69
Xizmatlar tavsifi tegishli xizmatlar turiga to‗lgan davlat
standarti talablaridan
past bo‗lmasligi lozim. Loyihaga xizmatlar xavfsizligini ta‘minlash bo‗yicha, xizmatlar
iste‘molchilari va ularning mulklari, xizmat ko‗rsatuvchi personallar, atrof-muhit uchun
xavfli minimallashtirish bo‗yicha aniq talablarni qo‗shish kerak.
Turistlarga istalgan xizmat ko‗rsatish turiga bo‗lgan talablarni aks ettiradigan
hujjatlarda quyidagilar bo‗lishi lozim:
turistlarga xizmat ko‗rsatish usullari, shakllari va jarayonlarning tasvirlanishi;
turistlarga xizmat ko‗rsatish
jarayonlari tavsifnomalari;
foydalaniladigan jihoz (uskuna)larning qabul qilish qobiliyati va miqdori,
turga talablar;
personallarning zarur miqdori va ularning professional tayyorgarlik darajasi;
xizmat ko‗rsatishning shartnoma ta‘minoti;
turistlarga xizmat ko‗rsatish kafolatlari;
rekreatsion
resurslar egalari, sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari.
Yong‗in xavfsizligi nazorati va boshqa tashkilotlar bilan kelishilganlik.
Turistlarga xizmat ko‗rsatishning aniq talablari amaldagi me‘yoriy
hujjatlardagidan past bo‗lmasligi lozim.
Turistlarga xizmat ko‗rsatish jarayonlarini loyihalashtirish xizmatlar
ko‗rsatilishining alohida bosqichlari bo‗yicha amalga oshiriladi va ularning bir-biriga
texnologik kartalar tuziladi. Turistik xizmatlarni loyihalashtirish natijasi texnologik
hujjatlar (texnologik haritalar,
instruksiyalar, qoidalar, reglament va h.k.) hisoblanadi.
«Turistik sayohat» xizmatini loyihalashtirish ikki bosqichni ko‗zda tutadi:
1)"turistik sayohat" xizmatiga kiradigan har bir xizmatni turistlarga xizmat
ko‗rsatish dasturiga muvofiq ravishda loyihalashtirish.
2) "turistik sayohat" xizmatini bir butun holda loyihalashtirish. Turist talabiga
binoan
xizmatlarni
loyihalashtirishda
xizmatlarni
bajaruvchi-korxona
imkoniyatlarini hisobga olish lozim.
"Turistik sayohat" xizmatining qisqacha ta‘rifi aholining talablari va to‗lov
qobiliyatini, turistik sayohatlarga bo‗lgan talabini,
shuningdek, ma‘lum regionnning
rekreatsion resurslari imkoniyatlarini o‗rganish asosida tuziladi. U turistlarga xizmat
ko‗rsatish dasturi loyihasida yanada aniqlashtiriladi.
Xizmat ko‗rsatish dasturini ishlab chiqishda quyidagilar aniqlanadi:
sayohat yo‗nalishi;
xizmatlarni bajaruvchi turistik korxonalar ro‗yxati;
har bir xizmatlarni bajaruvchi korxonaning xizmatlar ko‗rsatish davri;
ekskursiyalar va diqqatga sazovor ob‘ektlar tarkibi;
turistik safarlar, sayrlar ro‗yxati;
hordiq chiqarish tadbirlari kompleksi;
yo‗nalishning har bir punktida bo‗lish
davomiyligi;
sayohatga chiqadigan turistlar soni;
ichki tashuvlar uchun transport turlari;
gidlar, ekskursovodlar, xorijiy vakillar, instruktorlar,
tarjimonlar va
boshqalarga, shuningdek, ularni tayyorlashga bo‗lgan ehtiyoj;
transport vositalarining zarur soni;
turistik yo‗llanmalarning ma‘lumot varaqalari uchun sayohatni tasvirlash
shakli, reklama va ma‘lumot materiallarini tayyorlash tartibi, ularning soni va
h.k.
70
Turizmni loyihalashtirish natijasida quyidagilar to‗g‗ri tarkib topishi lozim:
a)turistik sayohatlarning texnologik haritalari ( 1-ilova);
b) xizmatlar yetkazib beruvchi korxona bandligi grafikasi (2-ilova);
v) turistik yo‗llanmadagi ma‘lumot varaqasi (4-ilova);
g) turistlarga xizmat ko‗rsatish dasturlari.
Turistik xizmatlarga umumiy talablar "Turistik-ekskursion xizmai ko‗rsatish.
Turistik xizmatlar. Umumiy talablar" 28681.2-95-GOST ida keltirilgan bo‗lib, majburiy
va tavsiya qilinadigan talablarga bo‗linadi.
Majburiy talablar - turistlar hayoti
va salomatligining xavfsizligi, ular
mulklarining saqlanishi va atrof-muhitning himoya qilinishidir.
Tavsiya qilinadigan – belgilanishiga muvofiqligi, bajarilishining aniq va o‗z
vaqtida bo‗lishi, komplekslilik, xizmat ko‗rsatuvchi personallarning axloqliligi, qulaylik,
estetiklik, ergonomikligidir.
Ko‗rsatiladigan turistik xizmatlar iste‘molchilar uchun qo‗shimcha qulayliklar,
qiziqarlilik va xizmatlar nufuzliligini nazarda tutadigan talablarga mos kelishi lozim.
GOSTda bu talabiar tavsiya qilinadigan qilib belgilanganiga qaramay, haqiqatda ular
bajarishga majburiy hisoblanadilar.
Quyida bu talablarga izoh keltirib o‗tilgan.
Dostları ilə paylaş: