265
mehnat va kapital huquqlari emas, kuchlari teng bo’lgan hollarda ijtimoiy
sheriklik shakli deb qarash mumkin.
Ishchi va kasaba uyushmasi harakati zaif bo’lgan sharoitlarda kapital
va uning manfaatlarini aks ettiruvchi davlat mehnatni boshqarishning
davlat shakllari ta’sir doirasini toraytirishga va shartnomali shakllar ta’sir
doirasini zo’r berib targ’ib qilishga va shunga erishishga harakat qiladi.
Mehnatni boshqarish darajalari — bu xoh u, xoh bu ijtimoiy mehnat
masalalarini hal qilishda vakolatlarning taqsimlanish darajasidir. Bu
munosabatda mehnatni boshqarish ijtimoiy va iqtisodiy hayotning boshqa
jarayonlarini boshqarish bilan aynan bir xildir. O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasida boshqarish darajalari bo’yicha
vakolatlarni taqsimlash tamoyillari belgilab berilgan.
Dostları ilə paylaş: