Turistik avtofurgonlar uzunligi odatda 6 metr, eni esa 2,20 metrdan oshmaydi.
Uning og‗irligi 500 dan 1000 kg. gacha keladi. To‗g‗ri, juda katta va og‗irlikka ega
bo‗lgan boshqa namunalari ham mavjud. Shinamligi jihatidan bu turar joylar zamonaviy
dala hovli-dachalaridan qolishmaydi. Ularda uxlash xonasi, oshxona, gaz plitasi,
sovutgich hojatxona va dush bor. Joylashtirish vositalarining dachalardan afzalligi
shundaki, ularda sayohat qilish mumkin. Ular erkin harakatlanishga imkon beradi.
Turistlarni jadvalga qarab jamoat transporti kelishini kutishlariga hojat qoldirmaydi.
Infrastruktura yaxshi rivojlangan mamlakatlarga ham bemalol boradi. Turistlar liq to‗la
va qimmat otellardan joy
qidirmaydi, shuningdek
yirik xalqaro tadbirlar
o‗tkazilayotganda (butun jahon ko‗rgazmasi, Olimpiya uyinlari kabilarda) turarjoy
muammosini hal etadi.
Joylashish vositalarining keyingi boshqa kollektiv guruhlarini turistik
yotoqxonalar, yoshlar mehmonxonalari, maktab va talabalar yotoqxonalari, qariyalar dam
olish uylari va shularga o‗xshash ijtimoiy ahamiyatga ega binolar tashkil qiladi.
Turistlarni joylashtirishning individual vositalari. Individual joylashish uchun
imkoniyatlar juda keng. Sayyoh o‗zining shahardan tashqaridagi shaxsiy uyida tuxtashi
mumkin. Agentlik yoki xususiy shaxsdan ijaraga to‗liq jihozlangan (uy, xona, kottej)
turarjoy olishi yoki tanish bilish va qarindoshlarnikiga bepul joylashishi mumkin.
Ijaraga beriladigan xona va binolar boshqa mehmonxonavozlik ob‘ektlariga
o‗xshashlik klassifikatsiyasiga kiradi. Fransiyada mebelli kvartiralarga qo‗yiladigan
talablar to‗liq ruyxati ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. Ularning maydoni hajmi, shifti
balandligi, krovatlar enliligi (besh yulduzli kategoriya)ga qarab bir yulduzdan besh
yulduzgacha ma‘lum kategoriya beriladi. Bunda shuningdek gaz plitada konforkalar soni,
muzlatgich (xolodilnik) sig‗imi, hisob tizimi, telefon borligi, balkon hajmi, lift xizmati,
avtomobilni saqlash maydonchasi mavjudligi ham hisobga olinadi. Hordiq olishdan
tashqari mijoz xohishiga qarab, ayrim qo‗shimcha xizmatlar – xonani yig‗ishtirish
choyshab almashtirish, ovqatlantirish xizmatlari ko‗rsatiladi.