267
Korxonada mehnatni boshqarish maqsadi — xodimlardan, jonli va
moddiylashgan mehnatdan nihoyat darajada oqilona va samarali
foydalanish hamda mehnatga haq to’lash
va mehnatni moddiy
rag’batlantirishga
mablag’
sarflash
bilan
birgalikda
fuqarolar
konstitutsiyaviy huquqlari va vazifalariga rioya etish.
Umumiy tarzda olib qaraganda bevosita mehnat jarayoni, mehnat
jarayonidagi odamlar o’rtasidagi munosabatlar, ishchi kuchini tiklash
korxonada mehnatni boshqarish obyektlari bo’ladi. Korxonadagi
boshqarish faoliyatiga tatbiqan olib qaraganda ushbu obyektlarni
aniqlashtirish va alohida obyektlar sifatida
korxona xodimlarini
boshqarish, xodimlar mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashni
boshqarish, mehnat unumdorligi va mehnat sifatini boshqarish, mehnatga
qiziqtirish va mehnatni rag’batlantirishni boshqarish, mehnat faoliyati
jarayonida ishlab chiqarish, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlari
boshqarishni ajratish mumkin. O’z
navbatida, yuqorida ko’rsatib o’tilgan
obyektlarning har birini ham maydaroq obyektlarga bo’lish mumkin.
Masalan, korxona xodimlarini boshqarish, xodimlarni izlash, tanlab olish,
yollash, moslashtirish, rivojlantirishni, ularni kasb jihatidan o’qitib
o’rgatish va qayta tayyorlashni, ish sohasida ko’tarilishlarini
rejalashtirishni, faoliyatlarini baholashni o’z ichiga oladi. Xodimlar
mehnat faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlashni boshqarish mehnatni
taqsimlash va kooperatsiyalash,
ish joylarini tashkil etish, mehnat
usullarini, mehnat sharoitlarini, mehnat tartibi va dam olish tartibini
oqilonalashtirishni, mehnatni me’yorlashni, moddiy rag’batlantirishni va
hokazolarni nazarda tutadi.
Rejalashtirish, hisobga olish, tahlil qilish, nazorat yuritish va
baholash korxonada mehnatni boshqarishning asosiy funktsiyalaridir. Bu
funktsiyalar barcha yuqorida sanab o’tilgan
obyektlarga taalluqlidir va
vaqt ichida tsiklli tarzda takrorlanish tendentsiyasiga ega bo’ladi. Mazkur
funktsiyalar qarorlarni asoslashga qaratilgan. Ularning barchasi ishonchli
axborotlarga asoslangan bo’lishi lozim, mehnatni boshqarishda yangi
muammolar yuzaga kelgan sayin mazkur axborotlarni yangilash,
kengaytirish va chuqurlashtirish zarur. Tezkor va ko’p tomonlama tahliliy
axborot mavjudligi, rejalashtirilgan jarayonlarni amalga oshirishni hisobga
olish va nazorat qilishning doimiy amal qiluvchi tizimi ishlab turganligi
eng oqilona echimlar izlashga intilishni yuzaga keltirishga ko’maklashadi
va mehnatni boshqarish samaradorligini oshirish imkonini beradi.
Korxonada mehnatni boshqarishni tashkil etish obyektiv va
subyektiv omillarga bog’liq. Korxonaning miqyosi,
ishlab chiqariladigan
268
mahsulot, texnologik jarayonning murakkabligi, ishlab chiqarishning
xususiyatlari va turi, boshqaruvchilarning malakasi va hokazolar obyektiv
omillarga, rahbarlar tomonidan mehnat muammolariga yondashilishi
subyektiv omillarga kiradi.
Respublikaning aksariyat korxonalarida yaqin vaqtlargacha mehnatni
tashkil qilishni boshqarish asosan to’rt bo’limda: kadrlar bo’limi, mehnatni
tashkil qilish bo’limi, mehnat va ish haqi bo’limi hamda texnika
xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo’limida jamlangan edi. Mazkur
xizmatlar turlicha tuzilar edi. Ular bir-birlaridan tuzilmasi,
yuklatilgan
funktsiyalari, bo’ysunishlari va odamlar soni bilan farqlanar edi.
Yirik korxonalarda ko’rsatib o’tilgan bo’limlar ichida byurolar,
laboratoriyalar ajratilar, shuningdek, mehnat fiziologiyasi, psixologiyasi va
sotsiologiyasi bo’yicha alohida bo’linmalar tashkil qilinar hamda tsexlarda
tashkilotchi-muhandislar
va
me’yorlovchi
muhandislar
mustaqil
lavozimlari kiritilar edi. O’rtacha korxonalarda ko’pincha atigi bir mehnat
va ish haqi bo’limi tashkil etilar, unga turli byurolar (tarifli me’yorlash
byurosi, mehnatni tashkil qilish byurosi va boshqalar) kirar yoki ularda
me’yorlovchi, tashkilotchi lavozimlari kiritilar edi. Kichik korxonalarda,
odatda mehnatni boshqarish alohida xizmatlari tashkil qilinmas, ushbu
masalalar bilan shug’ullanadigan shaxslar
esa boshqa iqtisodiy yoki
texnikaviy xizmatlarning tarkibiga kiritilar edi.
Hozirgi sharoitda yirik korxonalarning mustaqil tuzilmalarga
ajralishi ro’y bermoqda, kichik xususiy korxonalar tashkil qilinmoqda.
Bunday korxonalarda ishlash uchun keng ixtisosdagi mutaxassis
tashkilotchilar tobora tez-tez talab qilinmoqda.
Mehnatni boshqarish bilan shug’ullanuvchi xizmatlar turlicha
bo’ysunuvda bo’lishlari mumkin edi. Jumladan, kadrlar bo’limi
direktorning yoki kadrlar bo’yicha direktor o’rinbosarining bo’ysunuvida,
mehnat va ish haqi bo’limi direktor yoki iqtisodiy masalalar bo’yicha
direktor o’rinbosari yoxud bosh iqtisodchining buysunuvida edi. Ya’ni
tuzilmaviy bo’linmalar mehnatni boshqarishga taalluqli bo’lgan o’zaro
bog’liq masalalarni hal qilib borar ekanlar,
boshqaruvning turli
pillapoyalaridagi shaxslarning bo’ysunuvida bo’lar edilar. Keyingi
vaqtlarda respublikada mehnatni boshqarishga yalpi yondashishni
ta’minlash uchun xodimlarni boshqarishning yangi tizimlari shakllantirila
boshlandi, ularda kadrlar, mehnat va ish haqi bo’limi, ijtimoiy rivojlanish
bo’limi xodimlarni boshqarish bo’yicha direktorning o’rinbosariga
bo’ysunadi.
269
Chet el korxonalarida ko’pincha inson resurslarini boshqarish yagona
xizmati ishlaydi va u kompaniya prezidentining o’rinbosarlaridan biriga
bo’ysunadi. Bunday xizmatning tarkibida turli bo’linmalar, masalan, ishga
yollash va mehnat munosabatlari, ish haqini tashkil etish, xodimlarni
o’qitib-o’rgatish bo’linmalari va hokazo bo’linmalar ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: