209
— rahbarlar uchun optsion qiymati bozor qiymatidan yuqoriroq qilib
belgilanadi;
—rahbarlar qo’shimcha aksiyalar paketini, ko’chmas mulkni sotib
olish uchun aktsiyalar hisobidan qarz olishlari mumkin, bu qarzlarga
to’lanadigan foizlar bozor foizlaridan pastroq bo’ladi.
Rahbarlarga to’lanadigan mukofotlar paketi tarkibiga to’plab
qo’yilgan to’lovlar ham kiradi. Bularga korxona (kompaniya)lar beradigan
nafaqalarni, shuningdek, muayyan vaqtdan keyin hosil bo’ladigan boshqa
to’lovlar turlarini
ham kiritish mumkin, ya’ni:
— o’zaro kelishuvga muvofiq bir necha yildan keyin to’lanadigan
mukofot (omonat hisoblari deb ataluvchi hisoblar);
— mazkur xodim yoki umuman kompaniya mehnat unumdorligi
yoki foyda olish yuzasidan muayyan darajaga erishgandan keyin
to’lanadigan mukofot.
Rahbarlar bilan ular uchun to’plab qo’yilgan to’lovlar xususida
tuziladigan shartnomalar ikki turda bo’lishi mumkin: rasmiy maqomga ega
bo’lgan shartnomalar; rasmiy maqomsiz amal qiladigan shartnomalar.
Rahbarlarni mukofotlash tizimida eng maqbul vaziyat — strategik
mo’ljalni qisqa muddatli moslashuvchanlik bilan birga qo’shib olib
borishdir. Rahbarlarni mukofotlashning ayrim moddalari, masalan, pensiya
tizimlari uzoq muddatli xususiyatga egadir.
Ayni vaqtda jahon
iqtisodiyotining oldindan bashorat qilib bo’lmaydigan xususiyatga ega
ekanligi, texnika va texnologiyadagi o’zgarishlar, raqobat kurashida asosiy
e’tiborning boshqa narsaga qaratilishi rahbarlar bilan uzoq muddatli
shartnomalar tuzilishida moslashuv chanlikni, hujjatlarga,
AQSHda
aytishlaricha, «oltin parashyut» tamoyiliga asoslangan qoidalarning
kiritilishini talab qiladi. Mazkur tamoyil rahbarlardan iborat kadrlar
tarkibini saqlash va ularga tanglik holatlarida yordam ko’rsatish
choratadbirlarini amalga oshirish tizimini nazarda tutadi. Uning mohiyati
shundan iboratki, kompaniya qayta tashkil
etiladigan yoki rahbar
kadrlarning bir qismi bo’shatiladigan bo’lsa, bu kadrlar o’z oyoqlari bilan
erga qo’nishlari lozim. Ana shu maqsadda bo’shatilish vaqtida beriladigan
moddiy kompensatsiya soliqqa tortilmaydi, agar u yangi ishlab chiqarishga
(biznesga) sarflangan bo’lsa, bunday holda «amaliy xarajatlar» moddasi
bo’yicha qarab chiqiladi.
Rahbarlarni taqdirlashning elementlaridan biri tabiiy to’lovlar
shaklidagi turli xil xizmatlar bo’lib, ularning haqini kompaniya to’liq va
qisman to’laydi: bular — transport berib turish, samolyot chiptasining
haqini to’lash, avtomobillarni bepul parkovka qilish,
bepul kafeteriylar,
210
sihatgoh va pansionatlarga yo’llanmalar, sport bilan shug’ullanishga haq
to’lashdir.
Bozor
iqtisodiyotiga
o’tgan
mamlakatlarda
firmalar
va
korxonalarning rahbarlari maoshini belgilashda cheklashlar yo’q. Lekin
rahbarlar uchun ish haqining asoslangan bo’lishiga doir talablar mavjud.
Buni ikki tashkilot: soliq boshqarmasi va mazkur kompaniya aktsiyadorlari
yig’ilishi kuzatib boradi.
Kompaniya rahbarlariga maosh belgilashda quyidagi omillar
e’tiborga olinadi;
— rahbar kadrlarni jalb qilish va ularni mustahkamlash uchun
lavozim maoshlari darajasi;
— mazkur mintaqadagi boshqa kompaniyalar rahbarlariga
to’lanadigan kompensatsiyalar darajasi;
— kompaniyaning yalpi yoki
sof foydalari;
— rahbarlar maoshlari bilan kompaniya boshqa xodimlari ish haqi
o’rtasidagi nisbatlar;
— rahbarlar maoshlari bilan kompaniya aktsiyalari bo’yicha
to’lanadigan dividendlar nisbati;
— biznesning muayyan turlarida foyda olishning murakkabligi;
— mazkur kompaniyadan foyda olishda rahbarlar muvaffaqiyatining
barqarorligi.
Kompaniyaning rahbarlarga to’lovlari va beradigan imtiyozlarini
nazorat
qilish tamoyili,
birinchidan, shundan iboratki, yuqori haq
to’lanadigan xodimlarning soliq to’lashdan bosh tortish imkoniyatidan
mahrum etish,
ikkinchidan, rahbarlar bilan oddiy xodimlar mehnatiga haq
to’lashdagi mutanosiblik buzilmasligiga yordam berish,
uchinchidan, jon
boshiga to’lanadigan soliqning kamayib ketishiga va ijtimoiy sug’urta
jamg’armasiga badallar undirish negizlariga putur etishiga yo’l
qo’ymaslikdir.
Rahbarlar tarkibiga haq to’lashni tartibga solish uning xizmat
faoliyati bilan bog’liq xarajatlarni tartibga solishini ham o’z ichiga oladi.
Bu o’rinda amaliy
uchrashuvlarga doir xarajatlar, ishga doir sheriklarga
mukofotlar sotib olishga, simpoziumlarga, ish bilan bog’liq
ovqatlanishlarga, kompaniya hisobidan avtomobil va samolyotlardan
foydalanishga mo’ljallangan xarajatlar nazarda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: