270
chiqarish shart-sharoitlariga oid, uning amalga oshirilishi, tashkil etilishi,
haq to’lanishi, intizomga oid, mehnat etikasi, mehnat jamoalarining
shakllanishi va ishlashiga oid va boshqalar).
Mehnatni
boshqarish
turlari
—mehnatni
boshqarishning
umumlashtirilgan sifat jihatdan alohida turlari, ularning xarakteri
jamiyatdagi boshqaruv xarakteriga, ya’ni pirovard oqibatda—ijtimoiy
tuzum xarakteriga muvofiq keladi.
Mehnatni boshqarish metodlari — ijtimoiy mehnat jarayonlari va
ularning ishtirokchilariga boshqaruv ta’sirini o’tkazishning printsipial
usullari.
Mehnatni boshqarish shakllari —jarayon subyektlari va obyektlari
tabiati, ular o’zaro munosabatlari xarakterining aniq amaliy namoyon
bo’lishi.
Mehnatni boshqarish darajalari—u yoki bu ijtimoiy-mehnat
masalalarini hal qilishda vakolatlarni taqsimlash tizimi.
Takrorlash uchun savollar
1.Mehnatni boshqarish deganda nimani tushunasiz?
2. «Mehnatni boshqarish munosabat sifatida» va «mehnatni
boshqarish tizim sifatida» tushunchalari nimasi bilan farq qiladi?
3. Makroiqtisodiy darajada mehnatni boshqarish qanday amalga
oshiriladi (ishning tashkil qilinishi, sohalari va usullari)?
4. XMT qanday tuzilmalarga ega?
5. Mehnatni boshqarish davlat darajasida qanday amalga oshiriladi?
6. Mikroiqtisodiy darajada mehnatni boshqarishning qanday kichik
tizimlarini bilasiz?
7. O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish vazirligining mehnatni boshqarishdagi rolini gapirib bering.
8. Mehnatni boshqarishning O’zbekiston modeli va uning
xususiyatlari qanday?
9. Korxonada, firmada mehnatni boshqarish xizmatlari qanday
tashkil qilinadi?
Dostları ilə paylaş: