaruvni tashkil etish zarurati va 
jarayonlari 
 
1.Mehmonxona bo„limlari tarkibi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
MEHMONXONA XIZMATI VA BO‘LIMLARI 
-Mehmonxona menejeri 
-Qabul qilish bo‘limi 
-Belboylar xizmati bo‗limi 
-Qavatlar xizmati bo‗limi 
-Taom va ichimliklar bo‗limi 
-Oshxona 
-Oziq-ovqatlar va idish-tavoqlar omborxonasi
tamaddi qilish zallari
barlar
taom va ichimliklar bo‗limi xizmatchilari 
-Xavfsizlik xizmati bo‗limi 
-Umumiy ovqatlanish bo'limi 
2.Mehmonxona bo„limlarining funksional vazifalari 
Mehmonxona menejeri. Mehmonxona menejeri mehmonxona boshlig‗i 
hisoblanadi. Uni bosh menejer yoki boshqaruvchi direktor deb ham atash mumkinU 
Mehmonxon

aksioner 
(owner) 
Mexmonxona
prezidenti 
Bosh menejer 



104 
alohida bir mehmonxonani boshqarishi yoki bir necha mehmonxonada ishlashi 
mumkin. Kichik mehmonxonalarda menejer mehmonxona egasi bo‗lishi mumkin . U 
mehmonlarning muammolari va shikoyatlarini hal qilishda yordam berishi kerak. 
Mehmonxonalar boshqaruvining turli o‗rinlari bo‗lishi mumkin: menejer 
yordamchisi, mehmonxonada yashovchi menejer va tungi menejer. 
Menejer yordamchisi menejer joyida yo‗qligida mehmonxonani boshqarishda 
menejerga yordam beradi. 
Mehmonxonada 
yashovchi 
menejer 
ham 
mehmonxonani boshqaradi, ham o‗sha yerda yashab, faoliyat yuritadigan shaxs 
hisoblanadi.Tungi menejer faqat tungi navbatchilik uchun javobgar. 
Qabul qilish bo‘limi. Buyurtma qabul qilish bo‗limi telefon orqali xonalarni 
band qilish bilan shug‗ullanadi. Qabul qilish peshtaxtasi xonalarni sotish, 
mehmonlarni ro‗yxatdan o‗tkazish, kalitlar xizmati, xat-xabarlar xizmati va 
mehmonlar hisob-kitobi bilan shug‗ullanadi. 
Belboylar xizmati bo‗limi. Mehmon ro‗yxatdan o‗tib bo‗lgandan so‗ng, uni 
xonaga kuzatib qo‗yishlarini xohlaydi. Shu bilan birga, ular yuklarini tashib 
berishlarini ham kutadilar. Ko‗pincha mehmonlar ularning ba‘zi topshiriqlarini 
bajarishlarini xohlaydilar. Bu xizmatlarning barini belboylar xizmati bo‗limi 
ko‗rsatadi.
Belboylar xizmati bo‗limini shu bo‗lim boshqaruvchisi boshqaradi. U qabul 
qilish bo‗limidan keyingi peshtaxta oldida turadi. U belboylarni boshqaradi. Xonalar 
bo‗yicha xizmatchi xona raqami va kalitini bellboyga beradi. U mehmonni uning 
xonasiga kuzatib qo‗yadi. Belboy mehmonni avval lift va so‗ngra qavatga kuzatib 
qo‗yadi. U yerda bellboy mehmonga xonasini ko‗rsatadi. Avval u chiroqni qayerdan 
yoqilishini ko‗rsatib berishi kerak.
Qavatlar xizmati bo‗limi. Mehmon mehmonxonada yashaganda, uning xonasini 
kimdir tozalab berishini xohlaydi. Oqsochlar va qavatlar xizmati bo‗limi bu vazifani 
bajaradi. Qavatlar va oqsochlar xizmati bo‗limini shu bo‗lim boshqaruvchisi 
boshqaradi. Oqsochlar mehmon kelishidan oldin xonalarni tayyorlab qo‗yadilar. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin