201
boshqarilishiga korxona (firma)ning yuqori darajadagi rahbarlari unga
ajratiladigan mablag’larning sarflanishi ustidan qat’iy nazorat o’rnatishlari
ham kiradi. Nazorat qilishning ikki usuli mavjud: byudjetli va statistik
nazorat.
Byudjetli nazorat mehnatga haq to’lashga va ajratiladigan
mablag’larni rejalashtirish va sarflash bilan uzviy bog’liqdir. Ish haqi
byudjetini ishlab chiqish mablag’larning bir
qismidan bevosita ishlab
chiqarish bo’linmalarida rahbarlar tomonidan umuman xodimlarni
samarali moddiy rag’batlantirishda foydalanish imkonini beradi.
Korxonalarda mehnatga haq to’lashning ikki xil byudjet turi ishlab
chiqilmoqda: to’lov vedomostlari bo’yicha moddiy rag’batlantirishga
sarflanadigan mablag’larning umumiy summasi va mehnat unumdorligi
hamda ish samaradorligini oshirishni rag’batlantirish uchun mo’ljallangan
mablag’lar.
Mehnat unumdorligini oshirish uchun to’planadigan moddiy
rag’batlantirish byudjetlarida bo’linma rahbarlariga
xodimlarni yuqori
mehnat natijalari tufayli taqdirlash uchun imkon tug’dirish maqsadlarida
har bir bo’linma uchun muayyan summalar ko’zda tutiladi.
Xodimlarni taqdirlash uchun sarflanadigan summalarni aniqlashda
korxona rahbariyati quyidagi omillarni hisobga oladi: moliyaviy
imkoniyatlarni; mehnat bozorida raqobatbardoshlikni;
korxonaning
xodimlarni mehnat natijalariga qarab mukofotlash borasidagi siyosatini;
mazkur korxonaning mukofotlash byudjetini boshqa korxonalar byudjeti
bilan taqqoslashni; korxonaning turli bo’linmalarida mehnat unumdorligini
(samaradorligini) oshirish imkoniyatlarini; oxirgi ish haqi oshirilgan
vaqtdan boshlab narx-navoning oshganligini (turmush qiymati indeksini)
hisobga olib borishni.
Statistik nazorat byudjetli nazoratga qo’shimcha
sifatida xizmat
qiladi. Agar byudjetli nazorat sanash (hisoblash) darajasini ko’rsatsa,
statistik nazorat umuman korxona bo’yicha va alohida bo’linmalar
bo’yicha ham bajarilish darajasini nazarda tutadi.
Statistik nazorat boshqa axborotni ham beradi: ishlarni tahliliy
baholashga qarab qayta baholanadigan ish o’rinlari soni; bo’linmalar
bo’yicha ishlar malakasi va ish natijalariga qarab mukofotlash darajasi
korxona bo’linmalari tomonidan mablag’larning sarflanishi (bunga ish
natijalari bo’yicha to’langan summalar kirmaydi); xodimlarning ish
haqining pastligi borasidagi shikoyatlarini qondirishga sarflangan
summalar. Bo’linma rahbarlari tomonidan moddiy rag’batlantirish
mablag’lari ustidan nazorat qilinishi korxonaning (firmaning) ish natijalari
202
bo’yicha xodimlarni mukofotlash samaradorligini
oshirish borasidagi
siyosatining tarkibiy qismidir. Bo’linma rahbarlarining bu sohadagi ish
samaradorligi ularning tayyorgarligiga bog’liqdir, xorijiy kompaniyalar
bunday tayyorgarlikka ko’proq e’tibor beradilar. Tayyorgarlikdan maqsad
— bo’linma rahbarlarining yo’l qo’ygan xatolarini to’g’rilash uchun emas,
balki to’g’ri qarorga kelishlariga ko’maklashishdir.
Rahbarlar ish sifatini oshirish borasida kompaniya siyosatini
muvaffaqiyat bilan amalga oshirishlari uchun kompaniya rahbariyati
bo’linma rahbarlariga kompaniya qabul qilgan
ish haqi siyosati haqida
zarur axborotni etkazib beradi, ularni ishlarga baho berishga o’rgatadi,
xodimlarni mukofotlash mezonlari bilan tanishtiradi. Ish haqi siyosatini
amalga oshirishda asosiy yo’l-yo’riqlar beradi, bo’linma rahbarlarini o’z
bo’linmalarida ish haqi bo’yicha qarorlar qabul qilishga har tomonlama
hozirlik ko’rishiga vaqt ajratadi, ulardan qabul
qilingan qarorlar haqida
hisobot topshirishni talab qiladi. Ish katta ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: