52
kosmik apparatlar.
Dengiz va daryo suvlari orqali tashish transportlari
:
Sol va qayiqlar
Yelkanli kemalar
Kichik mexanik kuchga ega flot qayiqlari
Dengiz va daryo kemalari
Havo bolishli kemalar
Suv osti kemalar
Tashishning barcha xillari va turlari ishlatilishi va texnik vositalarining
foydalanishiga karab ko‗plab kurinishlarga ega bo‗ladi.
Havo transportida sayyohlarni tashish.
Aviatashuvlar boshqa transport
vositalari bilan xizmat ko‗rsatishga nisbatan bir qancha o‗ziga xos xususi yatlarga
ega. Bu, eng avvalo, ob-havo sharoitiga bog‗liqligi hamda samolyotlarning uchish va
qo‗nish joylaridagi landshaft bilan bog‗liq. Bundan tashqari, harakatlanadigan
tarkibdan foydalanish shart-sharoitlari aeroportlarni aholi yashaydigan joylardan
tashqariga chiqarishga majbur qiladi va yo‗lovchilar bevosita uchishga tayyorgarlik
ko‗rishi uchun ancha ko‗p vaqtni taqozo etadi. Shunga qaramay, aviatashuvlar
o‗zining asosiy ustunligi — manzilga juda tez eltib qo‗yishi bilan yer usti va suv
transporti bilan jiddiy raqobatlashadi.
Aviatashuvlar yo‗lovchilar va bagajni tashishning o‗ziga xos turi bo‗lib, aviatsiya
korxonalari tomonidan havo kemalarida belgilangan haq evaziga, shuningdek
tashuvchining yer usti transportlarida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: