194
Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, xarajatlar
darajasi bo’yicha mamlakatlar nisbati yangidan yaratilgan qiymatning
hajmi sohasidagi nisbatlardan jiddiy ravishda farq qiladi.
Investorlar, ish beruvchilar va tadbirkorlar ko’pincha
ish kuchiga
sarflangan xarajatlarni raqobatbardoshlikning birdan-bir yoki hech
bo’lmaganda eng muhim ko’rsatkichi deb hisoblaydilar. Yuqorida qayd
qilib o’tilganidek, yagona valyutada qayta
hisoblash muayyan vaqt
mobaynida turli mamlakatlarda ishchi kuchiga sarflangan nisbiy xarajatlar
to’g’risida tasavvur berishi mumkin. Lekin bunday qiyoslash faqat bitta
jihat bilan — ishchi kuchining qiymati bilan cheklanadiki,
uni boshqa
elementlar, chunonchi, unumdorlik, ish vaqti, kadrlar qo’nimsizligi, inson
resurslari, talab qilinadigan sarmoya, ma’lumot darajasi,
davlatning
aralashuvi, xom ashyo, uskunalar, yoqilg’i
va transport qiymati, aloqa va
mehnat munosabatlari kabilar bilan birgalikda olib qaralishi lozim.
Shunday qilib, model ish haqining pasayishini nazarda tutadi. Lekin
haqiqatan esa ish haqi sekinlik bilan pasayib boradi. Buning ko’pgina
sabablari bor. Ish haqi faqat ish beruvchilar uchun chiqimdan iborat bo’lib
qolmay, shu bilan birga, yollanma xodimlar uchun daromad hamdir.
SHuning uchun ham yollanma xodimlar o’z tashkilotlari bo’lgan
kasaba
uyushmalarini tuzganlar. Kasaba uyushmalari xodimlarning daromadlarini
himoya qiladi. Biroq, ish beruvchilar ham barqaror ish haqi bo’lishidan
manfaatdordirlar, chunki bunday ish haqi ishlab chiqarishni yaxshiroq
rejalashtirish va yollanma personal bilan ancha osoyishta munosabatlar
o’rnatishni ham nazarda tutadi.
Kasaba uyushmalari va jamoa
shartnomalari bunday yo’l bilan ish haqi darajasini barqarorlashtirib, uning
mehnat bozori ahvoliga qarab goh yuqori ko’tarilishiga, goh pastga
tushishiga to’sqinlik qiladi. Biroq, klassik modeldagi barqaror ish haqi
ishsizlikning mavjud bo’lishini nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: