Vositasiz va vositali to’ldiruvchilar To’ldiruvchi o’zi tobelanib kelgan gap bo’lagi bilan bog‘lanib kelishiga ko’ra ikki hil bo’ladi.
a) Vositasiz to’ldiruvchi.
b) Vositali to’ldiruvchi.
Vositasiz to’ldiruvchi.Vositasiz to’ldiruvchi harakatni o’ziga bevosita qabul qilgan predmetni ifodalab, kimni? Nimani? Qaerni? degan so’roqlarni biriga javob bo’ladi.Vositasiz to’ldiruvchi tushum kelishigidagi so’z bilan ifodalanadi.Masalan: Bolalar paraxod modelini yasadilar
Vositasiz to’ldiruvchi quyidagi hollarda tushum kelishigi affiksini saqlaydi:
1. Atoqli ot, kelishik olmoshlari bilan ifodalanganda. Lolani barcha gullar kutib olishdi. (Sh.R). Meni hamma qarsaklar bilan kutib oldi.
2. Ko’rsatish olmoshi, sifat va sifatdosh bilan ifodalangan aniqlovchisiga ega bo’lsa:
Egilgan boshni qilich kesmas. (maqol). Men bu kitobni ilgari o’qigan edim.
3. Kesm bilan vositasiz to’ldiruvchi orasida boshqa so’z kelganda: Tog‘u toshni suv buzar el orasini so’z buzar. (maqol).
4. Otlashgan so’zlar bilan ifodalanganda: O‘qiganni hamma hurmat qiladi.
5. Egali affiksini olib kelganda: Saodat qizining shirin uyquda engil nafas oloshini anchagina tomosha qildi. (I.R).
6. Vositasiz toldiruvchiga alohida diqqat qilinganda: Behuda harakat belni sindirar. (maqol).
Vositali to’ldiruvchi Vositali to’ldiruvchi bosh, qaratqich, tushum kelishiklaridan boshqa kelishikdagi so’zlar bilan hamda ko’makchili ishlatilgan so’zlar bilan ifodalanadi. Ularning ma’nolari, ifodalanishi, so’roqlari ham turlichadir.
1. Kelishik affikslari bilan lfodalangan vositali to’ldiruvchilar:
1) Jo’nalish kelishikdagi so’z bilan ifodalangan to’ldiruvchilar harakatning kimga yoki nimaga qaratilganligini ifoda qilib, kimga? Nimaga? So’roqlaridan biriga javob bo’ladi.Sevgi pulga sotilmas, ko’ngil pulga topilmas. (maqol).
Vositali to’ldiruvchining bu turli atash ma’nosini ham ifodalaydi.Men bu sovg‘ani ukamga oldim.
2) Chiqish kelishigidagi so’z bilan ifodalangan to’ldiruvchilar kimdan? Nimadan? So’roqlarining biriga javob bo’lib, quyidagi ma’nolarni ifodalaydi.
a) predmetning chiqish o’rnini.
Odam odamdan baxra oladi. (A.K.).
b) Qiyoslash ma’nosi.
Otaning mehridan ustozning jabri abzal. (S.Z).
v) to’da va bo’lakdan ajratib ko’rsatish ma’nosini:
Axmedov gapni Kapsanilar qishlog‘ining tarixidan boshladi. (A.K).
g) predmetning nimadan tayyorlanganligini: O‘quv xonasi betondan qilingan.
d) Harakatning bajarilishida vosita bo’lgan predmetni:
Komandir avtomatdan osmonga o’q uzdi.
O‘rin kelishigidagi so’z bilan ifodalangan to’ldiruvchilar kimda? Nimada? so’roqlarining biriga javob bo’lib, harakatning yuz berish o’rnini ifodalaydi. Bunda:
a) harakatning yuz berish o’rni ifodalanadi: Dilshodda yoshlikdan ilmga havas bor edi. (M.I).
b) Harakatning bajarilishida vosita bo’lgan predmetni ifodalaydi: Mehmonlar belgilangan manzilga mashinada etib bordilar.
2. Ko’makchi so’z bilan ifodalangan to’ldiruvchilar:
1) To’g‘risida, ustida, haqida kabi komakchi ishlatilsa, to’ldiruvchi harakatni kim yoki nima haqida ekanligini ifoda qilib, kim to’g‘risida? nima haqida? so’roqlarining biriga javob bo’ladi. Institutda Alisher Navoiy haqida baxs-munozara bo’lib o’tdi.
2) Uchun ko’makchi ishlatilsa, to’ldiruvchi ko’pincha atash ma’nosini ifodalab nima uchun? Kim uchun? so’roqlarining biriga javob bo’ladi: O‘zbekiston mustaqilikka erishgach, oddiy xalq uchun, etim-esirlar uchun talaygina tadbirlar o’tkazildi.
3) Bilan ko’makchi ishlatilsa, to’ldiruvchi kim bilan? nima bilan? so’roqlarining biriga javob bo’lib, haraktatni yuzaga kelishida birgalikda ifoda qiladi: Osh egasi bilan shirin. (maqol). Adirlar maysalar bilan qoplangan.