1- mavzu Shaxs psixologiyasining metodologik printsiplari
Shaxsning eng muhim xususiyatli jihatlaridan biri — bu uning individualligidir, ya‘ni yakkaholligidir. Individuallik deganda, insonning shaxsiy psixologik xususiyatlarining betakror birikmasi tushuniladi.
Individuallik tarkibiga xarakter, temperament, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar,
hukmron xususiyatlar yig‗in-disi, iroda, faoliyatlar motivlari, inson maslagi,
dunyoqarashi, iqtidori, har xil shakldagi reaktsiyalar, qobiliyatlari va shu kabilar
kiradi. Psixik xususiyatlarning birikmasini aynan o‗xshash tarzda aks ettiruvchi
inson mavjud emas. Masalan, yaqin odamdan ayrilgan-ligi qayg‗u-alam, uning
bilan birga esa hayotda tiklab bo‗lmovchi va boshqalarda takrorlanuvchi fazilatlar
murakkab voqelikning mangulikka yo‗nalishi bilan izohlash mumkin. Shaxs
o‗zining qadr-qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi,
ta‘lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o‗zining kuchli va kuchsiz jihatlari
bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.
Odam jamiyatda turli guruhlar faoliyatida qatnashar ekan, ko‗pincha, ularda har xil
vazifalarni (funktsiyalarni) bajaradi, o‗zaro xech bir o‗xshamagan rollarni ijro
etadi. Masalan, ota-onaning, oilaning «egovi», injiq, «zo‗ravon» bola o‗z
tengqurlari davrasida ehtiyotko-rona harakat qilib, o‗zini tamoman boshqacha
tutadi. Shuningdek, jiddiy, talabchan va xizmat vaktida boshqalarga
qo‗shilmaydigan sa-yohat davrida, mehnat faoliyatida, hashar va xamkorlikda,
ulfatchi-likda hazilkash va qiziqchiga aylanishi mumkin. Yuqorida keltirilgan
masalalardan bitta odamning o‗zi turli vaziyatlarda mazmun jihatdan bir-biriga
qarama-qarshi rollarni bajaradi. Aksariyat hollarda odam turli-tuman vaziyatlarga,
sharoitlarga moe, ularga mutanosib bo‗lgan jihatlarni (jabhalarni) namoyon qiladi,
uning oilada, xizmat vazifasida, jamoatchilik orasida, sport musobaqa-sida va shu
singarilarida o‗z zimmasiga olgan rollarni bir-biriga qarama-qarshi emas, balki
o‗zaro hamohang tarzda o‗ynaydi. Ana shu inson fazilatlarining, xislatlarining,
sifatlarining bir-biriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko‗rsatuvchi alomatlardan biri
bo‗lib,
undagi
qarama-qarshilik,
ziddiyat
va
shakllanib
ulgirmagan
xususiyatlarning ko‗rsatkichi uning turli vaziyatlarda bajariladigan rollarning
o‗zaro bir-biriga zidligi yoki nomutanosibligi hisoblanadi.