O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

majmuali mavzudagi
turistik marshrutlar yoki 
bir mavzuda
– diniy – ziyoratgoh 
joylarga ishlab chiqilgan turistik marshrutlar hisoblanadi. 
Agarda turistlar talabi bilan ekoturizm marshruti ishlab chiqilganda ekologik 
turizm resurslari asosan uzoq masofalarda joylashganligidan turistlar zerikmasligi uchun 
yo‗lbo‗yi turistik ob‘ektlarni ham turmarshrutga kiritiladi va yo‗l-yo‗lakay qiziqarli 
ekskursiyalar uyushtiriladi. Bunday marshrutlar 
majmuali mavzudagi turistik 
marshrutlar
deyiladi. 
Demak turistik marshrutlarning mavzulari ko‗p hollarda turizmning turlari nomi 
bilan bog‗liq bo‗ladi. 
Turizmning ma‘lum bir davlatda rivojlanishiga juda ko‗p omillar ta‘sir qiladi. 
Turizm manzillariga yangi tur marshrutlarning ishlab chiqilishi bevosita turizmni 
rivojlantirish omillarining harakati bilan bog‗liq bo‗ladi. Turizmni rivojlantirish 
omillarining biror bir omili yoki shakli alohida yuzaga chiqganda turistik marshrut yoki 
harakatdan to‗xtaydi yoki yangi turmarshrut ishlab chiqishga to‗g‗ri keladi. 
8.4.Turistik marshrutlarda xizmat ko„rsatish. 
 
Joylashtirish xizmatlari.
 
Turistlarni joylashtirish shaharlarda muammo emas. 
Turist yoki turistlarning hohish-istaklariga qarab turli darajadagi mehmonxonalarga 
joylashtirish mumkin. Joylashtirish muammolari shahardan uzoq masofalardagi turistik 
ob‘ektlarga sayyohatlar davomida yuzaga keladi. 
Respublikamizda turizmni rivojlantirishdagi eng og‗riqli, muammoli masala ham 
ekoturizm, arxeologik turizm, ovchilik turizm kabi turizm turlariga marshrutlar ishlab 
chiqishda yuzaga qalqib chiqadi. O‗zbekistonning tabiat mintaqalariga turistik 
marshrutlar ishlab chiqilmayotganligining asosiy sabablari ham bu turistik makonlarda 
turistlar uchun tunash joylarining yo‗qligidadir. Ekoturizm, arxeologik turizm va ovchilik 
turizmini rivojlantirishni rejalashtirar ekanmiz birinchi navbatda turistlarning tunashi 
(joylashtirish) sharoitlarini yaratishimiz kerak bo‗ladi. 
Shaharlardan uzoqda bo‗lgan turizm resurslarida (ekoturizm, rekreatsiya turizmi) 
turistlar uchun tunash joylarini hozircha turistik bazalar yoki turistik lagerlar usulida 
yaratish imkoniyatlari mavjud. Lekin, turizmda tadbirkorlikning kengaymayotganligidan 
bunday tunash joylari hozirgacha yaratilmayapti. 
Agarda tabiat bag‗ridagi ekoturizm maskanida (resursida) bunday tunash joylari 
yaratilganda edi. Turistlarning ham tunash, ham dam olish va ovqatlantirish muammolari 
birdaniga hal qilingan bo‗lardi. 
Bu muammoli holatdan chiqishning yagona yo‗li ekourizm, rekreatsiya turizmi 
yoki ovchilik turizmdagi turistik resurslarga marshrut ishlab chiqishda resursga yaqin 
joydagi aholi uylarini ijaraga olish hisoblanadi. Lekin, unutmaslik lozimki xalqaro 
turistlar har qanday sharoitlarda ham tunab qolavermaydi. Shuning uchun ham bunday 
sharoitlardan mahalliy turizmdagi turistlarni joylashtirishda foydalanish mumkin. 
Tabiat landshaftlaridagi turizm maskanlariga (resurslariga) marshrut ishlab 
chiqishdan oldin bunday joylarda turistik bazalar va turistik lagerlar barpo qilishga qat‘iy 


61 
ravishda kirishishimiz lozim. Turistik lagerlarni palatkali yoki yurta (cho‗ponning qora 
uyi) usulida tezkor vaqtlarda mavsumlarga moslashtirib qurish imkoniyatlari juda katta. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin