63
IX.Mavzu.Turlarni shakllantirish va tashkil etish
Reja:
9.1.Tur tushunchasi.
9.2.Turlarni rejalashtirish va shartnomali reja.
9.3.Sayohatlarni loyihalashtirish.
9.1.Tur tushunchasi.
Turoperator faoliyatning asosiy vazifasi munosib xizmat ko‗rsatish
dasturi bilan
mustahkamlangan tur yaratish hisoblanadi. Aynan shu mahsulot turoperator tomonidan
yaratilgan bo‗lib, bozorga chiqariladigan asosiy turistik mahsulotdir.
Sotishni tashkil
etish usuli va turist talabnomasining turiga qarab turlar
individual
va
guruhli
bo‗lishi
mumkin.
Individual turlar
. Turistlarga ko‗proq erkinlik va mustaqil harakatlanish imkonini
beradi. Ammo bunday turlar guruhli
turlarga nisbatan qimmatroq, chunki individual
turlar tarkibiga kiruvchi
ichki marshrutli transport, gid xizmatlari va ba‘zi boshqa
xizmatlar uchun to‗lov to‗lig‗icha turist zimmasiga tushadi. Guruhli turlarda esa to‗lov
guruhdagi a‘zolari o‗rtasida taqsimlanadi. Aynan shuning
uchun individual turlar
ko‗pchilik turistlar orasida unchalik talabgor emas. Undan tashqari individual turlarni
tashkil etish sermehnat jarayon bo‗lib, u bron qilish uchun
kompyuter texnikasidan
foydalanish, aloqa vositalarini tartibga solish, hisob va boshqa
operatsiyalarni amalga
oshirishni talab qiladi. Boshqa tomondan turistik firmalar guruhli turizmdan ko‗ra
individual turizmdan ko‗proq foyda oladilar. Bu albatta iqtisodiy nuqtai nazaridan, shu
sababdan turfirma strategiyasida ham individual ham guruhli turizm uchun ma‘lum
o‗rinlar topilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: