204
bo’yicha ko’paytirishni nazarda tutsa, gorizontal tabaqalanish esa ijrochilar
mehnatini baholashdagi farqlarga mos ravishda stavkalarni ko’paytirish
imkonini beradi. Sifat farqlarining va vertikal tabaqalanish ta’rifining
namoyon bo’lishidagi amaliy vosita ishlarni baholashdir.
Qatorlar usuli — oddiy usul bo’lib, bu uning ustun tomonidir. Bu
usulni qo’llashda ishlarga miqdoriy baho berilmaydi, faqat ularning
boshqa ishlarga qaraganda afzalligi nimada ekanligi ko’rsatiladi. O’z
vazifalariga ko’ra bir xil bo’lgan asosiy cheklangan ishlarni tanlab olish
usuli uning muhim tomonidir. Bu ishlar uning
hajmi birinchi navbatda
qiyoslaniladigan umumiy ishlar sonining taxminan 10—15 foizini tashkil
qilishi kerak va boshqa barcha ishlarga baho berish uchun namuna bo’lib
xizmat qiladi deb hisoblanadi. SHundan keyin ishlar o’z mazmuniga ko’ra
bir-biriga o’xshash va yaqin ishlarni o’zida mujassamlashtirgan
razryadlarga bo’linadi. Har bir razryadga tarif stavkalari va maoshlarning
ma’lum darajasi to’g’ri keladi. Bitta bo’linmada bajariladigan ishlar
taqqoslanganda bu usul o’zini oqlaydi.
Tasniflash usuli ham xuddi qatorlar usuli kabi ishlarni miqdoriy
baholashni ko’zda tutmaydi. Bu usul bo’yicha dastlab razryadlar belgilab
olinadi, shundan so’ng ishlar o’z mazmuniga
qarab shu razryadlar
bo’yicha taqsimlanadi.
Tasniflash usuli aqliy mehnat xodimlari uchun (jumladan, yuqori
malakali mutaxassislar uchun) keng tarqalgan. Tasniflash usulida
razryadlarni aniqlab olish eng murakkab jarayon hisoblanadi, bu razryadlar
talab qilinadigan malaka, ish staji, javobgarlik darajalari
bilan bir-biridan
keskin farq qiladi. Razryadlar soni ishlar mazmunining kengligi,
korxonaning
katta-kichikligi,
bajariladigan
ishlarning
farqi
va
kompaniyaning kadrlar siyosatiga bog’liqdir.
Ishlarni razryadlar bo’yicha aniqroq taqsimlash uchun ishlarning
muhimligiga baho berish maxsus tanlangan omillar bo’yicha amalga
oshiriladi.
Tasniflash usuli qo’llanishida oddiy, tejamlilik,
qatorlash usuliga
qaraganda ancha aniq va obyektiv ma’lumotlar olish imkonini beradi,
ancha moslashuvchan usul sifatida baholanadi. chunki bu usuldan
foydalanishda ishlarning yaxshi va qayta tuzilgan turlari ancha keng tarifli
razryadlar bo’yicha taqsimlanadi.
Ishlarni baholashning tahliliy usullari notahliliy usullardan shu bilan
farq qiladiki, bunda ish alohida-alohida omillarga bo’linadi va bu
omillarning har biriga ballar bilan ifodalanadigan miqdoriy baho beriladi.
Barcha omillar bo’yicha berilgan umumiy
baho barcha ish turlari
205
tuzilmasida mazkur ishning qanchalik ahamiyatga ega ekanligini
ko’rsatadi. Ko’pchilik mamlakatlarda balli baholash usuli yoki boshqacha
qilib aytganda, omilli, eng keng tarqalgan usul hisoblanadi. Ko’p ishlar
baholash farqlarini aniqlash uchun xos bo’lgan omillarni tanlab olishdan
boshlanadi. AQSH elektr sanoatchilari milliy uyushmasi tomonidan ishlab
chiqilgan balli baholash tizimi ko’proq ma’lumdir. U ishchilar uchun 4 ta
asosiy va 10 ta yordamchi omilni ajratib ko’rsatadi. Bu omillarning har biri
besh bosqichli farqlash bo’yicha baholanadi.
Har bir omilga uning ushbu ish turi uchun
muhimligiga qarab baho
beriladi. SHundan so’ng arifmetik, geometrik yoki erkin progressiya
asosida darajalar bo’yicha omillarga miqdoriy baho beriladi. Balli
baholash yoki omilli usuli umuman shuni baholaydigan notahliliy
usullarga qaraganda muhim afzalliklarga egadir. Masalan,
uning
afzalliklaridan biri shundaki, bu usulda olingan natijalar aniq va
obyektivroqdir va uning asosida miqdoriy baholash yotadi. Bunday
afzallik ma’muriyat bilan xodimlar o’rtasidagi munosabatlarda keskinlikni
yumshatmaydi, deb hisoblanadi. Bu usulning boshqa afzalligi ishlab
chiqarish sharoitlariga moslashishdir. Chunki bunday omil ko’lami ancha
keng
va ishchi uchun ham, xizmatchilar uchun ham, shuningdek,
texnologik o’zgarishlar ta’sirida paydo bo’ladigan yangi ish turlarida ham
qulaylik tug’diradi.
Dostları ilə paylaş: