Tadqiqotning obyekti va predmeti sifatida “Devoni Foniy “ning quyidagi nashrlari olindi:
1.Alisher Navoiy. Devoni Foniy .Asarlar.O’n besh jildlik beshinchi tom,IvaIIkitob.Toshkent: Badiiy adabiyot , 1965.Hamid Sulaymon nashri. -472b II kitob (o’sha sarlavha) -465b
2. Alisher Navoiy. Devoni Foniy.Mukammal asarlar to’plami 20 jildlik ,18-19 jildlar.Toshkent: ,,Fan’’,2002. Hamid Sulaymon,Murodiy(Tojiboyev Hojimurod),Sayfiddin Rafiddinov nashrga tayyorlagan. -550b
3. Alisher Navoiy. Devoni Foniy.Alisher Navoiy To’la asarlar.O’n jildlik .5-jild Tshkent:G’afur G’ulom nomidagi nashriyot –matbaa ijodiy uyi ,2013. Nashrga tayyorlovchilar. Hamid Sulaymon, Sayfiddin Rafiddinov Suyuma Gʻaniyeva. – 734 b.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari .Magistrlik dissertatsiyasining asosiy maqsadi Alisher Navoiyning “Devoni Foniy” nashrlari matnini qiyosiy tahlil etish,ijodkor asarlarini o’rganishda matn mukammaligining ahamiyatini ochib berish.Navoiyning shoirlarga bitgan tatabbularida shoirning badiiy mahoratini ochib berish Ushbu g’azallarda istifoda etilgan badiiy san’atlar o’rnini oydinlashtirish.
Tadqiqotning vazifalari .
- Alisher Navoiy “Devoni Foniy’’ Asarlar.O’n besh tomlik.Beshinchi tom (I va II)kitob.1965-yil.Alisher Navoiy ,,Devoni Foniy “Mukammal asarlar to’plami(18-19)jildlar.Toshkent 2002-yil hamda Alisher Navoiy ,,Devoni Foniy’’To’la asrlar to’plami o’n jildlik (5-jild).Toshkent 2013 nashrlarini qiyosiy- matniy tekshirish;
- asar nashrlaridagi matn tahririning namoyon bo’lish usullarini ilmiy dalillash;
- qiyosiy matniy tadqiqni amalga oshirish orqali “Devoni Foniy” ning mukammal matnini yaratish tamoyillarini ishlab chiqish;
- g’azallarning badiiy tasvir tamoyillarini matn mukammaligi nuqtai nazaridan tahlil etish.
Magistrlik dissertatsiyasining ilmiy yangiligi.Ushbu dissertatsiyada “Devoni Foniy” asari orqali Alisher Navoiyni nafaqat turkiy tilda balki forsiyda ham qalami o’tkir ijodkor ikki tilda ijod qilgan(zullisonayn),tatabbu yaratishdagi rolini ko`rsatib berishga harakat qilindi. Bu nodir manba nashrlari qiyosan tahlil qilingan bo’lsada,bu ish hech qachon o’z xotimasini topmaganday yangilik yaratish imkoniyatini beraveradi. Dissertatsiyada “Devoni Foniy ”tarkibidagi g’azallardagi imloviy tafovutlar, bir biridan farqli so'zlar haqidagi fikrlar, qimmatli ma`lumotlar, qiyosiy tahlil etildi. Ishimizning ilmiy yangiligi shu jihatlarda namoyon bo’ladi.