Monandi g‘unchae, ki ba vaqti sahar shukuft.
Meoyad az guli chamani ishq bo‘i xun,
Go‘yo, ki g‘unchaho-i zi xuni jigar shukuft.
Gul shoxlarida tugilgan g‘uncha sahar chog‘ida shudring va esgan rohatbaxsh sabo ta’sirida ochilib, yoqimtoy gulga aylanadi. Oshiq dili ham misoli g‘uncha. Uning ochilishi uchun shart-sharoit zarur. Bularning barchasi esa mahbuba qiyofasida mujassam. Yorning xandon chehra bilan oshiqqa qarashi uning uchun kifoya. Yoki g‘uncha uchun tabiat in’om etganso‘lim havo, shudring va nasimi sabo bilan tengdir. G‘azalning navbatdagi baytlarida gul qizilligi va oshiqning jigar qoni, gulning ochilishi uchun “turtki” bo‘lgan yomg‘ir tomchilari va ko‘z yoshi, mevasiz daraxt va mahbubaning iltifotsizligi ana shu yo‘sinda parallel tarzda yoritiladi. Bularning barchasi jamlanib, g‘azalning badiiyligi, hayotiy va ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilgan.
“Devoni Foniy”dagi ixtiro g‘azallar ichida voqeaband she’rlar ham ko‘zga tashlanib qoladi. Mana, o‘shanday xususiyatga ega g‘azallardan biri:
Rasid on parichehra mastona imshab,
Zi masty maro soxt devona imshab.
Maro kulbai bexudiyu chunun shud
An on partavi ro‘ parixona imshab.
CHi shame tajaly namud on, ki megasht,
Maloyik ba davrash chu parvona imshab.
Zi ganchi visolash imorat paziruft,
Maro kunchi toriki vayrona imshab.
Zi shavqi mai vasli o‘ bud nazdik,
Ki pur sozadam charx paymona imshab.
Ba bomu daram az pai in tamosho
Furo‘ rexta xeshu begona imshab.
Ba in nashay ishqu may gasht Fony,
Hama umr devona, tanho na imshab50.
Ushbu g‘azalning matlaidan maqtaigacha ishq mojarosi qalamga olinadi. Aniqrog‘i, yor vasliga musharraf bo‘lgan oshiqning visol dilidagi bir kechalik kayfiyati, ruhiy holati yoritiladi. Matlada mahbubaning mastona yurib kelishi, buni ko‘rgan oshiqning telbalarcha raftori ustida gap boradi. Ikkinchi baytda o‘sha ruhiy holat davom ettiriladi. Oshiqning xaroba kulbasi yor jamolidan charog‘onlashib, parixona tusini oladi. Uchinchi baytda oshiq kayfiyati haqida so‘zlanadi. SHam’ bor joyda parvona bo‘ladi. Tanosub san’atining ajoyib yaratiqlari g‘azalning ta’sirchanlik quvvatini oshirgan:
CHi shame tajaly namud on, ki megasht, Maloyik ba davrash chu parvona imshab. SHuningdek, yorug‘likka maloikalar ham talpinadi. Mahbubaning jamoli yorug‘idan sarmast oshiq parvonayu maloikalar vazifasini ado etadi: yor atrofida girdikapalak aylanadi. To‘rtinchi baytda yana oshiqning xaroba kulbasi o‘z qiyofasini o‘zgartirdi, ko‘rkamlashdi. Beshinchi baytda lirik qahramon – oshiq kayfiyatining tasviri chiziladi. O‘ta xursandlik ham insonga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, yurak qinidan chiqishi, hatto, o‘lim to‘shagiga ham olib kelishi mumkin. Yor vasli mayiga erishgan oshiq ham ana o‘sha holatni boshidan kechiradi. Oltinchi baytda oshiq va ma’shuqa visol onlarining qo‘ni-qo‘shnilarga ta’siri borasida gapiriladi, odatan, xonadonda xursandchilik bo‘lsa, qo‘ni-qo‘shnilar unga sherik. Qulay joy topib tomosha qilishadi: kim eshikdan, kim tomdan o‘ziga qulay joy topib qaraydi. Mahbuba qadamidan obod bo‘lgan oshiqning xarobasi ham bu oqshom ana shunday tomoshagoh tusini olgan. G‘azalning maqtaida oldingi baytlarda tasvirlangan voqealarga yakun yasaladi. SHu ma’noda maqta’ g‘azalning xulosasi bo‘lib xizmat qiladi. Yor vasli va boda kayfiyatidan, sarxush bo‘lish oshiq uchun mavsumiy, tasodifiy narsa emas, balki doimiy mashg‘ulotdir. Yor vasli va boda kayfiyatidan sarxush bo‘lish oshiq uchun mavsumiy, tasodifiy narsa emas, balki doimiy holatdir. U umri bo‘yi o‘zini ana yo‘lga baxshida etgan. Ko‘rinadiki, Alisher Navoiy talqinidagi oshiq uchun bulhavaslik, qo‘nimsizlik batamom begona. Zotan, bunday holat ulug‘ shoirning tabiati va ideali uchun mutlaqo yotdir. Buning aksi o‘laroq, buyuk mutafakkir g‘azallarida tasvirlangan oshiq irodasi, o‘z e’tiqodiga sodiq, barcha qiynoq va imtihonlarga bardosh berish uchun tayyor turgan kishi sifatida harakat qiladi. Mazkur g‘azal tadrij badiiy san’ati asosida qurilganligi bilan ham e’tiborli. YAna muhimi, Alisher Navoiyning fors-tojik tilini mukammal bilishi, ravon, bo‘yoqli, shavqu zavqli satrlar ijod etishda mahoratini namoyish qila oladi. SHoirning “Kelmadi” radifli g‘azali yuqoridagi g‘azalga mavzu va g‘oyalar olami jihatdan o‘xshashligi bilan alohida qimmat kasb etadi.
Kecha kelgumdur debon ul sarvi gulro‘ kelmadi,
Ko‘zlarimga kecha tong otkuncha uyqu kelmadi.
Lahza-lahza chiqtimu chektim yo‘lida intizor,
Keldi jon og‘zimg‘ayu, ul sho‘xi badxo‘ kelmadi.
Orazidek oydin erkonda gar etti ehtiyot,
Ro‘zg‘orimdek ham o‘lg‘onda qarong‘u, kelmadi.
Ul parivash hajridinkim yig‘ladim devonavor,
Kimsa bormukim, anga ko‘rganda kulgu kelmadi.
Ko‘zlaringdin necha suv kelgay deb o‘lturmang meni,
Kim bori qon erdi kelgan, bu kecha suv kelmadi.
Tolibi sodiq topilmas, yo‘qsa kim qo‘ydi qadam,
Yo‘lg‘akim, avval qadam ma’shuqi o‘tru kelmadi.
Ey Navoiy, boda birla xurram et ko‘nglung uyin,
Ne uchunkim boda kelgan uyga qayyou kelmadi51.
Bu Alisher Navoiyning voqeaband g‘azallaridan biri. Unda lirik qahramon – oshiqning hijron damlaridagi iztirobi, ruhiy azoblari butun tafsilotlari bilan aks ettirilgan. Yuqorida tahlilga tortgan g‘azal ham Navoiy-Foniyning voqeaband asarlaridan biri hisoblanadi. Har ikkala she’rning ham mavzui bir. Ular ishq-muhabbat tasviriga atalgan. Mazkur she’rlarning bosh qahramoni – oshiq. Biroq bu g‘azallar o‘rtasida tafovut ham yo‘q emas. Bu farq she’rlarda tasvirlangan ruhiy holat bayonida ko‘zga tashlanadi. Alisher Navoiyning “SHukuft” (ochildi) radifli fors-tojik tilidagi g‘azalida oshiqning yor vasliga etishi oqibatida tug‘ilgan xursandlik kayfiyati qalamga olinadi. Mahbuba sinovlaridan o‘tgan oshiqning bu shodiyona damlar ortidan yana muhabbat mushkilotlari turganiga ko‘zi etadi, zotan, u o‘zini ana shu navbatdagi sinovlarga shay ham deb biladi. Bu nuqtai nazardan she’rning maqtai lirik qahramon – oshiqning qasamyodiday aks-sado beradi. Turkiy tildagi “Kelmadi” radifli g‘azalda nuqul oshiq qalbining fig‘oni yoritiladi. Mahbuba yor kulbasiga kelish uchun va’da beradi. Ammo o‘sha ahd buziladi. O‘z e’tiqodiga sodiq oshiq esa yorning kelishini sabrsizlik bilan kutadi. SHu yo‘lda u halovatidan kechadi, uyquni tark etadi. Fig‘oni falakka chiqqan oshiqning oshufta qalbi bular bilan ham taskin topmaydi. Alamdan shoda-shoda ko‘z yoshlari to‘kadi. SHe’rdagi tasvir shu yo‘sinda davom etadi. Muhimi shundaki, oshiq o‘z so‘zida qat’iy turadi. O‘z sevgilisidan qo‘l silkib ketmaydi. Ana shu nihoyasiz azoblardan bir lahza bo‘lsa ham forig‘ turish uchun mayga ruju’ qiladi, shu bilan o‘ziga tasalli beradi. Ko‘rinadiki, Alisher Navoiyning har ikkala tildagi g‘azalida ham sabr-chidamli, bardoshli oshiqlar obrazi g‘oyat mahorat bilan chiziladi.
Navoiy-Foniy qalamiga mansub ixtiro-g‘azallar mavzular olamining boyligi bilan alohida e’tiborga loyiqdir, “Devoni Foniy”da “Ahli zamon shikoyatida”, “Olam ahli bevafoligi xususida”, “Ahli zamon bevafoligi haqida” sarlavhalari ostida o‘nlab she’rlar joylashtirilgan. SHoirning ushbu she’rlari bevosita davrdan, zamonadan norozilik kayfiyatlari talqiniga atalgan g‘azallar hisoblanadi. Ularda kishilar o‘rtasidan mehru vafoning ko‘tarilganligi, rahmu shafqatning yo‘qligidan shikoyat qilinadi. Mana, ayrim misollar:
Ba mehri charx natvonam, ki binam baski bar mardum,
Namudam mehribony, yoftam nomehribonho52.
YAna: Xush on kase ki da chashmi xud az zamon po‘shid,
Ki bori ahli zamonro bedin bahona nadid.
Zamona muxtalifu ahli u muxolif ham,
Zi istiqomati ta’ast har, ki z-o‘ biramid.
Hazor girya buvad abrson zi dunbolash.
CHu barq har ki dar o‘ bo havoy dil xandid.
Buvad ba qatli tuvu motami tu, pas zi chi ro‘,
Falak ba ro‘z kabudu ba shab siyah po‘shid53.
Birinchi baytda charx varag‘idan mehru sadoqat so‘zlarining o‘chganligidan norozilik bildirsa, ikkinchi she’riy parchada ular ancha chuqurlashadi. SHe’rda tasvirlangan lirik qahramon o‘zi yashayotgan davr nayranglaridan to‘ygan. U endi bu zamon va uning nobakor odamlariga ochiq ko‘z bilan qarashga ham botinolmaydi. Uning uchun ko‘z yumish, atrof-muhitda bo‘layotgan voqealarni ko‘rmaslik afzal. Satrdan-satrga iztirob va alam tug‘yonlari jonlanib boradi. SHoir o‘zi yashagan davrning ko‘z-qulog‘i. U atrofda yuz berayotgan har bir voqeani sinchkovlik bilan ko‘radi, tarqalayotgan gaplarni eshitadi. Ana shu ko‘rgan va eshitganlarini umumlashtirib asarlarida aks ettirib qoldiradi. SHoir satrlarida harakat qiluvchi lirik qahramon o‘zi yashayotgan zamon va zamon ahli o‘rtasida ziddiyatning kuchayganligi, ko‘z yoshi va qon to‘kishlarining avj olayotganligidan noliydi. Hatto bu voqealarning tez-tez yuz berayotganligidan fig‘on chekadi. Aslida Alisher Navoiy misralarida yoritilgan voqealar mavhum narsalar emas. Ularning barchasi o‘z hayotiy zaminiga ega. Ayni g‘azallar shoirning o‘zbek tilidagi lirikasiga jo‘rovoz, hamnafas tomonlari bilan e’tiborli. “Xazoyinul-maoniy”ni varaqlagan kitobxon XV asr manzaralari xususida qanday tasavvur olsa, “Devoni Foniy”dan ham xuddi shunday kayfiyatni tuyadi.
O‘rni kelganda ta’kidlash joizki, Navoiy faqat ulkan salaflari va ayrim zamondoshlarigagina emas, ba’zan o‘z g‘azallariga ham tatabbu’lar (javobiyalar) bitgan. “Devoni Foniy”da “Muxtara’” sarlavhasi bilan kelgan quyidagi:
Ba subh toibam az mehnati xumori sharob,
Vale ba shom digar doram intizori sharob54.
Mazmuni:
SHarob xumori azobidan tongda tavba qilaman,
Ammo shomda sharob ichishga yana intizor bo‘laman
matlali g‘azaldan so‘ng “Dar javobi she’ri guzashta” (“Yuqoridagi she’rga javob”) sarlavhasi bilan yana yangi g‘azal yaratgan. Bu g‘azaldan quyida ikki bayt keltiramiz:
CHunon shudast ruxat gul-gul az bahori sharob,
Ki digarem ba dil afkand xor-xori sharob.
Baloxo‘roni xaroboti ishqro dar dil,
CHi fitnaho, ki daroyad zi rahguzori sharob55.
Olim Davlatov “Foniyning muxtara’ g‘azallari” maqolasida bu ikki g‘azalni qiyosiy tahlil qilib, asosli xulosalarni bayon etadi: “Agar birinchi g‘azalda lirik qahramonning ishtiyoqi, umidvorligi, ruhiy o‘zgarishlari sharob xumoridan tavba qilish yo‘lidagi nochorligi orqali tasvirlangan bo‘lsa, ikkinchi g‘azalda bu ikkilanishlar butkul bartaraf bo‘lib, shoir o‘z dardining chorasi sharobda ekanligini izhor etadi. Foniyning muxtara g‘azallarida ko‘zga tashlanadigan yangiliklaridan yana biri shuki, u xalq tilida mavjud, ammo o‘sha davr yozma adabiyotida qo‘llanilmaydigan so‘zlarni dadillik bilan qo‘llab, she’riyatni leksik jihatdan ham boyitgan. Adabiyotshunosning zakiy tilshunos sifatidagi kuzatuvlari ham ayniqsa, diqqatga sazovar, ya’ni “ g‘azaldagi “baloxo‘ron”, “kafandoz” so‘zlari “Farhangi zaboni tojiki”da mavjud emas. Qolaversa, bu so‘zlar Foniyning g‘azalnavislikdagi ustozlari – Hofiz, Sa’diy, Amir Xusrav va Jomiyning asarlarida ham uchramaydi. Navoiyning turkiy tilda yozgan asarlarining lug‘aviy boyligi tengsiz ekanligini olimlarimiz allaqachon isbotlashgan. Ma’lum bo‘ladiki, Navoiy-Foniy turkiy asarlarida qo‘llagan muvaffaqiyatli tajribalarini forsiy g‘azallarida ham tatbiq etgan va bunda ham yuksak natijalarga erishgan”56.
Oshiq, Ma’shuqa, Rind, May kabi obrazlar ma’shuqa go‘zalligining ta’rifi-yu oshiq kechirgan iztirobli hayot tasviri, uning yor ishqida kuygan joni kabi motivlar Navoiygacha ham mavjud bo‘lgan an’anaviy motiv va obrazlar. Biroq hamma gap shoirning badiiy vositalarni qo‘llay olish mahorati, badiiy tasvir vositalari, u qo‘llagan obrazlar sistemasining naqadar serma’no, serjilo o‘ziga xos ekanligidir. Foniy muxtara’ g‘azallarining mavzulari doirasiga nazar tashlasak, unda quyidagi motivlar yaqqol ko‘zga tashlanadi: