71
Nazorat qilish usullari: vizual (yo‗nalish va ob‘ektlarni ko‗rib chiqish); analitik
(hujjatlarni tahlil qilish); ijtimoiy (turistlar va personallar orasida so‗rovlar o‗tkazish) va
boshqalar bo‗lishi mumkin.
Xizmatlarni loyihalashtirishning oxirgi bosqichi loyihadagi nomutanosibliklarni
aniqlash va o‗z vaqtida oldini olishga qaratilgan tahlil hisoblanadi.
U turistik
korxonaning tegishli funksional bo‗linmalari vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
Turistik xizmatlar va turistlarga xizmat ko‗rsatish jarayonlarini loyihalashtirish
hujjatlarini turistik korxona rahbari buyurtmachi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi.
Loyihani o‗zgartirishga faqatgina buyurtmachi bilan kelishilgan holda,
asosli
holatlardagina yo‗l qo‗yiladi va turistik korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: