Agent bitimi. Turoperator va turagent o‗rtasida hamkorlik agent bitimi asosida olib
boriladi. Bu bitimda tomonlarning o‗zaro asosiy hamkorlik prinsiplari – turlarni sotish,
bir – birlarining va turistlar oldida ularning burch va huquqlari belgilab olinadi. Agent
bitimining nisbatan ko‗proq tarqalgan formulasi quyidagilar hisoblanadi:
Turoperator huquq beradi, turagent esa o‗z nomidan turoperatorning turlarini
sotish majburiyatini qabul qiladi va ma‘suliyatni buyniga oladi. Evaziga turoperator
tomonidan komission taqdirlar oladi. Bunday formula shuni beldiradiki:
turist bilan tuziladigan oldi-sotdi shartnomasi va boshqa safar hujjatlarda
turagent aytilishi kerak;
Tursotish bilan bog‗liq barcha ishlab chiqarish harajatlari va chiqimlar turagent
tomonidan to‗lanadi;
turagent sotilgan turni bajarilishi uchun o‗z haridori oldida bevosita
javobgardir.
Turoperator o‗z tomonidan turagentga har bir sotilgan tur uchun komission
taqdirlashni tulaydi. Bunday taqdirlash miqdori turni sotish narxiga foiz hisobida
belgilanadi yoki qayd qilingan summa ko‗rinishida to‗lanadi. Turoperator shuningdek
turagent oldida sotilgan turni bajarish chog‗ida vujudga keladigan turistga yetkazilgan
moddiy va ma‘naviy zarar uchun to‗liq javob beradi.
Bitim ob‟ekti. U turoperatorning turlarni sotish va bronlashtirish tartibi va
sonining ruyxatini belgilaydi, masalan:
turoperator yillik katalogiga muvofiq yoki cheklangan turlar ruyxatiga asosan
turlarni sotish;
turagentdan tushgan buyurtma va turoperatorda mavjud bo‗sh o‗rinlarga qarab
turlarni sotish;
turagent tomonidan unga qat‘iy birkitilgan o‗rinlar kvotasi bo‗yicha turlarni
sotish. Bu holda turagent ajratilgan o‗rinlar kvotasini turoperatordan
qo‗shimcha tasdiq olmasdan sotish huquqiga ega.
Turlar narxi . Tomonlar reklamada e‘lon qilingan turlarning har biri bo‗yicha
yagona narx haqida kelishib olishadi. Hech bir tomon bu narxlarni oshirish yoki
kamaytirishga haqli emas. Turagent belgilangan narxga turistning iltimosi bilan
ko‗rsatilgan qo‗shimcha xizmatlar uchun narx qo‗shish huquqiga ega. Masalan, turistning
yashash joyidan guruh yig‗iladigan joygacha va qaytish qiymatiga.