48
madaniyati, oshxonasi va taklif etadigan taomlari, o‗rinlar soni, ish rejimi, mijozlarga
xizmat ko‗rsatish shakllari bilan klassifikatsiyalanadi.
Turizmda ovqatlantirish korxonalar klassifikatsiyasi va ularga qo„yiladigan
talablar.
Turistik xizmat ko‗rsatish texnologiyasida
asosiy xizmatlardan biri bu
ovqatlantirish hisoblanadi. Ovqatlantirish turizm industriyasi o‗z ichiga quyidagi
ovqatlantirish korxonalari turlarini oladi:
1. Restoranlar.
2. Kafe.
3. Barlar (gril barlari, pivo barlari, foto barlari, kokteyl barlari va boshqalar).
4. Oshxonalar.
5. Oshxona – fabrikalar.
6. Tayyorlov fabrikalari.
7. Bufetlar.
8. Oziq-ovqat va qandolat magazinlari.
Bunday korxonalar turistik firmalarning o‗zida bo‗lishi yoki ijaraga olinishi
mumkin. Ularning ko‗pchiligi mehmonxonalar tarkibiga kirgan bo‗ladi, kamdan kam
hollarda mustaqil faoliyat yuritadilar.
Korxonalar xizmat ko‗rsatish shakliga ko‗ra ofitsiantlar xizmat ko‗rsatadigan
va o‗z-o‗ziga xizmat ko‗rsatadigan ko‗rinishga ega bo‗ladi.
Turistlar ovqatlanishi rejimi bo‗yicha to‗liq
pansion va yarim pansionga;
maxsus ovqatlantirishga;
bolalarni ovqatlantirish va boshqalarga bo‗linadi.
Qator
mehmonxonalar nomerlarida
oshxonalar,
mini
barlar mavjud.
Ovqatlantirish xizmati ham nomerda, ham ovqatlantirish korxonalarida ko‗rsatilishi
mumkin. Turistlarni ovqatlantirish turlari bo‗yicha bu xizmat:
kompleks ovqatlantirishga;
tanlash asosida ovqatlantirishga, avvaldan buyurtma orqali ovqatlantirish, shu
jumladan,
bayramlar, qabullar, yubileylar, banketlarga xizmat ko‗rsatish
kabilarga bo‗linadi.
Bundan tashqari, ovqatlantirish korxonalari milliy, yevropa, koreys, xitoy, gruzin
va boshqa oshxonalarga bo‗linishi mumkin. Korxonalar yana joylar soni, ish tartibiga
qarab ham ajratiladi.
Texnik jihozlanishi, ko‗rsatiladigan xizmatlar sifati va hajmi, joyning arxitektura-
badiiy
jihatdan bezatilishi, narxlar, joylashgan joyi, avtomatlashtirilganlik darajasi va
korxonaning boshqa ko‗rsatkichlariga ko‗ra ovqatlantirish turizmi industriyasi
korxonalari kategoriyalariga ajratiladi. Kategoriya - ovqatlantirish korxonasining xizmat
ko‗rsatish darajasini belgilovchi farqli belgi hisoblanadi. Kategoriya * (yulduz) belgisi
bilan belgilanadi. Yuqori kategoriya - 5 yulduzli past kategoriyaligi esa bir yulduzli
hisoblanadi.
O‗rnatilgan talablar javob bermagan sertifikatsiyadan o‗tmagan
korxonalar eski
kategoriyada qoladilar. Kategoriya berish O‗zbekiston Respublikasining sertifikatsiyalash
organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Agar biz ovqatlanish sektorida uning ishi turistik madaniy xordiq olishni tashkil
etilishiga qaratilganini e‘tibordan qochirsak, tasavvurimiz uncha to‗liq bo‗lmaydi.
Ovqatlanish korxonasi mijozlarni normal hayoti uchun nafaqat zarur kaloriyali taomlar
bilan ta‘minlaydi, balki ko‗ngil ochish va yorqin unitilmas taassurotlar olish imkonini
ham beradi.
49
Ko‗pchilik sayyohatchilar turli mamlakatlar milliy
taomlari bilan tanishish
maqsadida maxsus gostronomik va ichimlik safarlariga otlanadilar. Bunday safarlar
chog‗ida ular mahalliy urf-odatlar bilan tanishishadi. Ko‗p hollarda folklor bayramlari
ishtirokchisiga aylanadilar. Germaniya va Chexiyada bo‗lganda, masalan, pivo
muassasalariga kirilmasdan qolmaydi. Ispaniyada bo‗lishni esa «passov a tapeo» siz,
ya‘ni barlar bo‗ylab sayr vino va pivoga qo‗shib beriladigan gazaklarni tatib ko‗rishni
tasavvur qilib bo‗lmaydi. Turistlarda etnografik restoranlar va kafelar katta qiziqish
uyg‗otadi. Ulardagi milliy ichki joziba, orastalik,
ofitsiantlar kiyimi, orkestr repertuari,
taklif qilinadigan taomlar va ichimliklar hech kimni korxonalari befarq qoldirmaydi.
Milliylikdan tashqari, ovqatlanish korxonalari boshqa har xil ko‗rinishda bo‗lishi ham
mumkin: bank o‗ziga xos xizmatlaridan tortib, shamol tegirmonlarigacha. Tanlash
markaziy mavzusi zallarni jihozlanishi, mijozlarga xizmat ko‗rsatish
marketing
tadqiqotlari va san‘at uyg‗unligini qamrab oladi. Bozor vaziyatini bilish va raqobat
sharoiti mavzu istiqbollarini begilash imkonini beradi. Bunda restoranlarning tajribali
menejerlari ko‗pincha o‗z funksiyalariga tayanadilar.
Mavzular tanlash hamisha ma‘lum qaltisliklar bilan kechadi. Muvaffaqiyatsizlikka
uchralganda uni almashtirishga to‗g‗ri keladi. Bunday vaziyatlarda odatda restoranlar
lavhasini yoki taomnomasinigina yangilash bilan cheklanishmaydi. Ular binoni to‗liq
rekonstruksiya qiladilar. Yangi xodimlar yollaydilar, taomnoma tuzadilar va oshxona
jihozlari buyuradilar. Tanlangan mavzuga doir tegishli ko‗ngil ochar dasturlar o‗ylab
topadilar. Odatda bunday qayta qurish ishlari qimmatga tushadi. Shuning uchun ungacha
moliyaviy reja ishlab chiqiladi va qarorlar qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: