O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Aniqlovchi va uning ifodalanishi



Yüklə 78,93 Kb.
səhifə13/16
tarix10.04.2023
ölçüsü78,93 Kb.
#95501
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
BOSHLANG‘ICH SINFDA IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLAR MAVZUSINI O‘RGANISH

Aniqlovchi va uning ifodalanishi. Predmetning belgisini bildirgan ikkinchi darajali bo’lak aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchi predmetning sifatini, rang-tusini, xususiyatini, mazasini, shklini, xajmini, miqdor-darajasini yoki qarashliligini bildiradi. Shu bois aniqlovchining so’roqlari turlichadir: qanday? Qancha?, qanaqa?, qaysi?, nechanchi?, kimning?, nimaning?, qaerning? va boshqalar. Aniqlovchi doim aniqlanmishga bog‘liq holda qo’llanib, undan oldin keladi. Aniqlovchi bilan aniqlanmish birgalikda aniqlovchili birikmani tashkil qiladi.O‘zbekistnning joshqin, sho’h bahori cho’lga gul va ko’kat sepini yoydi. Mazkur misolda O‘zbekistnning (qaerning?) qaratqichli aniqlovchi, joshqin, sho’h (qanday?) sifatlovchi aniqlovchidir.
Aniqlovchi ikki xil bo’ladi.
1. Sifatlovchi aniqlovchi.
2. Qaratqich (ko’rsatuvchi) aniqlovchilar.
3. Sifatlovchi aniqlovchilar.
Predmetni belgisini, vaqtga va o’ringa munosabatini, miqdor,tartibini bildiradigan aniqlovchilar sifatlovchi aniqlovchilar deyiladi. Sifatlovchi bog‘lanib kelgan so’z sifatlanmish deyiladi. Masalan: Soyning tagida kom-kok suv oqib o’tadi. Bunda kom-kok sifatlovchi, suv esa ifatlanmishdir.
Sifatlovchi quyidagi so’z tur quyidagi so’z turkumlari bilan ifodalanadi:
1. Sifat bilan: Ufq qizil atlaslarga o’ralib, oltin sochning yo’llariga boqadi.
2. Son bilan: O‘n ikki gektar er kaftdek tekkis qilib qo’yilgan. Nilufar bu yil meditsina bilim yurtining ikkinchi kursini tugatdi.
3. Olmosh bilan: Qandaydir bolalar yugurib chiqdi. (O). Allaqanday xatni o’qigan edim.
4. Ot bilan: Asfalt ko’chaning y er-bu erida suv xalqob bolib yotardi. (U.X).
5. Sifatdosh bilan: Gurillagan shaboda ularning yuzlarini silay boshladi. (P.T).
6. Ravish bilan: Tog‘ning uzoq-yaqin yon bag‘irlarida yanada balandroq va daxshatliroq aks-sado eshitildi. (S.A).
7. Taqlid soz bilan: G‘uj-G‘uj qushlar daraxtlarda sayray boshladi.
Sifatlovchi aniqlovchi aniqlanmishga bitishuv yo’li bilan bog‘lanadi. Sifatlovchi ba’zan yopiq holda, ya’nibirikma holda kelishi ham mumkin: Daladan guvirlab esgan shamol yalang koylakli qizlarni junjitdi. (O).
Yoki: Katta, gavdali, oppoq soqoli ko’kragiga tushib turgan chol Berdiqulovga qaradi. (C.N).

Yüklə 78,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin