195
fan foydalanish ishchi kuchining tarkibini, mahsulot sifatini yaxshilashdan
iborat bo’lib, u umuman ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga
qaratilgandir. Bu esa, xo’jalik yuritishning intensiv usullari hisobiga uning
ekstensiv usullaridan voz kechishni bildiradi.
Firma ichki strategiyasi va moddiy rag’batlantirishdagi qayta
qurishning bunday zarurati ko’pchilik
rivojlangan mamlakatlarning
tadbirkorlar va hukumatlari xom ashyo narxlarining oshishi, inflyatsiya va
ishsizlik kabi noxush hodisalarning tobora ko’payib borayotganligi
munosabati bilan qattiq tejash yo’lini tutib yotganligidadir. Natijada, ishlab
chiqarishning asosiy maqsadi bo’lgan foydani ko’paytirishga hozirgi
paytda qo’shimcha resurslarni jalb qilgan holda ishlab chiqarish hajmini
oshirish
hisobiga emas, balki barcha mavjud resurslardan yanada
samaraliroq foydalanish va ishlab chiqarish xarajatlarini har tomonlama
kamaytirish hisobiga erishilmoqda.
Shu narsa ham muhimki, firmalarning
fan-texnika taraqqiyoti
yutuqlarini keng qo’llashga, ularning ishlab chiqarishda tatbiq etilish
muddatlarini jadallashtirishga asoslangan asosiy e’tiborni hozirgi zamon
iqtisodiy strategiyasi oddiy mehnatdan ko’ra murakkab mehnatdan
foydalanishga qaratishga yordam berdi.
Bunday sharoitda mehnat
sur’atlarini jadallashtirish va mehnat yutuqlarini ratsionalizatsiyalash
masalasi o’z o’rnini boshqa masalaga, ya’ni xodimlarning aqliy
imkoniyatlari,
ularning tashabbuskorligi, kashfi yotchiligi va hokazolarni
namoyon etish va ulardan ko’proq foydalanish masalasiga bo’shatib berdi.
Bunday yondashish firmalarning kadrlar siyosatida yangicha
bosqichni boshlab berdiki, unga mehnatni boshqarishning majburiy, qattiq
choralaridan asta-sekin voz kechib, xodimlarda ishni yaxshilashga qiziqish
uyg’otadigan yanada erkinroq, demokratroq tadbirlariga o’tish xosdir.
hozirgi paytda moddiy rag’batlantirish
mehnatning mazmundorligini
oshirish, uning shart-sharoitlarini yaxshilash bilan bog’liq tashkiliy-
texnikaviy tadbirlar bilan birga qo’llanilishi sababi ham, odatda, mana
shundadir.
Dostları ilə paylaş: