105
Oziq-ovqatlar va idish-tavoqlar omborxonasi
tamaddi qilish zallari
barlar
Taom va ichimliklar bo‗limi xizmatchilari. Taom va ichimliklar bo‗limi
boshlig‗i shu bo‗lim menejeri hisoblanadi. Oshxona nazoratchisi
- bu bosh oshpaz
hisoblanadi. U mutaxassis bosh oshpazlar, oshpazlar va oshxona yordamchilariga
mas‘ul. Oshpazlar asosan taom tayyorlash bilan shug‗ullanadilar. Bosh oshpazlar
ularni nazorat qiladilar
Ofitsiantlar mijozlarga taom tortadilar. Ular buyurtmani qabul qiladilar va
taomlarni stolga olib keladilarIdish-tovoq yig‗uvchi
stollarni tozalaydi, suvlarni
quyib beradi va shirin kulchalar olib keladi. Barmen bar oldida mijozlarga spirtli
ichimliklarni aralashtish va quyib berish bilan shug‗ullanadi.
Oshxona yordamchilari, sabzavotlarni yuvadilar, archadilar va to‗g‗raydilar,
go‗shtlarni yuvib, to‗g‗raydilar. Taom va ichimliklar bo‗limida idish-tovoqlar bo‗limi
bor.
U yerda idish-tovoqlar, chinni va shisha idishlar, stol oqlari, taomlarni isitish
vositalari bor. Omborxona boshlig‗i idish-tovoqlar bo‗limi uchun mas‘ul.
Shuningdek, bo‗limlarga taom va ichimliklarni tarqatish ham uning vazifasiga kiradi.
Vino bilan ta‘minlovchi xizmachi mijozlar menyudan taom tanlaganlaridan so‗ng,
vinolar taklif etadi va tortadi.
Xavfsizlik xizmati bo‗limi. Mehmon mehmonxonada yashaganda,
kimdir uni
himoya qilishini kutadi. Mehmonxona havfsizlik xizmati bo‗limi mehmonlarni
o‗g‗rilik, qo‗poruvchilik, yong‗in yoki suv toshqinidan himoya qilishlari kerak. Bu
bo‗limni havfsizlik xizmati boshlig‗i boshqaradi. Mehmonlar o‗z qimmatbaho
buyumlarini individual seyflarda saqlashlari mumkin. Xavfsizlik bo‗limi xizmati shu
narsalar uchun javobgar
Umumiy ovqatlanish bo'limi. Umumiy ovqatlanish bo‗limi boshlig‗i shu bo‗lim
menejeri hisoblanadi. Umumiy ovqatlanish xizmati taom va ichimliklar xizmatidan
alohida faoliyat yuritadi. U turli xil vazifalarni bajaradi.
Umumiy ovqatlanish
mehmonxonachisi restorandan turli xizmatlar ko‗rsatadi. Restoran kichik guruh
mehmonlarga xizmat ko‗rsatadi. Mehmonxonachi kechalar, banketlar, katta
miqdordagi taomlar bilan ta‘minlaydi. U katta miqdordagi taom va ichimliklar bilan
ta‘minlash bilan shug‗ullanadi.
Banket xizmati. Banket - bu bir guruh mehmonlar uchun o‗tkaziladigan rasmiy
tushlik hisoblanadi. Mehmonxona va restoranlar shu kabi xizmatlarni taklif etadilar
va o‗tkazadilar. Ko‗pgina restoranlar banketlar o‗tkazish uchun barcha qulayliklarga
ega. Ular banketlar uchun mo‗ljallangan maxsus
zallarda jamoa va shaxsiy
kechalarni o‗tkazib beradilar.
Dostları ilə paylaş: