6. Oraliq nuqtalar mavjud bo’lsa, trubani orqada yoki oldin tomonidagi reykaning qora va qizil tomoniga yo’naltirib, adilak pufakchasi uchlarini tutashtiriladi va o’rtadagi ipdan sanoq oling (1.2.8-rasm va 1 jadvalning 5 ustiniga qarang).
2.1.8-rasm. Orqadagi rekaning ikki tomonidan sanoqlar Texnik nivelirlash jurnali 1-jadval
hx = a – b = 1693 – 1362 = + 0331 hx = a – b = 6377 – 6044 = + 0333
2. Oldinga nivelirlash.Nisbiy balandlikni oldinga nivelirlash usulida o’lchash uchun nivelir asbobi shunday o’rnatiladiki, uning okulyari A nuqtasidan o’tuvchi shovun yo’nalishiga to’g’ri kelsin (1.2.9-rasm.),
B nuqtasida esa reyka o’rnatiladi.
2.1.9-rasm. A nuqtadan. B nuqtagachanivelirlash
2.1.10-rasm.B nuqtadan A nuqtaga sanoq olish
Nivelir ishchi holatiga keltiriladi, reyka yoki ruletka bilan asbob balandligi i1 o’lchanadi, truba reykaga qaratilib, undan b2 sanog’i olinadi. Shakldan quyidagini yozish mumkin:
i1 = h + b1, (1.4.1)
bundan
h = i1 – b1 (1.4.2)
ya’ni nisbiy balandlik asbob balandligidan reykadan olingan sanoqning ayirmasiga tengdir.
Nivelirlash natijasidan foydalanib, A nuqtasining balandligi NA bo’yicha, B nuqtasining balandligi NB o’lchangan nisbiy balandlik yoki asbob gorizonti orqali hisoblanishi mumkin.
2.2. Ketma-ket nivelirlash va jurnalini ishlab chiqish Uzoqroqda joylashgan ikki nuqtalar orasidagi nisbiy balandligini bitta nivelir o‘rnatilgan joydan turib aniqlash imkoniyati bo‘lmaydi. Shuning uchun nivelirlanadigan nuqtalar orasi nivelirlash imkoniyati bo‘ladigan qilib bir nechta bog‘lovchi nuqtalarga bo‘linadi. Bu bog‘lovchi nuqtalarning orasi ketma-ket nivelirlanib va ularning natijasi yig‘ilib A va V nuqtalarning nisbiy balandligi aniqlanadi
Agar ikki nuqta orasidagi nisbiy balandliklar farqi katta bo’lsa va bu balandlikni bitta nivelirlash orqali o’lchab bo’lmasa masalan nivelir reykalari uch metrdan ammo nisbiy balandlik olti metrdan ortiq bo’lsa u holda bu o’lchashni bitta urinishda amalga oshirib bo’lmaydi . Bu paytda ilojsiz ketma-ket nivelirlashni qo’llaymiz.
hAB -
Nisbiy balandlik h AV hisoblab va boshlang‘ich nuqta A ning absolyut balandligi ma’lum bo‘lsa oxirgi V nuqtaning absolyut balandligini toppish mumkin:
HVHAhABHA -
Bir-biridan uzoqroqda joylashgan nuqtalarining absolyut balandligini aniqlash maqsadida ularning nisbiy balandligini ketma-ket nivelirlash yo‘li o‘tkazish deyiladi.
Trassani texnik nivelirlash uchun biz oldin ruletka bilan 100 metr masofani o’lchab qoziqchalar yo’l bilan bir xil balandlikda qoqib chiqiladi.Qoziqchalar har piketda bittadan PKO dan to PK10 gacha qoziqchalar qoqiladi.keyin ular orasini geometrik nivelirlashni amalga oshiriladi va bir PK bilan ikkinchi PK orasidagi nisbiy balandliklar hisoblab chiqiladi.Keyin boshidagi va oxiridagi PK lar reperlarga bog’lanadi Rp0 ni Abbosning PKO nuqtasiga 100.563 m balandlikka ,oxirgi PK10 ni poligonimizning 3 nuqtasiga ya’ni 99.828 nuqtaga bog’ladik.
Trassani nivelirlash jurnalid bekatdagi nuqtalar nisbiy balandligi reykalardan olingan sanoqlar orqali quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:
h=a-b
bu erda: a – orqadagi reykadan olingan sanoq;
b – oldingi reykadan olingan sanoq;
I – jadvaldan birinchi bekatda h qiymatini birinchi va ikkinchi o‘lchashlarda reykalardan olingan sanoqlar bo‘yicha quyidagicha hisoblaymiz:
Hisoblangan nisbiy balandliklar jurnalni 6 – ustuniga tegishli ishorasi bilan yoziladi.
Bekatda nisbiy balandlik qiymatlari o‘zaro teng yoki farqi 4 mm dan oshmasa o‘rtacha qiymat hisoblanadi va u jurnalni 7-ustuniga yoziladi.
Misol: ho‘r = SHu tarzda keyingi bekatlarda nisbiy balandliklar va ularni o‘rtacha qiymati topiladi.
Jurnalda betma-bet tekshiruv bajariladi, buning uchun jurnalni betida quyidagilar hisoblanadi:
Orqadagi reykadan va oldingi reykadan olingan sanoqlar yig‘indisi
Σa va Σb;
hisoblangan nisbiy balandliklar va o‘rtacha nisbiy balandliklar matematik yig‘indisi hhva ho‘r.
Jurnalning har bir betida quyidagi tenglik bajarilishi kerak
Misol: mm Topilgan qiymatlar jurnalning tegishli ustunlari oxirida yoziladi
4.3. Trassa bo‘yicha nivelirlash xatosi fhxato quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi
fhxato=Σho‘r-Σhn,
bu erda:Σho‘r – nisbiy balandliklar amaliy yig’indisi;
Σhn – nisbiy balandliklar nazariy yig’indisi.
Ko‘rilayotgan jurnalda:
Σho‘r=-50mm
Nisbiy balandliklar nazariy yig’indisi
Σhn=N1- N0 formulasi bilan hisoblanadi.
Nivelirlashni chekli xatosi quyidagicha hisoblanadi
L- trassa uzunligi, kilometr hisobida.
Hisoblash natijalari jurnalni oxirgi beti quyi qismida keltiriladi.
Bizda Agar fhxato≤ fhcheklichekli sharti bajarilsa, fhxato qiymati (misolda fhxato = 21mm) teskari ishora bilan nisbiy balandliklar qiymati ustida yaxlit millimetrda bo‘lib yoziladi, 2-jadval 7-ustunga qaralsin. Nisbiy balandlik tuzatma ishorasiga qarab tuzatilib 8-ustunga yoziladi.
Boshlang’ich reper balandligi va tuzatilgan nisbiy balandlik-lardan foydalanib bog’lovchi (piket) nuqtalar balandligi quyidagicha topiladi
Np+1=Np+ht,
Topilgan balandliklar jurnalni 10-ustuniga tegishli nuqtalar qatoriga yoziladi. Hisoblashlarni tekshiruvi bo‘lib oxirgi reper balandligini kelib chiqishi asos bo‘ladi.
Oraliq (plyusli) nuqtalari olingan bekatlarda asbob gorizonti topiladi
Ag=Norq+ a yoki Ag = Nold + v ,
Norq, Nold.– bekatda orqadagi va oldingi nuqtalar (piketlar) balandligi;
a,b - shu nuqtalardagi reykalardan olingan ikkinchi sanoqlar.
Jurnalda, 2 – bekatda: Ag Topilgan qiymat jurnalni 9-ustuniga tegishli bekat qatoriga yoziladi.
Oraliq (plyusli) nuqtalarining balandligi quyidagicha topiladi:
Nor=Ag- s, bu erda: s – oraliq nuqtadagi reykadan olingan sanoq
KANAL TRASSASINING BO‘YLAMA PROFILINI CHIZISH Bo‘ylama profil 40 x 60 sm o‘lchamdagi millimetrli qog’ozida qabul qilingan masshtablar: gorizontal 1:1000 va vertikal 1:100 masishtablarda chiziladi.
Millimetrli qog’ozda profil to‘ri 2-shaklda ko‘rsatilgan o‘lchamlarda chiziladi.
«Masofalar» qatorida gorizontal masshtabda piketlar va oraliq nuqtalari masofasi qo‘yilib ular qiymati yoziladi. SHu qator ostida piketlar nomeri ham ko‘rsatiladi.
Piketlar daftarchasidan, 1-shakildan foydalanib «joy plani» qatorida gorizontal masshtabda tafsilotlar chegarasi tushiriladi va shartli belgilar bilan ifodalanadi.
«To‘g’rilar va egrilar plani» qatorida trassaning o‘qi tasvirlanadi.