O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Belgilanishiga 
muvofiqligi

Turistik 
xizmatlar, 
ular 
mo‗ljallangan 
iste‘molchilarning jismoniy imkoniyatlari va kutishlariga muvofiq kelishi. Bajarilishning 
aniq va o‗z vaqtida borishi. Iste‘molchilarga ko‗rsatiladigan turistik xizmatlar hajmi
muddati va sharoitlari bo‗yicha yo‗llanmada, chipta yoki kvitansiyadagi talablarga mos 
kelishi lozim, 
Komplekslilik.
Turistik xizmatlarni ko‗rsatish nafaqat asosiy xizmatlarni, balki 
iste‘molchilar hayoti ta‘minotining normal sharoitlarini yaratadigan qo‗shimcha 
xizmatlarni ham olish imkoniyatini ta‘minlashi lozim. 
Xizmat ko„rsatuvchi personallarning axloqliligi
. Xizmat ko‗rsatuvchi personal 
o‗zini tutishning etika me‘yorlariga rioya qilishi lozim. Iste‘molchiga personallarning 
muloyimliligi, yaxshi munosabati, kommunikabelliligi kafolatlangan bo‗lishi kerak. 
Qulaylik.
Turistik xizmatlar iste‘molchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlarda 
ko‗rsatilishi lozim. 
Estetiklik.
Turistik korxona hududi, binolarning badiiy yechimi, yo‗nalish keng 
ko‗lamda tashkil etilishi, xizmat ko‗rsatuvchi binolar intererini bezatilishining 
kompozitsion uyg‗unligi va arxitekturaviy yaxlitligi talablariga muvofiq bo‗lishi lozim. 
Xizmat ko‗rsatuvchi personallarning tashqi ko‗rinishi va nutq madaniyati estetikasi 
talablariga javob berishi kerak. 
Ergonomikligi
.
Xizmat ko‗rsatish davomiyligi, turistik va ekskursion 
yo‗nalishlarning davomiyligi va murakkablilik darajasi, turistlarga beriladigan jihozlar va 
narsalar, foydalaniladigan transport vositalari, mebel hamda boshqa jihozlar turistlarning 
jismoniy- psixologik imkoniyalariga mos kelishi lozim. 
Turizmda xizmatlarni loyihalashtirishda, albatta, turistlarga xizmat ko‗rsatish 
sifatini nazorat qilish usullari ko‗zda tutilgan bo‗lishi kerak. Sifatni nazorat qilishni 
loyihalashtirish o‗z ichiga quyidagilarni oladi:

xizmat ko‗rsatish jarayonida xizmatlar tasnifiga sezilarli ta‘sir ko‗rsatadigan 
muhim jihatlarini aniqlash;

xizmatlar tasniflarini to‗g‗rilash usullarini aniqlash

nazorat qilinadigan tasniflarni baholash usullarini aniqlash.


71 
Nazorat qilish usullari: vizual (yo‗nalish va ob‘ektlarni ko‗rib chiqish); analitik 
(hujjatlarni tahlil qilish); ijtimoiy (turistlar va personallar orasida so‗rovlar o‗tkazish) va 
boshqalar bo‗lishi mumkin. 
Xizmatlarni loyihalashtirishning oxirgi bosqichi loyihadagi nomutanosibliklarni 
aniqlash va o‗z vaqtida oldini olishga qaratilgan tahlil hisoblanadi. U turistik 
korxonaning tegishli funksional bo‗linmalari vakillari tomonidan amalga oshiriladi. 
Turistik xizmatlar va turistlarga xizmat ko‗rsatish jarayonlarini loyihalashtirish 
hujjatlarini turistik korxona rahbari buyurtmachi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. 
Loyihani o‗zgartirishga faqatgina buyurtmachi bilan kelishilgan holda, asosli 
holatlardagina yo‗l qo‗yiladi va turistik korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin