O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 173,43 Kb.
səhifə16/26
tarix12.04.2023
ölçüsü173,43 Kb.
#96806
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Sayidova Firuza Dissertatsiya

Nasriy bayoni
Agar jafo yuzasidan uning ko'zi dilimni vayron etgan ekan,
Mast kofirdan odamgarchilik kutib bo'ladimi?
Ko'nglim qushi tuzoqqa tushishdan xalos bo'lganda
Yana bir (mahbub) zulfining mo'yi halqasiga ilindi.
Qomating daraxtini siynam bog'iga o'tkazgan edim,
Siynamga o'qingdan yana bir daraxt o'tkazildi.
Rindlar o'zliklarini sotib, mug'ona may oladilar
Mayparast rind shayx kabi xudbin emas.
Mayxona avjidan osmon tomiga tushmayman
Chunki past manzilg'a tushishga himmatim yo'l bermaydi.
Ey zohid, mug'bacha qo'lidan may ichaman agar
Kavsar bilan hur jahonda bo'lsa, shu ikkovidur.
Ey foniy, o'z borligingni may bilan yuvgil
Chunki o'zlikdan qutulgan kishi ming balodan ham qutuladi.
Ushbu muxtara Navoiy ijodi sarchashmasining nodir namunalaridan biri hisoblanadi.Muxtarada bishkast, mast, pobast, rast, past, hast, rast so'zlari qofiyalanib kelgan. Asar 7 baytdan iborat.
Muxtara yordan shikoyat qilish bilan boshlanadi:
Agar jafo yuzasidan uning ko'zi dilimni vayron etgan ekan,
Mast kofirdan odamgarchilik kutib bo'ladimi!?
Yorim jafosidan dilim vayron ekan, mast kofirdan odamgarchilik kutsa bo'ladimi!? Kofir dinsiz kishiga nisbatan ishlatiladi.Yorim menga shunday qilgan ekan, dinsiz kishidan har narsa kutsa bo'ladi, degan ma'noda kelgan.
Keyingi baytda ko'nglim qushi so'zini ishlatish orqali shoir istiora san'atidan mohirona foydalanadi:"Ko'nglim qushi endi yor tuzog'idan xalos bo'lsa, uning zulfi yana halqasiga meni ilintirdi ",- deydi Navoiy.
Keyingi baytda ham istiora badiiy san'atidan foydalanilgan. Qomating daraxti istioraviy so'zni anglatyapti. Qomating daraxtini siynam bog'iga o'tkazgan edim, siynamga o'qingdan yana bir daraxt o'tkazildi. Ya'ni seni siynam bog'iga( ko'nglim bog'iga) qabul qildimki, yuragimda yana bir daraxt o'tkazildi.Qomating daraxti - yor aksini nazarda tutadi.
Xudy furo'xta rindon mai mug'ona xarand,
Na xudparast chu shayx ast rindi bodam rast.
Ya'nikim, rindlar o'zliklarini sotib, may oladilar. Mayparast rind shayx kabi xudbin emasdir.Dunyo mulki, ishtiyoqlaridan poklanish uchun rindlar may oladilar",- deyilmoqchi.Shayx tasavvufiy timsol.Shayx (arab. — keksa, oqsoqol; qabila, urugʻ, oila oqsoqoli) — islom dini tarqalgan mamlakatlarda avvalo bilimdon kishilarga, soʻngra ulamolar, fakixlarga berilgan nom. Keyinchalik sufiylik tariqatidagi pirlar, eshonlar, muqaddas joylarning mutasaddilari ham Sh. deb yuritilgan. Arablarda islomdan ilgari urugʻ, qabila boshliqlari, katta patriarxal oila oqsoqollari Sh. deb atalgan. Musulmon mamlakatlarida hozir Sh. oliy diniy maktablarning mudarrislari va yirik ulamolar ga nisbatan qoʻllanadi. Tariqatda esa shu yoʻlga kirgan kishilarni tariqatni sayru suluk asoslariga koʻra voyaga yetkazish va ularni sinash huquqiga ega shaxs. Shayx bundan tashqari murshid, xalifa va ota deb ham atalishi mumkin.
Quyidagi baytda Ey zohid undalmasi orqali nido san'ati yuzaga chiqqan. Tasavvuf ilmidan saboq beruvchi shaxs — shayx, murshid, pir, eshon, xoja, mavlo, mavlono, maxdum kabi unvonlar bilan tanilgan. Tasavvufdan saboq oluvchi shaxs — murid, solik, axli dil, axli hol, mutasavvif kabi nomlar bilan atalgan. Tasavvuf boʻyicha oliy maqomlarga erishgan sohibkaromat pirlar — valiy, avliyo, qutb, aqtob, avtod, chilton, abdol, abror, ahror, nujabo, nuqabo, siddiq, gʻavs va h.k. deyilgan. Tasavvuf ahli baʼzan oshiq, faqir, haqir, darvesh, qalandar, zohid, orif, devona, ahli muhabbat, ahli suluk, rijolulgʻayb, savdoyi, gado kabi atamalar bilan ham ifoda etilgan. Demak, zohid tasavvufiy timsol bo'lgani uchun, talmeh san'ati yuzaga kelgan desak hamto'g'ri bo'ladi.Kavsar so'zi ham talmeh san'atini shakllantirgan. Kavsar- jannatdagi buloq nomlaridan biri. "Faqat mug'bacha qo'lidan may ichaman, agar kavsar bilan hur bo'lsa ham shular men uchun",- deydi ulug' shoir.Kavsar (arab. الكوثر moʻl-koʻl) - islomga koʻra jannatdagi ajib bir daryo yoki hovuzning nomi Qurʼoni karimdagi 108-sura ham Kavsar deb ataladi. Tafsir va hadislarda aytilishicha Kavsarning suvi asaldan totli, qor va sutdan oq boʻlib, undan ichgan kishi abadiy tashnalik bilmaydi. Shuningdek, qiyomat kuni jannat nasib etgan moʻmin-musulmonlar mazkur Kavsar suvidan ichishlari toʻgʻrisida bashorat beriladi."Shunday ekan bu dunyodagi kavsar men uchun mug'bacha qo'lidagi may ",-demoqchi Navoiy.Bu pirning so'zi va nasihatini, fayz-u tarovati men uchun afzal deganidir.Mug'bacha- zardushtiy otashparast ibodatxonadi ( dayr) ning xizmatkori. Tasavvufda pirning so'zi va nasihatlarini muridga yetkazuvchi shaxs hisoblanadi.
Keyingi baytda esa" Mayxona avjidan osmon tomiga tushmayman, chunki past manzilga tushishga himmatim yo'l bermaydi",- deyiladi. Bu baytda mayxona komil inson majlisi, oriflar suhbat quradigan joy ma'nosida kelgan.
Maqtada Navoy foniy so'zini ishlatish orqali o'ziga murojaat qiladi. Ya'ni foniy uning adabiy- badiiy taxallusidir.Yoki ey foniy deyilganda, hammani nazarda tutib , ey bu dunyodan o'tuvchilar deyilgan bo'lishi ham mumkin. Agar shunday bo'lsa , baytda iyhom san'ati qo'llangan bo'ladi.
"Ey foniy, o'z borligingni may bilan yuvgil, toki o'zlikdan qutulgan kishi ming balodan qutuladi ",- deyilgan.May- dunyo mulki, hirsiy ishtiyoqlardan hali poklanmagan ruh timsoli.May, sharob, boda — Sharq mamlakatlarida uzum va boshqa mevalar sharbatidan tayyorlangan, kayf beruvchi ichimliklarning umumiy nomi. Aksariyat xrllarda qizil rangi bilan ajralib turgan. Sharq mumtoz sheʼriyatida gulgun M., gulrang M., laʼli M. (laʼlga oʻxshash qizil), qirmizi M. oʻxshatmalari koʻp qo'llanilgan. , Shoir aytmoqchi, ruhingni hirsiy ishtiyoqlardan xalos et, ming balodan qutulasan.Bunday g’azallarda ham boda, sharob, may so’zlari o’sha majoziy ma’noda — muhabbat shavqini bildirib kelishini esdan chiqarmaslik kerak. Bundan tashqari, Navoiy bodani «ko’ngul uyini xurram etuvchi» narsa deganda, yorni ko’nglida saqlash, uning yodi bilan yashashni ta’kidlagan. Negaki, naqshbandiya sulukida yod, xotira, esga olish tushunchalari muhim o’rin egallaydi. Abdulhakim Tabibiyning yozishicha, naqshbandiyada tuz yo’lga kirgan odam qalbida «e’tiqod nuri, tavhid nuri, ma’rifat nuri, hidoyat nuri, ajdodlar yodi nurining bodasi» jo’shib turishi lozim.
Demak,ushbu g'azal rindona g'azallar sirasiga kiradi.Ya'ni may ta'rifida kelgan g'azallar rindona g'azallar deyiladi.Ushbu g'azalda oshiqonalik bilan rindonalik o'zaro uyg'unnlashgan.
Ulug' shoir asarlari mohiyatini tushunishga qiynalmaslik uchun, so'zlarning o'z va ko'chma, ya'ni badiiy ma'nosini fahmlashda adashib ketmaslik uchun shoirning timsollar olamidan boxabar bo'lish talab etiladi.



Yüklə 173,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin