198
tomonidan hal etiladi. Bundan tashqari, bu tizim quyidagi obyektiv
ko’rsatkichlar bo’yicha ish haqini avtomatik tarzda oshirishni ko’zda
tutadi: ish stajining oshishi, malaka darajasini rasmiy ravishda ko’tarish va
hokazolar.
Hozirgi zamon ishlab chiqarishi uchun mehnatga haq to’lashni
tashkil qilishning turli tizimlarini qo’llash xosdir. Masalan, AQSHda
sanoatda ishlaydigan xodimlarning 17 foizi to’g’ridant o’g’ri
ishbay haq
olish tizimiga kiradi, mukofotlashning jamoa tizimida esa 33 foiz xodimlar
haq oladilar. Ikki guruh tizim eng ommaviy hisoblanadi, ya’ni: foydalarda
ishtirok etish va ishlab chiqarish ko’rsatkichlariga erishganlik halqa, eng
avvalo, mehnat unumdorligini oshirganlik uchun mukofotlash, mukofot
miqdori o’rtacha oylik ish haqining 5 foizidan 18 foizgachasini tashkil
qilgan.
Frantsiyada mehnatga haq to’lash ko’proq
vaqtbay tizimida
ommalashgan. Bu erda ish haqi to’lashni tashkil qilishni takomillashtirish
uni alohida yo’nalishda, ya’ni haq to’lash bilan unumdorlik o’rtasida
to’g’ridan-to’g’ri bog’lanish bo’ladi. Alohida haq to’lash bazasi bo’lib
tarif tizimi qolaveradi. U mehnatning miqdoriy natijalarinigina emas, balki
uning sifatini va ish o’rnidagi o’zini tutish omillarini ham hisobga oladi.
Tarif tizimi ikki yo’nalishda amal qiladi. Bir tomondan, tarmoq va
tarmoqlararo darajadagi jamoa muzokaralari natijasida tarif setkasi, ya’ni
kasb toifalari bo’yicha razryad va koeffitsientlar shkalasi, ular bevosita
firmalarda
hisobga olinadi. Ikkinchi tomondan, o’sha
jamoa
muzokaralariga muvofiq shunday qoidalar belgilanadiki, bu razryad va
koeffitsientlar xodimlarga shu qoidalarga muvofiq beriladi, boshqacha
aytadigan bo’lsak, ularni tasniflash amalga oshiriladi.
Tarif setkalarida quyidagi kategoriyalar (toifalar) mavjud:
— eng quyi ishchi toifasi — malakasiz
yoki har turli ishlarni
bajaraveradigan ishchi (birinchi razryad);
— yarim malakali ishchi (ikkinchi razryad);
— malakali ishchi (uchinchi razryad);
— texniklar (to’rtinchi razryad);
— quyi bo’g’in boshqaruvchilari (usta, brigadir boshlig’i).
Ayrim tarif setkalari Frantsiya korxonalarida o’rta va yuqori
boshqaruv xodimlari va muhandislari uchun amal qiladi.
Amaliyotda rag’batlantirishning har xil tizimlari qo’llaniladi.
Masalan, olinadigan foydalarda ishtirok etish tizimi firmalarning 70
foizida; mehnat natijalariga baho berishda xizmatlarni baholash usuli
firmalarning 36 foizida; turmush qiymatining o’sishiga muvofiq ish haqini
199
avtomat tarzda indeksatsiyalash firmalarning 36 foizida qo’llaniladi. 59
foiz firma mehnatga haq to’lashning uch bosqichli tizimini qo’llaydi,
bular: eng kam darajada kafolatlangan haq to’lash, jamoa mukofotlari va
shaxsiy ish natijalari uchun yakka tartibdagi mukofotlardir.
Dostları ilə paylaş: