203
navbatda, ish haqini va mukofotlash tizimini tabaqalashtirish yordamida
(mehnat miqdori va sifatiga qarab) rag’batlantirish;
ikkinchidan, ishchi
kuchini sifatini faqat ish haqini tabaqalashtirish usuli bilan emas,
balki
xodimlarning firma kompaniyadan oladigan daromadning boshqa
moddalari yordamida ham oshirishni rag’batlantirish.
Ish haqini tabaqalashtirish moddiy rag’batlantirish samaradorligida
asosiy omil hisoblanadi. Xodimlar shunga qarab mehnatga haq to’lashdagi
adolatlilik xususida fikr yuritadilar:
— xodimlarning qo’shgan hissasini
baholashda;
— ichki malakani taqqoslashda;
— tarmoqlararo taqqoslashda;
Ish haqini tabaqalashtirishda uch tur mavjud bo’lib, iqtisodiyotni
rivojlantirish uchun hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bular: tarmoqli, kasb
malaka va mintaqaviy tabaqalashtirish.
Hozirgi vaqtda bozor iqtisodiyotiga o’tgan
mamlakatlarda ish haqi
kuchi qiymati o’rnini qoplashning yagona usuli emasligini qayd etib o’tish
kerak. Ishchi kuchiga ish haqidan tashqari noishlab chiqarish sohasidagi
mukofotlar, natura to’lovlari, xizmatlar, korxonadan to’lanadigan ijtimoiy
to’lovlar ham kiradi. Xodimlar daromadlariga,
shuningdek, aktsiya
dividendlar, korxona aktsiyalarini sotib olishdagi farq,
korxonaning
jamg’arma hisoblari va hokazolar ham kiradi. Bu elementning hammasi u
yoki bu darajada samaradorligini ishlab chiqarish unumdorligini oshirish
tizimida mavjuddir. Bunda har bir tarkibiy qism o’ziga xos bo’lgan
vazifani va ishchi kuchini rag’batlantirish bo’yicha umumiy vazifalarni
ham bajaradi.
Dostları ilə paylaş: