deyiladi. Mehnat jarayonlari uchta asosiy usul bilan boshqariladi:
1)
boshqaruvchining
boshqariluvchilarga
va
ular
orqali
boshqarilayotgan jarayonga bevosita ko’rsatmalar asosida ta’sir etish usuli;
2)
boshqaruvchining
boshqariluvchilari
va
ular
orqali
boshqarilayotgan jarayonga bilvosita manfaatlar orqali ta’sir etish usuli;
3) jarayon ishtirokchilarining o’zlari qaror qabul qilib, o’zlari ijro
etadigan o’z-o’zini boshqarish usuli.
Mehnatni boshqarish turi bilan mehnatni boshqarish usullari
o’rtasida, tabiiyki, aloqa mavjud. Bu diktatura boshqarishning turi go’yoki
faqat direktiv usullaridan, demokratiya turi faqat bilvosita usullaridan
foydalanishida va shu kabilarda ifodalanmaydi. Boshqaruvchining har
qanday turida turli usullardan foydalaniladi. Faqat ularning nisbati va
ommaviy kombinatsiyasi boshqaruv va hokimiyatning har xil turlarida
turlicha bo’ladi.
Mehnatni boshqarishning direktiv usullariga misol— mehnat
to’g’risidagi qonunlarda aks ettirilgan har qanday taqiqlovchi normalardir.
Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori qonun yo’li bilan ish kuni, ish
haftasi, ish yilining davomiyligini belgilash, ishdan tashqari ishlar
davomiyligining yig’indisi, mehnat shart-sharoitlari standartlari va
boshqalar shular jumlasidandir.
Bilvosita usullar ishlovchiga turli variantlardan tanlash biroz tezroq
yoki biroz sekinroq ishlash, ko’proq yoki kamroq hafsala bilan ishlash,
ilg’or tajribani o’rganish yoki o’rganmaslik va boshqa hollarda
qo’llaniladi. Mehnatni boshqarish shakllariga quyidagilarni misol
tariqasida keltirish mumkin:
— mehnatni boshqarishning davlat shakllari;
— mehnatni boshqarishning shartnoma shakllari;
— ijtimoiy mehnat munosabatlari u yoki bu subyektining ijtimoiy
faollik shakllari.