O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

 
 
 


189 
12.2. Ish bilan bandlik, ish haqi va ishchi kuchi xarajatlarining 
xalqaro statistikasi 
 
Ish bilan bandlik va ish haqi to’g’risida. Dunyoda ishlab chiqarish 
sohasida ro’y berayotgan umumiy tanazzul natijasida keyingi yillarda ish 
bilan bandlik borasidagi ahvol birmuncha murakkablashdi. Oxirgi o’n yil 
ichida dunyo bo’yicha o’rtacha kishi boshiga to’g’ri keladigan daromad 
ketma-ket qisqardi. Bozor iqtisodiga o’tgan rivojlangan mamlakatlarda 
ham iqtisodiy o’sish juda sekinlik bilan bordi, chunki pul bilan 
ifodalaganda ularning hissasiga jahon yalpi ichki mahsulotining 3/4 qismi 
to’g’ri keladi, bu hol rivojlangan mamlakatlarda talabning va tovarlar 
narxlarining pasayishiga olib keldi. Janubiy va Sharqiy Osiyoda iqtisodiy 
o’sishni 5 foiz atrofida saqlab qolishga muvaffaq bo’lindi. Xitoydagi 
iqtisodiy o’sish ana shu yillarda ikki raqamli sonlar bilan ifodalandi. Bu 
hol esa butun dunyoda ishsizlikning kuchayishini belgilab berdi.
Xalqaro Mehnat Tashkilotining ma’lumotlariga qaraganda, 2000 
yilda jahondagi ishchi kuchining 30 foizi — ishsiz yoki to’la bo’lmagan 
ish bilan band edi. Ishsizlik ko’lami shu qadar kattaki, ahvol tanglik 
holatida, deb e’tirof etilmoqda, bunday vaziyat 30-yillardagi buyuk 
turg’unlik davridan buyon ham bo’lmagan edi.
G’arbning sanoati rivojlangan ko’pgina mamlakatlarida va Sharqiy 
Evropa mamlakatlarida o’tish iqtisodiyoti munosabati bilan ishsizlar foizi 
ko’rsatkichi ikki raqamli sonlar bilan ifodalanadi. Ispaniyadagi ishsizlik 
darajasi 24,4 foizga, Finlyandiyada 17,7 foizga, Irlandiyada 15,4 foizga, 
Belgiyada 12,7 foizga, Frantsiyada 12,2, Italiyada 11,9, Gretsiyada 11, 
Daniyada 10,5, Germaniyada 10 foizga etdi.
Rossiyadagi ishsizlik (to’liq va yashirin ishsizlik) 10 foizdan 
ko’proqni, Polshada 16,9, Bolgariyada 13,3, Vengriyada 11 foizni tashkil 
etadi. Faqat ayrim mamlakatlardagina ishsizlik nisbatan maqbulroq 
darajada, ya’ni 6 foizdan kamroq darajada saqlanib turibdi. Masalan, 
Yaponiyada 2,8 foiz, Shveytsariyada 3,8, Avstriyada 4,6, Norvegiyada 5,2 
va AQShda 5,8 foizni tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda dunyodagi ishsizlikning ahvoli iqtisodiy jihatdan va 
ma’naviy nuqtai nazardan maqbul emas, chunki ishsizlik resurslarning 
nihoyatda ko’p miqdorda isrof bo’lishiga olib keladi va ishdan mahrum 
bo’lib qolganlarning aziyat chekishlarini tobora oshiradi. Ko’pgina 
rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik darajasiga amalga oshirilayotgan 
iqtisodiy siyosatning qandayligi, shuningdek, mehnat bozorini tartibga 
solish usullari ta’sir ko’rsatmoqda.


190 
XMTning rasmiy hujjatlarida jahon mamlakatlari hukumatlari 
tomonidan bunday ahvolni tuzatish uchun bir xildagi choratadbirlar emas, 
balki ularning turini ko’paytirish lozim, xususan, bu sohadagi muhim 
odimlar qatorida quyidagilar sanab o’tilgan:
— savdoni erkinlashtirish; 
— moliyaviy bozorlarni barqarorlashtirish, to’lov balanslari 
muammolarining keskinligini yumshatish uchun xalqaro hamkorlikni 
kengaytirish va uzoq muddatli hisobga olish stavkalarini pasaytirish; 
— sanoatni eksportga mo’ljallab rivojlantirish; 
— mehnat bozorlarini takomillashtirish uchun moslashishga doir 
ijobiy tarkibiy chora-tadbirlarni ko’rish, shu jumladan, hali ishlab 
topilmagan mehnat xarajatlarini, chunonchi ish haqi fondi solig’i va 
ijtimoiy ta’minotga mo’ljallangan xarajatlar solig’ini kamaytirish, ishchi 
kuchining qo’nimsizligini pasaytirish va ish bilan bandlikni 
rag’batlantirish tizimlarini isloh qilish. 
Oxirgi o’n yil ichida barcha yollanma xodimlarning o’rtacha haftalik 
ish haqi 503 AQSh dollarigacha ko’tarildi, bu yiliga 5,4 foiz o’sishni 
tashkil etadi.
Har qanday mamlakatning iqtisodiyotida turli kasblar va turli mehnat 
rejimlari, ish haqi stavkalari, qo’shimcha haqlar va ijtimoiy ta’minot 
tizimlariga ega bo’lgan mehnat turlari bilan banddirlar. Lekin statistik 
«o’rtacha ish haqlari»ga muvofiq keladigan «o’rtacha» xodimni tasavvur 
qilish qiyin. Bu o’rinda ko’pchilik xodimlar uchun muammo tug’iladi: ular 
o’zlarining daromadlarini ish haqlarining rasmiy raqamlari bilan qiyoslay 
olmaydilar, holbuki, bu raqamlar o’rtacha raqamlar sifatida taqdim etilgan.
Ish haqlarining tarqoqligi ancha sezilarli bo’lishi mumkin. SHu 
sababli ish haqining taqsimlanishi haqida iloji boricha ko’proq axborotga 
ega bo’lish foydalidir, bu axborot statistiklarning atamasi bilan aytganda, 
ekstremal miqdorlarni (qayd qilingan ish haqlaridan eng yuqori va eng 
kam miqdorini) ko’rsatadi.
yollanma xodimlarning ko’pchiligi uchun ish haqi ular tomonidan 
olinadigan daromadlarining asosiy qismini tashkil etadi. Afsuski, hozirgi 
vaqtdagi kuzatishlarda ish haqlari qanday hisobga olinishini ko’zdan 
kechiradigan bo’lsak, ularda ish haqining muhim elementlari o’z aksini 
topmas ekan. «Ish haqi tarkibi» ko’pchilik mamlakatlar amal qiladigan 
mazkur masalaga doir amaldagi xalqaro tavsiyalarga muvofiq, ish 
haqining ta’rifi va ayrim elementlarini o’z ichiga oladi. O’tkaziladigan 
oylik, choraklik va yarim yillik tekshirishlarning ko’pchiligida ish 
haqining barcha elementlari hisobga olinyapti deb bo’lmaydi, faqat har bir 


191 
hisoblash davrida olingan pul miqdorlari e’tiborga olinadi. Demak, 13 va 
14-ish haqlari, yillik mukofotlar, ovqat talonlari, bepul tovarlar va natura 
bilan berilgan boshqa to’lovlar ish haqi tarkibiga kiritilmagan.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin