54
Tashuv muntazam yoki charter ekanligidan qat‘i nazar,
tashish shartnomasining
shartlarini bajarish majburiydir. Yo‗lovchi tashish to‗g‗risidagi shartnomani tuzishda
muayyan qoidalarga rioya qilinishi lozim.
7.3.Avtobuslarda turistlarni tashish.
Avtobus – o‗tirish uchun 8 kishidan ortiq o‗rindiqli (haydovchining o‗rindig‗idan
tashqari) yo‗lovchilar tashish uchun mo‗ljallangan dvigateli avtotransport vositasi.
Avtobuslar belgilangan marshrutlar bo‗yicha nazarda tutilgan bekatlarda yo‗lovchilarni
olgan va tushirgan holda yoki buyurtmachi – yuridik yoki
jismoniy shaxs tomonidan
belgilangan marshrutlar bo‗yicha yo‗lovchilarni tashish uchun mo‗ljallangan.
Hududiy belgiga qarab,
shaharda yo‗lovchi tashish,
shahardan tashqariga
yo‗lovchi tashish, shaharlararo yo‗lovchi tashish va xalqaro yo‗nalishlarda yo‗lovchi
tashish farqlanadi. Shaharda yo‗lovchi tashishga shahar (bir aholi yashaydigan joy)
doirasida amalga oshiriladigan yo‗lovchi tashish; shahardan tashqariga yo‗lovchi
tashishga shahar doirasidan tashqariga shu jumladan 50 kmgacha masofaga amalga
oshiriladigan yo‗lovchi tashish; shaharlararo yo‗lovchi tashishga –
shahar doirasidan
tashqariga 50 km dan uzoq masofaga amalga oshiriladigan yo‗lovchi tashish; xalqaro
yo‗lovchi tashishga – O‗zbekiston Respublikasidan tashqariga
amalga oshiriladigan
yo‗lovchi tashish kiradi. Shu munosabat bilan shahar avtobuslari, shahardan tashqariga
qatnaydigan avtobuslar, shaharlararo avtobuslar va xalqaro avtobuslar farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: