120
foizdan oshmasligi lozim. Tahririyat ma‘lumot, tahririyat va mualliflik materiallari
ko‗rinishda joylashtirilgan reklama uchun haq olish huquqiga ega emas".
4.O‗zbekiston Respublikasining "Mahsulotlar va xizmatlar sertifikatsiyasi
to‗g‗risida"gi Qonunida majburiy sertifikatsiyadan o‗tishi lozim bo‗lgan, ammo
muvofiqlik sertifikatiga ega bo‗lmagan mahsulotlarni reklama qilish ta‘qiqlanadi.
Turoperator turlar sotish bilan bog‗liq kataloglar, reklama varaqalari va
e‘lonlardagi ma‘lumotlarning to‗g‗riligi uchun javobgar hisoblanadi.
Turmahsulot reklamasining murakkabligi shundaki,
u bir vaqtning o‗zida qator
turli xil jihatlarni aks ettirishi lozim:
talabning bozor segmentlari bo‗yicha takliflarning turli-tumanligi (masalan, yosh
bolalardan boshlab, o‗rta sinf vakillariga qadar va VIP-turistlar uchun);
sayohat va safarlar joylarining farqlari (masalan, an‘anaviy yo‗nalishlar -
Turkiya, Kipr, Italiya, Ispaniya, Marokko, Bali, Keniya va hokazo kabi yangi
yo‗nalishlar);
turizmning turli ko‗rinishlari (sport, tarixiy, sog‗lomlashtirish va boshqalar).
Ko‗pincha, bir reklama axborotida mahsulotni harakatlantiruvchi har uchala
tashkil qiluvchini ham hisobga olish talab qilinadi (yo‗nalish, safarlar ko‗rinishlari va
iste‘molchilar kategoriyalari bo‗yicha ajratilgan takliflar).
Bunda reklamaning quyidagi asosiy prinsiplarini hisobga olish zarur:
reklama qisqa bo‗lishi lozim, aks holda u oxirigacha qabul qilinmaydi;
reklama mijozlarga tushunarli bo‗lishi kerak, chunki ongli qabul qilingan
narsalar odatda xotirada ko‗proq saqlanib qoladi;
axborotning boshidagi va oxiridagi xabarlar axborotning o‗rtasida keltiriladigan
ma‘lumotlarga qaraganda yaxshi esda qoladi. Reklama axboroti maketi va
matnini tuzishda asosiy ma‘lumot bilan boshlab, u bilan tugatish uchun uni
oldindan ajratib olish lozim;
ma‘lumotlar odatiy tushunchalarga, ishonchlar, fikrlarga zid bo‗lmasa, yengil
qabul qilinadi va yaxshi eslab qolinadi;
jamiyat hayotining asosiy tendensiyalari ruhiyatini ham hisobga olish zarur.
Buning uchun aholi ichida ijtimoiy so‗rovlar, ya‘ni marketing tadqiqotlarini
o‗tkazish kerak. Faqat shu orqali mijozlarga nima yoqishini bilib olish mumkin.
Turistik firmadagi reklama bo‘yicha taktik qarorlar
o‗z ichiga 3 blok savollarni
oladi:
reklama vositalari yoki reklama tashuvchilarni tanlash;
reklama e‘lonlariga to‗lovlar va harajatlarni nazorat qilish;
reklama murojaatnomalarining chiqish grafigi.
Dostları ilə paylaş: