O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


SHoirning Amir Xusrav Dehlaviy va Jomiy g‘azallariga izdoshlik qilgan tatabbulari: an’ana va o‘ziga xoslik



Yüklə 173,43 Kb.
səhifə10/26
tarix12.04.2023
ölçüsü173,43 Kb.
#96806
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
Sayidova Firuza Dissertatsiya

1.2. SHoirning Amir Xusrav Dehlaviy va Jomiy g‘azallariga izdoshlik qilgan tatabbulari: an’ana va o‘ziga xoslik.

Alisher Navoiy mahoratli ijodkorga xos yo‘l tanlaydi. U ustod ijodkorlarning asarlariga nazira aytish, javobiya bitishga jazm qilar ekan, “nazirago‘ylikni ham o‘ziga ulug‘ maktab, ham ustozlarining hurmat-ehtiromini joyiga etkazish vositasi, keyinroq esa o‘zidan oldin o‘tgan forsigo‘y shoirlar bilan bellashmoq maydoni, musobaqa turi deb qabul qilgan edi”34. Darhaqiqat, nazirago‘ylik hamma vaqt ham aytilgan gapni quruq takrorlash, ko‘r-ko‘rona taqlid qilish yoxud ergashish vositasi bo‘lmay, ma’lum darajada ijodiy musobaqa, nazmiy mushoira tusini olgan. Nazirani ana shunday keng ma’noda tushungan va talqin etgan ijod ahli qalamidan chiqqan asarlar esa original she’rlar sifatida shuhrat qozinib kelgan. SHuning uchun ham Navoiy-Foniy fors-tojik adabiyotining ulug‘ siymolari asarlariga javobiya aytish yo‘lidan boradi. U javob aytish uchun g‘azal tanlar ekan, faqat u yoki bu ijodkorning SHarq halqlari o‘rtasida dovruq taratishiga qarab emas, balki o‘z nuqtai nazaridan masalaga yondashadi. SHoir uchun o‘zining ijodiy idealiga mos keladigan dunyoviylik pafosi yuqori bo‘lgan she’rlar ko‘proq manzur tushadi. Alisher Navoiyning ustozlar davrasidan SHayx Sa’diy, Xo‘ja Hofiz, Xusrav va Hasan Dehlaviylar, Qosim Anvor, Amir SHohiy, Abdurahmon Jomiy, shuningdek, zamondoshlari qatoridan Amir SHayxim Suhayliy, Amir Vafoiy, Kotibiy, Husayn Boyqaro, Orifiy, Xo‘ja Avhad va boshqalarni tanlashida ham o‘sha g‘oyaviy-estetik talablar, ijodiy idealdagi yaqinlik yotadi.


Alisher Navoiyning tatabbu’ g‘azallarini nazardan o‘tkazar ekanmiz, uning javobiya aytish an’analari doirasidan anchagina chetga chiqqanligining guvohi bo‘lamiz. Ulug‘ o‘zbek shoirining bunday harakati ko‘proq mavzuning rang-barang qirralarini kashf etish, o‘z maqsad-muddaosini obrazli ifodalash uchun urinishida ko‘rinadi.
Jomiy:
Rezam zi mija kavkab be mohi ruhat shabho,
Torikshabe doram bo in hama kavkabho.
CHun az dili garmi man bigzasht xadangi tu,
Az bo‘sai paykonash shud obilaam labho.
Az baski giriftoron murdand ba ko‘i tu,
Bodash hama jon boshad, xokash hama qolabho.
Az tobu tabi hijron guftam suxani vaslat,
Bud in g‘azayon ore, xosiyati on tabho.
To dast barovardi z-on g‘amza ba xunrezi,
Bar charx ravad har dam az dasti tu “YO rabho”.
SHud nasx xati yoqut, aknun hama ra’noyon
Ta’limi xat az la’lat girand ba maktabho.
Jomi, ki pai mazhab atrofi jahon gashti,
Bo mazhabi ishqi tu gasht az hama mazhabho35.
Navoiy-Foniy:
Be ro‘i tu shud tira az ashk maro shabho,
Ravshan nashavad shabho be moh zi kavkabho.
Az tiragii hajrat shud ro‘zu shabam yakson,
K-az shab siyaham ro‘z ast v-az ro‘z siyah shabho.
Ushshoq, ki az hajrat kardand tihi qolab,
Boz az labi jonbaxo‘at jon raft bo qolabho.
Be qaddi tu dar bo‘ston har shox ki purbarg ast,
Morest maro k-az vay ovexta aqrabho.
YAk qatra may, ey soqi, bas gar dihiyam, lekin.
Z-on may, ki turo gardad oluda ba on labho,
Man masti sharob, ey dil, zuhhodu g‘ami kavsar.
Duri buvadam z-eshon az zo‘rii mashrabho.
Dar dayri mug‘on, Foni, yak jom xo‘rad aknun,
YAk jomi digar xohad bo nolai yo rabho36.
Mazkur g‘azalni Tojikiston fanlar akademiyasi akademigi A.M.Mirzoev Navoiy-Foniyning Jomiy g‘azaliga tatabbui sifatida keltiradi37. Biroq “Devoni Foniy”ning Toshkent nashridagi sarlavhada “Tatabbui Mir” tarzida kelgan. Amir Xusravning “Osori muntaxab”ida esa yuqoridagi g‘azallarning uslub, radif va g‘oyaviy-ma’naviy ruhiga monand ikki she’r mavjud38.
Amir Xusrav, Jomiy va Navoiy-Foniyning mazkur g‘azallarini solishtirganimizda, ular orasida har jihatdan yaqinlik borligi aniqlandi. Ammo vazn va ohangdoshlik nuqtai nazaridan Navoiy-Foniy g‘azali Jomiy she’riga birmuncha yaqin turadi. SHu dalil misolida asarlararo aloqa va o‘zaro ta’sirning doira bo‘ylab harakati ko‘zga tashlanadi. YA’ni, Amir Xusrav g‘azaliga Jomiy va Jomiy she’riga esa Navoiy-Foniy tatabbu’ qilgan ko‘rinadi. SHu tarzda mantiqiy yakunga kelish mumkinki, izdoshlik an’anasi va shartlilik zanjiri o‘z harakatini asrlar osha rang-barang ko‘rinishlarda davom ettirgan.
Har ikkala g‘azalning ham mavzui bir. Alisher Navoiy Abdurahmon Jomiyning o‘ynoqi bu g‘azaliga javob aytishga jazm etar ekan, uning mavzuini saqlash bilan bir qatorda, qofiyalarini ham deyarli aynan takrorlashga harakat qiladi. Navoiy-Foniy g‘azalida qo‘llangan ikki qofiyadosh so‘zgina (aqrabho, mashrabho) Jomiy she’rida uchramaydi. Masalaga shakliy tovlanishlar nuqtai nazaridan e’tibor qilinadigan bo‘lsa, bu she’rlarda go‘yo o‘sha ikki so‘zdan boshqa tafovut yo‘qday ko‘rinadi. Ammo an’anaviy mavzu talqini, hayotiy detallarni tanlash, uni she’rga kiritish, o‘rtaga qo‘yilgan fikr-mulohazalar jihatidan bu ikki g‘azal muqoyasa qilinadigan bo‘lsa, ular o‘rtasidagi farqlar ochiq-oydin ko‘zga tashlanadi. Ularning matlaida ham gap lirik qahramon – oshiqning ma’shuqadan ayriliq damlari ustida boradi. Ammo ana o‘sha holat tasvirida o‘ziga xoslikka intilish alomatlari zuhur etadi. Abdurahmon Jomiy matlaida mahbuba jamoli oyga, yor ko‘zidan oqqan yoshlar esa yulduzlarga nisbat beriladi. Oshiq kechalari yorini kutadi, uning hajrida yosh to‘kadi. Ana shu iztiroblari tufayli uning qalbini zim-ziyo zulmat qoplaydi. Alisher Navoiyning misralarida ham shu detallar saqlanadi. YA’ni yor jamoli oyga, oshiq ashki yulduzga qiyoslanadi. Aslida bu tashbehlar muhabbat mavzuining doimiy yo‘ldoshi hisoblanadi. Jomiy va Navoiygacha, ulardan so‘ng ham bu o‘xshatishlar ijod ahli uchun xizmat qilib keldi. Lekin sinchkov ijodkorlar ana shu an’anaviy predmetlarning ham yangi-yangi qirralarini topishga harakat qilganlar. SHunday urinish Alisher Navoiy baytida ko‘zga tashlanadi. Aniqrog‘i, Navoiy-Foniy Jomiy g‘azalidagi tashbehni saqlagani holda, uni yangicha jiloda o‘z o‘quvchilariga taqdim etadi.
Navoiy-Foniy talqinidagi oshiq ham zo‘r rag‘bat bilan yorini kutadi, biroq undan darak yo‘q. Oshiq iztirob girdobida yosh to‘kadi, qalbini xufton qorong‘iligi qoplaydi. SHoir ana tun qorong‘iligi va oshiq qalbining xiraligi o‘rtasida vobastalik ko‘radi. Baytda tanosub san’atining go‘zal namunasi ifodalangan. SHe’rda ana shu manzara chuqurlashib boradi. SHoir tasviriga binoan oshiq yuragining xiraligi tunga ta’sir qilib, uning yanada qorong‘ilashib qolishini ta’min etgan. Alisher Navoiy tabiat qonuniyatlari, osmon jismlari, sayyoralar va ularning harakat hamda holatidan xabardor so‘z san’atkoridir. SHoir asarlaridagi qaydlar shundan dalolat beradi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, u tasvir talabiga mahliyo bo‘lib, hayot haqiqatining buzilishi, mazmun butunligiga dog‘ tushishi uchun yo‘l qo‘ymaydi, qat’iy me’yorga amal qiladi. Tabiat qonuniga ko‘ra, tunning yog‘duli bo‘lishi oyning harakat va holatiga bog‘liqdir. Oyning ko‘rinishi uchun imkon bo‘lmagan samoda yulduzlar ham ko‘rinmay qoladi. Bu haqiqat ulug‘ o‘zbek shoiri uchun oshno. SHoir tanlagan mavzu, tasvir uchun tanlangan lirik qahramon – oshiqning ruhiy holati ham shuni taqozo etadi. Oshiq yorni intiq bo‘lib kutadi. Hijron azobida qolgan yor fig‘on chekadi, behisob yosh to‘kadi. Uni ana shunday vaziyatdan faqat mahbubagina chiqaradi.
SHoir ana shu manzarani obrazli ifodalash uchun yana samo, oy, yulduzlar holatiga murojaat qiladi. Bir jihatdan u shunday qilishga majbur. Negaki, Alisher Navoiyga ta’sir etgan, uni javob aytishga undagan g‘azalda o‘sha predmetlar ishtirok etadi. Javobiya aytish talablari ham ularning imkoni boricha saqlab qolinishini talab qiladi. Ana shu ikki maqsad yakuni sifatida maydonga kelgan misra obrazli fikrlash jihatidan juda original chiqqan. Abdurahmon Jomiydagi “Behisob yulduzlar bo‘lsa-da tunim qorong‘u” tarzidagi mazmunni tashuvchi misra Alisher Navoiyning sehrgar qalami tufayli “Oysiz tun yulduzlar bilan yorug‘ bo‘lolmaydi” sifatida aks-sado beradi. To‘g‘ri, har ikkala so‘z san’atkorida ham so‘zlarni o‘ynatish (asl va ramziy ma’nolarni kashf etish) san’ati kuchli. Buni misralardagi “kavkab” (kavkab – yulduz – ko‘z yoshi) so‘zi misolida yorqin ko‘rish mumkin. Ammo Alisher Navoiy misrasida takrordan qochish bilan bir qatorda, maqsad aniqligiga (chunki yulduzli tunlarning nursizligiga sabab oydir) intilish mayli ham kuchli. Ko‘rinadiki, an’anaviy mavzu, obraz va tashbehlar ijodkorning novatorlikka intilishiga bo‘lgan mayli oldini ololmaydi. Alisher Navoiyning g‘azal matlaida ibtido topgan uslubiy mustaqillikka bo‘lgan bunday harakati she’r maqtaiga qadar davom etadi. Adburahmon Jomiy g‘azalida matladan so‘nggi baytda ma’shuqa qiyofasining ayrim belgilari chiziladi. Xususan, uning oshiqni maftun qiluvchi paykoni – kipriklari va u keltirgan jarohatlar tasviri beriladi.
Alisher Navoiy g‘azalida bir o‘zgacha manzaraga duch kelamiz. SHoir matladagi tasvirni, oshiq ruhiy olami bayonini undan so‘nggi misralarda rivojlantiradi. Ma’shuqa hijroni keltirgan iztirob azoblarining davomi beriladi. Oshiq uchun yorsiz o‘tgan damlar, uning kecha yo kunduzligidan qat’iy nazar, xufton zulmatiga teng. Ko‘rinadiki, Alisher Navoiy baytida matla’ bilan uzviylik mavjud. Ayni choqda, Jomiy g‘azalidagi bayt mazmunidan farqi borligi ma’lum bo‘ladi. Tahlil qilinayotgan har ikkala g‘azalda ham lirik qahramon boshiga ishqi olamso‘z solgan turli savdolar bayoni davom etadi. Jomiy g‘azalining uchinchi baytida mahbuba fazilatlari madh qilinadi. SHoir talqinidagi yor xushbichim va dilbar. SHuning uchun uning maftunlari ko‘p. O‘sha maftun bo‘lganlar oddiy oshiqlar emas, ular ishq mulkining haqiqiy fidoyilari. Ular o‘z bisotidagi hamma narsasini, hatto, jonu qalbini ham ma’shuqa yo‘lida nisor etishga tayyor.
Alisher Navoiy tasviridagi oshiq va ma’shuqa ham aytilgan sifatlardan xoli emas. Biroq Navoiy Jomiy g‘azalidagi qofiyalarini aynan saqlagani holda, lirik qahramon kayfiyatini chizishda mustaqil yo‘l tutadi. Aniqrog‘i, oldingi baytlarda bo‘lgani kabi, tahlil etilayotgan misralarda ham o‘z uslubiga, tasvirdagi uzviylikka rioya qiladi. SHoir uchun matladagi hajr go‘yo mantiq markazi bo‘lib xizmat qiladi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, g‘azalning so‘nggi misralaridagi fikr rishtalari o‘sha markazdan boshlanadi va shu markazga borib tutashadi. Mazkur fikrning tasdig‘ini g‘azalning uchinchi baytida ham ko‘rsa bo‘ladi. Bu o‘rinda gap yana o‘sha hijronga bog‘lanadi. Navoiy-Foniy talqinidagi oshiq ham zo‘r rag‘bat bilan o‘z mahbubasini kutadi, biroq undan darak yo‘q. Hijron iztiroblari girdobida qolgan oshiq behad ko‘p ko‘z yosh to‘kadi, uning qalbini xufton qorong‘uligi qoplaydi. SHoir ana shu tun qorng‘uligi va oshiq qalbining xiraligi o‘rtasida vobastalik ko‘radi. SHe’rda ta’kidlangan ayni ikki manzaraning badiiy tasviri chuqurlashib boradi. Alisher Navoiy tasviriga binoan, oshiq yuragining xiraligi tunda (shomda) ta’sir ko‘rsatib, uning yanada qorong‘ulashib qolishini, zulmat quyuqligini ta’min etgan.
Mahbuba hajri dastidan oshiqlar qalbdan judo bo‘ladilar. YA’ni jon bilan vidolashadilar. Qo‘ldan ketgan qalbni qaytarish, unga jon ato etish mumkin. Bu ishni faqatgina ma’shuqa uddalay oladi, xolos. Ko‘rinadiki, bu baytda ham ustoz va shogird qalami tuhfa etgan misralar o‘zgacha mazmun, ayricha ma’no tashiydi. Biz bunday analogik holatni bu ikki buyuk so‘z san’atkorining keyingi to‘rt baytida ham ko‘ra olamiz.
Hazrat Navoiy Amir Xusravni ham g‘azal janrining tengi yo‘q mohir ustodlari qatoriga qo‘yadi. Devonda Xusrav g‘azallariga tatabbu sifatida va Xusravona uslubda (dar tavr )yozilgan jami 30 ga yaqin g‘azal mavjud39. Bular "Tatabbui Mir", "Tatabbui Mir Xusrav", "Dar tavri Mir" kabi sarlavhalar bilan berilgan. Hazrat Navoiy Amir Xusrav Dehlaviyning
Abr meboradu man meshavam az yor judo,
CHun kunam dil ba chunin vaqt zi dildor judo?!40
bayti bilan boshlanadigan g‘azaliga juda go‘zal tatabbu’ bitgan. Navoiy tatabbuchilik an’anasiga qat’iy rioya qilgan. Lekin shoir qolit ichida ham o‘ziga xos iste’dodini namoyon eta olgan. “Devoni Foniy”da “Tatabbui Mir” sarlavhasi ostida berilgan.
Vah, ki dar vaqti gulam z-on guli ruxsor judo,
Gul chudo otashi man tez kunad, xor judo.

Az chudon manu yor, abr zi ta’siri bahor,


Man chudo giryakunon, abr chudo, yor judo.

CHi firoq ast, ki chonon chu judo gasht, zi man,


Dil zi chon gasht chudo, chon zi tani zor judo.

On paripaykar az in xasta chudoy talabad,


Hamtu chon k-o‘ shavad az paykari bemor judo

Dar-u devor zi ham gasht chudo bas, ki zadam


Sar, chudo bar sari on ko‘yu ba devor judo.

Soqiyo, dorui behushiyam afkan dar may,


Ki naboyad ba dilam xush zi dildor judo.

Foniyo, chomi fano no‘sh in dayr agar,


Bahudi xohi az on dilbari xammor judo41.

Vah, ki dar vaqti gulam z-on guli ruxsor judo,


Gul chudo otashi man tez kunad, xor judo.

Yüklə 173,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin