262
ijtimoiy muammolar majmuidan iborat bo’lib, uni ham boshqarib borishi
zarur.
Mehnatni boshqarish vazifalari jumlasiga, avvalo, ish samaradorligi
va
sifatini oshirish, iqtisodiyotni rivojlantirishning muvozanatliligi va
mutanosibligini ta’minlash, mehnatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tafovutlarni
kamaytirib borish, insonni har tomonlama kamolga etkazish uchun shart-
sharoitlarni
yaratish, mehnat jamoalarini rivojlantirish va boshqarishdagi
ularning rolini oshirish kiradi.
Mehnatni boshqarish funktsiyalari — qo’yilgan maqsadlar va
vazifalarga erishish uchun boshqarish obyektlariga
nisbatan amalga
oshiriladigan harakatlar bo’lib, ular orqali mehnatni boshqarish mexanizmi
ishga solinadi.
Mehnatni boshqarish jaraёni boshqaruv vazifalarini hal qiladigan real
tizimi mavjud bo’lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin.
Bu tizimni ikki tomondan olib qarash mumkin. Bir tomondan olib
qaraganda,
u
mehnat
sohasidagi
boshqarish
munosabatlarining
yig’indisidir. Mazkur holda mehnatni boshqarish tizimining xodimlarni
boshqarish, mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashni boshqarish,
mehnat unumdorligi
va sifatini boshqarish, mehnatga qiziqtirishni va
mehnatni rag’batlantirishni boshqarish ijtimoiy mehnat munosabatlarini
boshqarish funktsiyalari mavjud bo’ladi.
Boshqa tomondan qaraganda, mehnatni
boshqarish tizimini tashkil
etadigan maxsus xizmatlar mehnat va ish haqi bo’limi, mehnatni tashkil
qilish bo’limi, kadrlar bo’limi, xodimlarni boshqarish xizmati mehnatni
boshqarish institutsional shaklining bo’g’inlaridir.
16.2. Mehnatni boshqarish turlari va usullari
Mehnatni boshqarish turlari jamiyatdagi
boshqaruv xarakteri
mezonidan, ya’ni pirovard natijada ijtimoiy tuzum xarakteridan aniqlash
mumkin. Mehnatni boshqarish barqaror rivojlanayotgan jamiyatda ishlab
chiqarishni boshqarish va butun jamiyatni boshqarish bilan bir xildagi
xarakterga
ega
bo’ladi.
hokimiyatning
ijtimoiy
barqarorligi,
mustahkamligining kafolati mana shu muvofiqlikdadir.
Boshqaruv xarakterini belgilaydigan
jamiyatdagi hokimiyat yoki
demokratik yoki diktatura bo’lishi mumkin. Boshqaruvning demokratik
turi ko’pchilikning to’la qimmatli fuqarolik subyektligini, mustabid turi
esa ozchilik tomonidan subyektlik huquqlarining o’zlashtirilishini
anglatadi.
263
Mehnatni boshqarishning mustabid turi —to’la diktatura. Uning aksi
—
mehnatni demokratik boshqarish, uning zaruriy va farqlovchi belgisi
haqiqiy ko’p subyektlilikni to’la me’yorda rivojlantirish va erkin
(demokratik qabul qilingan qonun makonida) amalga oshirish hisoblanadi.
Mehnatni boshqarishning eng so’nggi aniq turlaridan tashqari oraliq
turlari ham mavjud. Mehnatni boshqarishning oraliq turini avtoritar, o’zini
o’zi boshqaradigan deb qaraladi.
Ijtimoiy mehnat jarayonlari va uning ishtirokchilariga boshqaruv
ta’sirini o’tkazishning printsipial usullari
mehnatni bosh qarish usullari
Dostları ilə paylaş: