Safar hujjatlarini rasmiylashtirish.
Bu shartlar turistning safar uchun zarur
harajatlarni berishi va rasmiylashtirish tartibini belgilash lozim. Misol uchun, turoperator
xalqaro safar biletlarini rasmiylashtirishga, chiqish vizasini rasmiylashtirish uchun xorijiy
konsullikka so‗rov bilan chiqishga majbur. Turagent turist bilan vaucher, turputyovka,
marshrut varaqasi va banklarga shartnoma rasmiylashtiradi.
Safarni o„zgartirish va bekor qilish.
Agent bitimida e‘lon qilingan va sotilgan
turlarni turoperator, shuningdek turagent (turist) tashabbusi bilan o‗zgartirish va bekor
qilish imkoniyatlari ham ko‗zda tutilgan. Bu holat uchun choralarni javobgar tomon
belgilaydi (bekor qilish muddati, bekor qilinganda jarima, harajat va qaytarilmaydigan
summa hajmlari va boshqalar).
Tomonlar javobgarligi.
Xizmat ko‗rsatishga rioya etilishi, turist shikoyatini
ko‗rib chiqish va yetkazilgan moddiy va ma‘naviy zarar uchun tovon to‗lash, ularni
vujudga kelishi ehtimoli barcha holatlari va tuzatish uchun zarur choralarni qamrab oladi.
10.2.Turistik agentliklar ish texnologiyasi va funksiyalari
.
Yuqorida aytib o‗tildi, chakana turagentlik huquqiy – tashkiliy shakllarga tobe
bo‗lmagan holda turistik industriya korxonalari tomonidan ishlab chiqiladigan,
turoperator tomonidan shakllanadigan alohida xizmatlarni ham, kompleks standart turlar
(inklyuziv - turlar) ni sotish bilan shug‗ullanadi.
Ko‗pchilik xorijiy mamlakatlarda amaldagi qonunchilikka muvofiq bunday
turlarni sotish huquqi faqat chakana turagentliklarga berilgan. Shuning uchun mazkur
biznes ular uchun asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Ammo turagentlar kompleks turlarni
chakana sotish bilan bir qatorda katta miqdorda turli xil turistik xizmatlarni sotishda ham
ishtirok etadi. Ularning ruyxatiga quyidagilarni kiritish mumkin:
muzeyga ekskursiya, kartinalar galeriyasi, arxitektura yodgorliklari shahar
tashqarisiga sayr va boshq.;
sanoat va qishloq xo‗jaligi korxonalari va ijtimoiy-maishiy, madaniy oqartuv
muassasalariga ekskursiya;
ichki va xalqaro transport biletlarini sotib olish;
gid (ekskursovodlar) va gid-tarjimonlar xizmati;
mehmonxona xizmatlari va qo‗shimcha joylashtirish vositalari xizmatlari;
umumiy ovqatlanish korxonalari xizmatlari;
avtotransport prokati;
xorijga chiqish vizalarini olishga so‗rovlarni rasmiylashtirish;
sug‗urta polislarini sotish;
78
sport va madaniy tadbirlarga kirish biletlari sotish;
suvenirlar, pochta otkritkalari, yo‗l ko‗rsatkichlar, markalar va boshq. sotish;
valyuta almashtirish;
turistik va sport anjomlarini ijaraga olish.
Shunday qilib, turagentlikning asosiy funksiyasi – bu:
turoperatorlar, mehmonxona va transport korxonalari, ekskurs byurolari, sayr-
tomosha korxonalari va boshqa turistik xizmatlarni yetkazib beruvchilar bilan
ular ishlab chiqadigan xizmatlarni chakana haridorlarga sotish huquqini olish
maqsadida agentlik munosabatlarini o‗rnatish;
o‗zining turistik xizmatlar mikro bozorida harakatlanishni tashkil qilish, shu
maqsadda pochta reklamalari, telefon orqali murojaat, shaxsiy aloqa va
boshqalardan foydalanish;
potensial haridorlarni sotiladigan xizmatlar va ularni sotish tartibidan xabardor
qilish;
haridorlarni tanlangan turlar (xizmatlar) ga talabnoma olish va bu
talabnomalarni turoperator yoki boshqa xizmatlar yetkazib beruvchilarga ularni
bronlashtirish va tasdiqlash uchun uzatish;
haridordan tur (xizmat) uchun to‗lov haq qabul qilingani tasdig‗i olingancha,
zarur turhujjatlar rasmiylashtirish va o‗z vaqtida turoperatorga yoki boshqa
xizmat yetkazib beruvchiga tegishli summa o‗tkazishga taqdim etiladi, xorijga
tur sotishda vizani rasmiylashtirish, turoperatorga berish uchun haridorning
xorijga chiqish pasporti qabul qilinadi;
turoperator yoki boshqa xizmat yetkazib beruvchi tashabbusi bilan turning
o‗zgartirilgani yoki bekor qilingani haqidagi ma‘lumot haridorga yetkaziladi;
haridordan qabul qilingan va turoperatorga yoki boshqa xizmatlarni yetkazib
beruvchiga uzatilgan haridor talabnomalari o‗zgartirilishi yoki sotib olingan tur
(xizmat) ni bekor qilinishi;
turoperator yoki boshqa turistik xizmatlarni yetkazib beruvchi oldida barcha
amalga oshirilgan sotuvlar haqida muntazam hisobot berish;
haridordan sotib olingan xizmatlarni bekamu – ko‗st bajarilishi bo‗yicha
shikoyatlarni bartaraf etishda ko‗maklashadi;
turagentlik bozordagi vaziyat haqida, turistlar bildirgan tanqidiy fikrlar va
istaklar to‗g‗risida axborotlar yig‗adi va ularni turoperator va boshqa xizmat
yetkazib beruvchilarga uzatadi.
Yuqorida ko‗rsatilgan xalqaro turistik sayohatlarni tashkil qilishning ana‘anaviy
tarkibi bilan bir qatorda (turoperatorlar va turagentliklar) bu sohaga boshqa soha
tashkilotlari tobora ko‗proq kirib faol harakat qilishayapti. Bunda xalqaro
aviakompaniyalar, mehmonxona zanjirlari, banklar, sug‗urta jamiyatlari, savdo uylari,
o‗zlarining asosiy vazifalari bilan birga turistik xizmatlar sotish bilan shug‗ullanuvchi
savdo tarmoqlari ko‗zda tutilmoqda. Masalan, aviakompaniya avia bilet sotishda
haridorga mehmonxona, transfer, beradigan manzilda ekskursiya bronlashtirishni taklif
qiladi. Bunday tashkilotlar uchun umumiy bo‗lgan sabab shuki ushbu sohalarda ortiqcha
kapital hosil bo‗lgan. Bu esa xalqaro turizmni rivojlantirish uchun ko‗p yillar oldin
istiqbollarini ishlab chiqishga qulay sharoit yaratadi.
Turistik biznesga o‗z kapitallarini sarflar ekan, bu tashkilotlar avvalo boshdan
turistik bozorda raqobat kurashida ustunlikka erishish imkoniga egadirlar. Negaki o‗z
xususiy sotish tarmoqlari (chakana sotish punkti), masalan, bilet kassasi, bank bo‗lish,
sug‗urta agenti, shuningdek yaxshi yo‗lga quyilgan avtomat bronlashtirish tizimi,
79
qaysikim turistik xizmatlarni sotish uchun qo‗llaniladigan keng imkoniyatlarga egadir.
Bunday noan‘anaviy sayohat tashkilotchilari rolini global taraqqiyot jarayonida oshishi,
turistik bozorda turoperatorlar va turagentlar uchun murakkab vaziyatning paydo
bo‗lishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |